- “Mahalla” xayriya jamoat fondi ning MAQSAD VA VAZIFALARI
- O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Ustavining 2.1, 2.2-bandida Fondning maqsad va vazifalari belgilab qo'yilgan.
- Unga ko'ra, Fondning asosiy maqsadi fuqarolar yig'inlarini aniq yo'naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga, madaniy-ma'rifiy ishlarni keng amalga oshirish, milliy va ma'naviy qadriyatlarni izchil targ'ib qilish, ular faoliyatini takomillashtirish orqali ijtimoiy va ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga ko'maklashishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |