Yangi alifbovajoriy imlo
qoidalaridagi mavjud muammolar
Mashg‘ulot rejasi
|
1. Yangi muammolar.
2. Joriy muammolar.
3. О‘zbek qoidalariga
qo‘shimchalar
Xulosa.
|
alifbo bilan bog‘liq
imlo qoidalaridagi
tilining asosiy imlo ba’zi tuzatish va kiritish zarurati.
|
O‘quv maqsadi:
|
mashg‘ulotining
|
Yuqoridagi reja asosida mavzuni mustahkamlash, talabalarning bilimini oshirish.
|
Pedagogik vazifalar:
• mavzularning mazmun- mundarijasini eslatish;
• tayanch tushunchalar
ustida ishlash;
• ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar vositasida talabalar bilimini, ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish.
|
O‘quvfaoliyatinatijalari :
• talaba mavzuning mazmun- mundarijasini eslaydi, bu mavzuga oid biliminimustahkamlaydi;
• talabalarning bilim darajasi, tahlil ko‘nikmalari aniqlanadi, baholanadi.
|
Ta’limberish usullari
|
ko‘rgazmali, ma’lumotli, trening, jamoada ishlash.
|
Ta’limberishshakllariva metodlari
|
og‘zaki, ko‘rgazmali, kitob bilan ishlash, aqliy hujum, kalit so‘zlar.
|
Ta’limberish vositalari
|
o‘quv qo‘llanmalari, savolnomalar, tarqatma materiallar, proyektor, doska, audivizual vositalar
|
Ta’limberishshartlari
|
hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga egabo‘lgan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
og‘zaki nazorat: savol-javob,
suhbat, mashq.
|
MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI
Bosqichlarva ularning
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
|
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
|
1.1. Darsga nisbatan talabalarning motivatsiyasini shakllantiradi.
|
1.1. Fikrlarini jamlaydi va darsga tayyorlanadi.
|
2-bosqich. Asosiy qism (60 daqiqa)
|
1. Yangi alifboni isloh etishga doir qarashlar haqida ma’lumotga egaboʻladi.
2. Joriy imlo qoidalaridagi muammolar toʻgʻrisida bilib oladi.
3. О‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga ba’zi tuzatish va qo‘shimchalar kiritish zarurati boʻyichatushuncha hosil qiladi.
|
2.1.Yangi
mavzuni eshitadi, mavzuga oid
ma’lumotlarni
eshitadi,
tushunadi, biladi
vaularga
munosabat
bildiradi.
2.2. Mavzu
yuzasidan
savollar beradi. 2.3. Javoblarni
|
|
|
toʻldiradi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
qism
(10 daqiqa)
|
3.1. Mashgʻulotni yakunlaydi, xulosalaydi, talabalarni baholaydi va faol ishtirokchilarni rag‘batlantiradi.
|
3.1. O‘z-o‘zini
baholaydi.
|
1. Yangi alifbo bilan bog‘liq muammolar
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (ToshDO‘TAU) ishchi guruhining lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi va imlosini takomillashtirish borasidagi takliflari loyihasi internet tarmog‘ida taqdim qilindi. Unda dastlabki loyiha sifatida alifbo sirasi quyidagichabo‘lishi ilgari surilgan:
A a (“a”) B b (“b”) C c (“dj”) D d (“d”) E e (“e”) F f (“f”) G g (“g”) H h (“h”) I i (“i”) Jj (“j” sirg‘aluvchi) K k (“k”) L l (“l”) M m (“m”) N n (“n”) O o (“o”) P p (“p”) Q q (“q”) R r (“r”) S s (“s”) T t (“t”) U u (“u”) V v (“v”) X x (“x”) Y y (“y”) Z z (“z”) Ŏ ŏ (o‘) Ğ ğ (“g‘”) Š š (“sh”) Č č (“ch”) Ň ň (“ng” burun tovushi).
Ushbu taklifda joriy alifboga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda:
1)jo‘ja,jo‘ra,jon,jahon, tijorat, rivoj kabi so‘zlardatil oldijarangli qorishiq undoshni ifodalashuchun C c (“dj”) harfini olish;
2)jurnal, ajdar, garaj, tiraj kabi o‘zlashma so‘zlardatil oldijarangli sirag‘luvchi undoshni ifodalashuchun Jj (“j”) harfini belgilash;
3) harflar birikmasi bilan ifodalangan sh, ch, ng belgilarini birgina harfbilan yozish. Ya’ni: Sh sh o‘rniga Š š; Ch ch o‘rniga Čč; NG ng o‘rniga Ň ň harflarini olish;
4) harfbelgisiga ega bo‘lgan O‘o‘ o‘rniga Ŏ ŏ; G‘ g‘ o‘rniga Ğ ğ harflarini olish.
Taklif qilinayotgan alifbodagijami harflar soni 30 ta, ularning 5 tasi qo‘shimcha belgili harflarni tashkil etadi. Dunyo alifbolarining ba’zilarida qo‘shimcha belgili harflar soni 10 tadan, hatto 20 tadan ortiq
uchrashi qayd etilib, 5 ta qo‘shimcha belgili harf alifbo uchun ko‘p emasligiga ishora qilingan.
Demak, alifboga 1 ta harf (C c) kiritish va 5 ta harfni o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Lekin ushbu fikr qabul qilinib, alifbo sirasida o‘zgarish amalga oshguday bo‘lsa, buning ortida qanchadan-qancha xarajat, mehnat, mashaqqat, ovoragarchilik kelishini taklif qiluvchilar ko‘z oldiga keltira olarmikin. Birgina ta’lim bo‘g‘inlarida shu paytgacha joriy alifbo va imloda chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tasavvur qilaylik. 23-24 yil davomida nashr etilgan turli sohalardagi kitoblar-chi? Bularning hisobinikimoladi?
Fuqarolik holatlarini qayd etish hujjatlari, turli diplom yoki huquqiy merosxo‘rlik, mulkchilikka daxldor hujjatlardagi yozuvlarda birgina harf mos kelmaslik tufayli paydo bo‘ladigan g‘alvalarni, insonlarning sarsongarchiligini e’tibordan soqit qilmaslikkerak.
Ta’lim nuqtayi nazaridan qaraganda, jo‘ja, jo‘ra, jon, jahon, tijorat, rivoj kabi so‘zlardagi undoshni (“dj”ni) ifodalash uchun C c (“dj”) harfini kiritish o‘zini oqlamaydi. Chunki joriy alifboda ushbu so‘zlardagi qorishish undoshni J j (“j”) harfi bilan yozib kelishga o‘rganib, bunga ko‘nikma qat’iylashib ulgurganda, dabdurustdan boshqa harfga o‘tib ketish, aksincha, chalkashlikkeltirib chiqaradi.
Masalaning ta’limiy, iqtisodiy tomonidan tashqari ma’naviy jihati ham bor. Jahonda o‘zbek xalqi kabiyozuvini eng ko‘p o‘zgartirgan, isloh qilgan boshqa xalqni topish qiyin bo‘lsa kerak. Dunyo ahli nazarida bu masalada betayinroq, beburdroq ko‘rinib qolmayapmizmi? Chunki:
alifboni almashtirish 1928-, 1940-, 1993-yillarda bo‘lib o‘tdi, 65 yil ichida o‘zbek alifbosi 3 marta boshqasiga o‘zgartirildi;
alifbo va imlo islohoti 1921-, 1922-, 1923-, 1934-, 1995-yillarda amalga oshirildi, 74 yil ichida o‘zbek alifbo-imlosi 5 marta tuzatildi. Yana isloh qilinsa, bu oltinchisi bo‘ladi.
Inglizlarning yozuviga qarasak, bir so‘zdagi nutq tovushlari va ularni ifodalaydigan harflar ko‘pincha bir-biriga mos kelmaydi, ya’ni necha zamondan buyon bir narsani yozib, boshqa narsani talaffuz
qiladilar, lekin bu ularning yozuvlarini to‘g‘ri yuritish va savodxonligiga hech to‘siq bo‘layotganiyo‘q.
Sirasini aytganda, bizda joriy alifboni o‘zgartirishga hech qanday ehtiyoj, hojat yo‘q. Dunyodagi biror xalq uchun qabul qilingan alifbolarning hech qaysi shu til egasining nutq tovushlarini o‘zida yuz foiz aks ettirmaydi, ya’ni mukammal bo‘lmaydi. Bizning alifbo ham bundan xoli emas. To‘g‘ri, ayrim nutq tovushlarimizga (ng) harf belgilanmagan, jo‘ja va jurnal so‘zlari boshidagi talaffuzi sal turlicha undoshlar uchun bitta harfdan foydalanamiz. Harf birikmalari (sh, ch, ng) o‘rniga bitta harf, qo‘shimcha belgili harflar (O‘, G‘) o‘rniga yaxlit belgili harflar bo‘lgani afzal. Ammo joriy alifbomiz shularsiz ham xalqimizning ta’lim-tarbiya, savod chiqarishva oshirish, umuman, yozuv bilan bog‘liq barcha yumushlariga zarur darajada bemalol yarab turibdi Aksincha, alifboga yana, navbatdagi o‘zgartirish kiritish bilan kelib chiqadigan muammolar taraqqiyotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |