Matnni o‘qing. So‘zlarni, morfologikshakllarni ularning hozirgi zamon shakllari bilan qiyoslang.
“Mana sizga, bir hodisaning yetti turi uchun yetti odkim, oralarinda ingichka oyirmalari bordir, Turkchada bu hol oz emas. Arabcha nufuz, murur, ubur; u to‘g‘rusinda turkchamizda o‘tmoq, kechmak, oshmoq, irtonmoq bor. Arabcha qaid, talab, azm, amal qarshusinda turkcha tilak, istov, org‘on bor. Arabcha zarf yerinda turkcha idish bor, sovut bor. Arabcha foyda, manfaat o‘rninda turkcha asig‘ bor, unum bor. Arabcha qalb o‘trusinda turkcha yurak bilan ko‘ngil, arabcha sadr uchun turkcha ko‘ksva ko‘krak bor” . (Fitrat. Tilimiz)
|
2-МAVZU
LOTUN GRAFIKASIDAGI O‘ZBEK YOZUVINI JORIY
QILISH MUNOSABATI BILAN UYUSHTIRILGAN MUNOZARA MATERIALLAR USTIDA ISHLASH
Amaliy mashg‘ulot mazmuni: XX asrning 25-30-yillari orasida bo‘lgan davrda o‘zbek yozuvining arab grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazilishi munosabati bilan matbuotda uyushtirilgan alifbo-imlo bahslari, turli anjuman va qurultoy materiallari mazmunini o‘rganish, buningyuzasidan topshiriqlarni bajarish.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Mavzuga doirnazariybilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘inibajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘initekshirish va baholash.
1. MAVZUGA DOIR NAZARIY BILIMLARNI TEKSHIRISH UCHUN
NAZORAT SAVOLLARI:
1. O‘zbek ziyolilaridan kim va qachon birinchi bo‘lib o‘zbek tilini lotinyozuviga ko‘chirish taklifi bilan chiqqan?
2. O‘zbek tilshunoslari orasida lotin yozuviga ko‘chish tarafdorlaridan kimlarni bilasiz? Ularning qaysi maqolalari bilan tanishsiz?
3. Qaysi ma’rifatparvar turkiy xalqlarni lotin yozuviga ko‘chirish g‘oyasini birinchi bo‘lib ilgari surgan?
4. Turkiy respublikalardan qaysi biri birinchi bo‘lib lotin yozuviga ko‘chdi?
5. Butunittifoq Turkologiya qurultoyi qachon va qayerda bo‘lib o‘tdi? Unga O‘zbekistondan kimlarvakilbo‘lib borgan?
6. O‘zbekiston qachondan boshlab birinchi marta o‘z yozuvini lotin alifbosiga ko‘chirgan?
7. O‘zbekistonda lotin yozuviga o‘tish bilan bog‘liq respublika konferensiyalari haqidama’lumot bering.
8. Qachon yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi Davlat alifbosi deb e’lon qilinadi?
9. Lotin yozuvi asosidagi ilk o‘zbek alifbosi nechta harfdan iborat qilib qabul qilingan? Undagi unliva undoshharflarniko‘rsating.
10. Respublikada arab yozuvidan lotin yozuviga o‘tish jarayoni qanday kechdi?
11. Lotin yozuvidagi o‘zbek tilining imlo qoidalari qachon qabul qilindi?
12. Ruscha Я, Ю, Е, Ё harflar ishtirok etgan so‘zlar bu davrdagi imlo qoidalariga ko‘ra qandayyozilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |