Psixoijtimoiy ishdagi harakatlarni kundalik
hayotimizdagi harakatlardan farqlash zarur. […]
Ijtimoiy ishchi yoki terapevt harakatining uchta ehtimoliy tipi mavjud:
Direktiv yoki to’ғridan-to’ғri harakat (“o’rganuvchi model”)
To’ғridan-to’ғri boshqarish (“Maslahat beruvchi model”)
Bilvosita boshqarish (“Ijodiy model”).
Birinchi holatida ijtimoiy ishchi yordam jarayonida butun bir harakati uchun
kabi, ko’mak berish niyati uchun ham ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi. Bu barcha
ma’suliyatni u mijozning zimmasidan o’z zimmasiga oladi deganidir. Direktiv
harakatga misollar: araqxo’rning qo’lidan aroq idishini olib qo’yish bolaning
yoshiga to’ғri kelmaydigan joydan topilgan o’smir bolani uyiga olib borib qo’yish.
Ijtimoiy ish uchun ko’p uchraydigan holatlardan bu mijozning uyiga zarur
narsalarni yetkazib berish, uy bilan boғliq barcha turdagi ғamxo’rlik yoki
yordamlar.
Ikkinchi holatida ijtimoiy ishchi mijozning harakatlari uchun emas, balki
uning niyati uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi. Maslahat va ko’mak o’z
niyatlarini amalga oshirishda mijoz uchun imkoniyatlar beradi.
Ijtimoiy ishning ba’zi shakllarida direktiv yoki to’ғridan-to’ғri boshqarish
mijozga ko’rsatma berish yoki buyruq berish shaklida namoyon bo’lishi mumkin.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, direktiv boshqarish bu buyruq berish degani
emas.
Bilvosita, ya’ni direktiv bo’lmagan usulda ishlash orqali ijtimoiy ishchi
mijozning na niyati, na harakatlari uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olmaydi.
Bunda ijtimoiy ishchining maqsadi – mijozning o’z shaxsiy o’zgarishlariga
erishish uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishiga erishishdan iborat. Ijtimoiy
ishchi bir tomondan mijozning o’z ғamiga yoki o’z vaziyatiga ko’milib ketishiga
yo’l qo’ymasligi uchun harakat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mijozning
o’z shaxsiy tanlovini amalga oshirish va maqsadga erishishda o’z mustaqil
harakatlarini qila olishiga ishonch bildirishga harakat qiladi. Ijtimoiy ishchi
mijozning tanlovi va harakatlari uchun emas, balki belgilangan maqsadlarga olib
keluvchi jarayon uchungina javob beradi.
Mazkur uchta tip ijtimoiy ishchi mijoz haqida ega bo’lgan hamda u yoki bu
darajadagi ishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilimlar darajasi bilan boғliq.
Birinchi vaziyatda ijtimoiy ishchiga mijoz haqidagi hech qanday bilimlarning
keragi yo’qdir. Resurslarning mediatori tamoyiliga binoan ishlash mobaynida biz
mijozning boshqa insonlar kabi oziq-ovqat va turar joyga, ega bo’lishlari,
ishlashlari zaruriyati borasidagi umumiy ma’lumotlarga ega bo’lgandek, mijoz
haqida atroflicha va maxsus ma’lumotga muhtoj bo’lmaymiz. Agarda biz maslahat
berish turi bo’yicha ishlayotgan bo’lsak, biz yana nimalardir haqida, aniqroғi
mijozning qaysi ijtimoiy, etnik va submadaniyatli guruhlarga mansubliligiga oid
ma’lumotlarga ega bo’lishimiz lozim. Biroq uning shaxsi borasida qaysidir
ma’lumotga ega bo’lishimiz shart emas. Faqatgina uchinchi tipdagi harakatlarni,
ya’ni mijozning shaxsi bilan ishlash maxsus bilim va tushunchalarga ega bo’lmay
turib amalga oshirib bo’lmaydi.
Mazkur harakat darajalari bilan mijozga yo’naltirilgan ijtimoiy ishning
mohiyati o’rtasida o’zaro aloqadorlik mavjud. Quyidagi yo’nalganlik bilan boғliq
ijtimoiy ishni ajratish mumkin: 1) mijozning resurs va imkoniyatlariga; 2)
mijozning irodasi va niyatlariga; 3) mijozning motivlariga yo’naltirilgan.
YUqoridagi kabi klassifikatsiyaga ajratish ijtimoiy ishdagi harakatlarning
uchta tipiga muvofiq keladi. Psixoijtimoiy ish (individ va oila bilan ishlash
bo’yicha mavjud barcha turdagi ish) harakatlarning har uch tipi bilan muvofiq
kelishi zarur. Mijozlarning hayotiy vaziyatlari murakkabligini, muammolarning esa
ham ijtimoiy, ham psixologik toifga tegishliligini inobatga oladigan bo’lsak,
qaysidir faqat bitta darajada ishlashning o’zi kifoya qilmaydi. To’ғridan-to’ғri
ko’rsatiladigan yordamni maslahat va ta’sir ko’rsatuvchi usullar bilan
muvofiqlashtirish asosida mijozga uning muammolarini hal qilish bo’yicha
imkoniyatlarini kengaytirishga erishish mumkin.
Agarda ijtimoiy ish bitta yoki ikkita tip asosida amalga oshiriladigan bo’lsa
mijoz tizimi tez orada bir muvozanatga keltiriladi. Agarda faqatgina birinchi tip
bo’yicha ishlaydigan bo’lsak, bu holda biz mijozning o’z harakatlaridan
foydalangan holda ijtimoiy muvozanatini saqlab qolishga erishishimiz mumkin.
“Maslahat” tamoyiliga rioya qilgan holda ishlash mohiyatan mijozning yana ham
yuqoriroq darajada, ya’ni tashabbusi va irodasidan foydalanish mazmunida
tushuniladi.
Ijtimoiy ishchi yuqoridagi barcha uch tipini o’zaro muvofiqlashtirgan holda
ularning orasidagi farqni ajrata bilishi zarur. Strategiyani tanlash mijozning
o’zgarib borayotgan ehtiyojlari, shuningdek terapevtik jarayonning dinamikligini
saqlab qolish zaruriyatiga ham boғliq bo’ladi. Agarda ijtimoiy ishchi uzoq vaqt
mobaynida faqat bittagina usulni qo’llayversa, mijoz bunga o’rganib qoladi va
yordam ko’rsatilish jarayoni harakatsiz qoladi. Shu vaqtdan boshlab na faoliyat
darajasida va na mijozning hayotida o’zgarishlarga erishishning imkoni bo’lmaydi.
Ijtimoiy ishda o’smirlar bilan ishlashda model sifatida qo’llaniladigan va
mustaqil hayot deb ataladigan ғoya aynan nodirektiv yordam tamoyiliga
asoslanadi.
Ijtimoiy ishning ekologik modelida mijoz ijtimoiy xizmatlarning
buyurtmachisi sifatida ularni qabul qiluvchi iste’molchilari va ta’sir yo’naltirilgan
shaxslardan farq qiladi. (Pinkus, Minaxanga qarang, 1993). Masalan, ijtimoiy
ishchi yoki maktab tabbiy xodimi mijoz bo’lsa, ijtimoiy xizmatlar iste’molchisi va
ta’sir ko’rsatish ob’ekti bo’lib esa – aksentual xulq-atvorni namoyon qiluvchi
bolaning oilasi bo’lishi mumkin. Mazkur misol Shvesiyadagi bolalar-o’smirlar
psixiatrik poliklinikasi ishi amaliyotidan olingan bo’lib, unda oila ta’sir ko’rsatish
ob’ekti hamda xizmatlar iste’molchisi sifatida gavdalanadi. Ayni vaqtda
poliklinikaga (remis) yo’llanma maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va rayon
ijtimoiy ta’minoti ijtimoiy xodimi tomonidan beriladi. Mazkur vaziyatda mijozga
maxsus qo’shimcha tayyorgarlikdan o’tgan va litsenziyaga ega bo’lgan ijtimoiy
ishchi tomonidan ko’rsatiladigan oilaviy terapiya xizmati zarur bo’ladi.
A.Pinkus va A.Minaxanning fikricha, ijtimoiy ish bu – o’zgarishlarga
eltuvchi agentdir. Ijtimoiy ishchining ijtimoiy o’zgarishga qaratilgan har qanday
sa’y-harakatlarida insonlar bilan maqsadga yo’naltirilgan o’zaro munosabatga
kirishadi. Bunda turli xil funksiyalarga ega bo’lgan o’zaro munosabatlar paydo
bo’ladi. Ijtimoiy ishchi bilan o’zaro hamkorlikka kirishuvchi insonlar istalgan
biron-bir tizimga, shuningdek bir vaqtning o’zida bir qancha tizimlarga ham
aloqador bo’lishlari mumkin. Ijtimoiy ishning ekologik modelida tizimlarning
quyidagi tiplari mavjud:
1.
o’zgarishlarga olib keluvchi tizim. Bu – o’z agentliklarida o’z mijozlarining
vaziyatlarini sinchiklab tahlil qilishi va uning vujudga kelish sabablarini
atroflicha o’rganib chiqishi orqali mijozning ongida, xulqida, mikromuhit bilan
o’zaro munosabatga kirishishida o’zgarishlarga erishish yo’lida bevosita
yordamchi funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy ishchilardir.
2.
Mijozlar tizimi – bu ijtimoiy ishchiga muammolarini va qiyinchiliklarini hal
qilishga yordam berishlarini so’rab murojaat etgan hamda ular bilan shartnoma
rasmiylashtirgan yoki yuzaga kelgan vaziyatni xal etishda hamkorlik qilish
bo’yicha oғzaki kelishgan insonlardir.
3.
ob’ektlar tizimi – bu ko’rsatiladigan ta’sir yo’naltirilgan insonlardir.
4.
Ҳarakat tizimi – ob’ektlar tizimiga ta’sir ko’rsatish uchun birlashgan insonlar.
Shuni unutmaslik lozimki, o’zgarishlarga olib keluvchilar mavhum tipiga
kiruvchi “jamoatchilik”, “tashkilot” yoki “tizim” bilan emas, aksincha aniq bir
insonlarning xulqini o’zgartirish uchun xizmat qiladilar. Xatto butun bir tizimni
yoki tashkilotni o’zgartirish zarur bo’lsa, bularning barchasi tizim a’zolarining
xulqining o’zgarishiga, tashkilot yoki tizimga nisbatan munosabatini o’zgartirish,
ularni o’zaro hamjihatligiga erishish orqali erishiladi.
Shuni yodda tutish lozimki, o’zgarishlarga olib keluvchi shaxs mijozlar
tizimining yoki ob’ektlar tizimi, yo harakat tizimining bir qismi bo’lmaydi, lekin
har doim o’zgarishga olib keluvchilar tizimining bir qismi bo’lib qoladi. U harakat
tizimi, mijozlar tizimi bilan hamkorlik qiladi, ob’ektlar tizimiga ta’sir ko’rsatish
yo’llarini izlab topadi, lekin hech qachon bu tizimlardan qaysidir birining qismi
bo’lmaydi.
Shunday qilib, ijtimoiy ish shaxs (yoki guruh) va jamiyat o’rtasidagi o’zaro
aloqadorlikdir. Yoki boshqacha so’zlar bilan aytganda, o’zaro faoliyatga kirishish,
yoki insonlarning va ularni atrofdagilari o’rtasidagi interaksiyadir. Ijtimoiy ishchi
mijoz va uning muammolari turini aniqlab olgach yaxshiroq natijaga ega bo’ladi,
chunki keyinchalik aniq bir usulni qo’llay olish imkoniga ega bo’ladi.
Biroq ko’pincha mijozlar biz vaqtning o’zida yuqorida sanab o’tilgan
toifalarning bir qanchasiga kirishi mumkin. Masalan, oila mijoz rolida bo’lsa, u
taqdirda bu oilaning a’zolari ham bu rolni bajaradilar, ya’ni individlar nafaqat
jamoatchilik a’zosi, balki kichik guruh va uning ichidagi guruhchalarning ham
a’zolaridir. Shu munosabat bilan ko’rsatilayotgan xizmatlar mijozlarning
ehtiyojlariga muvofiq kelishi uchun ijtimoiy yordamning maqsad va vazifalarini
aniq tushunib olish zarur.
Ekotizimli ijtimoiy ishning maqsadi, bilimlari (nazariy asoslari), usul va
jarayonini atroflicha ko’rib chiqaylik.
Maqsad: ijtimsoiy ishchi nimaga intiladi?
Ekologik nazariyaga ko’ra ijtimoiy ishning quyidagi maqsadlari mavjud:
1)
insonlarning o’z muammolarini xal qila olish va qiyin vaziyatlardan chiqa olish
bo’yicha qobiliyatlarini oshirish;
2)
mijozga insonlarni resurslar, xizmatlar hamda imkoniyatlar bilan ta’minlovchi
tizimlar bilan aloqa o’rnatishlariga yordam berish;
3)
mazkur tizimlarning samarali va insonparvarlik asosida faoliyat yuritishiga
imkoniyat yaratishga ko’maklashish;
4)
ijtimoiy siyosatni rivojlantirish va yaxshilash (Pinkus va Minaxan).
Individu bilan ishlayotganda biz uning salohiyatini, muammolarini hal qila
olish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilamiz, mijozga zarur
resurslarga ega bo’lishiga, bu resurslarni bugun va yaqin kunlarda ishlata olish
bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishida yordam berishga urinamiz. YAna bir vazifa
– mijozning o’z ijtimoiy muhiti bilan muomala qilishini yengillashtirishdan iborat.
Ijtimoiy ishchining kasbi tashkilot va insonlar, tashkilotlar va ijtimoiy
institutlar o’rtasidagi aloqalarni mukammallashtirish bo’yicha faoliyatni ham o’z
ichiga oladi va ijtimoiy siyosatga ta’sir ko’rsatishga yo’naltiriladi. Ҳaqiqatdan
ham, bunday ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga intilish uchun asos ham bor:
ijtimoiy ish jamiyatning barcha darajalarida, ya’ni individualdan tortib
intermadaniyat hamda halqaro hamkorlik darajasigacha faoliyat yuritadi. Ijtimoiy
ishchi tashxisli, terapevtik, prognostik va nazorat qiluvchi texnologiyalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun qanday kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lishi
haqida atroflicha fikr yuritamiz.
Ijtimoiy ishchining asosiy kasbiy ko’nikmalari:
1.
o’zgalarni tushunish hamda maqsadga yo’naltirilgan tarzda tinglay olish.
2.
Ma’lumotlarni aniqlab, vaziyatni baholagan holda uning ijtimoiy yuzaga kelishi
sabablarini aniqlashga yordam beruvchi barcha dalillarni yiғish.
3.
Samarali kasbiy faoliyatni amalga oshirishga yordam beruvchi munosabatlarni
o’rnatish va rivojlantirish.
4.
Verbal va noverbal xulq-atvorni kuzatish va uni talqin qila olish, tashxis
qilishga yordam beruvchi hamda shaxs nazariyasi bilan boғliq nazariy
bilimlarni qo’llay bilish.
5.
Individ, guruh, ijtimoiy muhit, jamoatchilikni o’z muammolarini hal qilishga
nisbatan sa’y-harakatlarini faollashtirish, ularning ishonchini qozonish.
6.
Muammoli mavzularni ijobiy hissiy kayfiyatda va tahdidni ifoda etmasdan
muhokama qilish.
7.
Mijozlarning muammolarini xal etishning yangicha yo’llarini ishlab chiqish.
8.
Yordam, ta’lim va terapevtik ko’mak olish bo’yicha ehtiyojlarni aniqlash.
9.
Tadqiqotlarni olib borish, tadqiqotning xulosalarini hamda nazariy xolatlarni
talqin qila olish.
10.
Nizoli individ, guruhlar orasidagi munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashish.
11.
Turli mutaxassisliklararo va idoralararo aloqalarni ta’minlash.
12.
Ijtimoiy muammolarni talqin qilish va ular haqida fondlarda, tashkilotlarda va
qonunchilik institutlarida ma’ruza qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |