Mavzu: ichki organlar tuzilishi. Hazm a’zolarining tuzilishi. Ma’ruza rejasi



Download 2,84 Mb.
bet5/5
Sana21.06.2022
Hajmi2,84 Mb.
#688377
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu ichki organlar tuzilishi

Shilliq osti qavat siyrak tolali biriktiruvchi to’qimalan iborat. Bu yerda qon tomirlari, nerv oxirlari, limfa tugunlari va Brunner bezlari joylashgan.
Muskul pardasi silliq muskul hujayralaridan iborat bo’lib, tashqi va ichki qavatga bo’linadi. Tashqi qavatda silliq muskul hujayralari uzunasiga qarab, ichki qavatda esa aylanasiga qarab joylashgan.
Seroz parda ichak devorining tashqi tomondan o’rab oladi va qorin pardaning vistseral varag’idan hosil bo’ladi.
Och ichak - o’n ikki barmoqli - och ichak burmasidan boshlanib, uning qovo’zloklari qorin bo’shlig’ining yuqorigi chap qismida yetadi. Och va yonbosh ichaklar qorin parda bilan hamma tomondan o’ralgan. SHuning uchun ikkala ichak joylashuvi jixatdan intraperitoneal a’zolarga kiradi. Och ichakning hazm yuzasi yonbosh ichakka nisbatan ancha katta. Bu xususiyat bir qancha sabablarga bog’liq: a) och ichak diametrini katta bo’lishi. b) aylanma burmalari yirik va bir-biriga zich joylashganligi. v) och ichakda vorsinkalar va kriptalar soni va uzunligi ancha yuqori bo’lishi. Masalan, och ichakning 1 mm2 sathida 22-40 gacha vorsinkalar uchraydi. Yonbosh ichakda esa 1mm2 sathida 18- 31 vorsinkalar uchraydi. Och ichakning devori ovqat hazm nayi uchun hos tuzilishga ega. Uning devorida shilliq parda, shilliq osti qavati, muskul parda va seroz parda farq qilinadi. Shilliq parda epiteliy, xususiy plastinka va muskul plastinkadan iborat. Shilliq pardada juda ko’p miqdorda vorsinkalar va kriptalar bo’ladi.
Vorsinkalar shilliq pardaning xususiy plastinkasidan hosil bo’lgan burtmalaridir. Ularning shakli va uzunligi ingichka ichakning qaysi bo’limida uchrashishiga bog’liq. O’n ikki barmoq ichakda vorsinkalar kalta va keng, och ichakda uzun, ingichka va juda zich joylashgan, yonbosh ichakda ularni soni va uzunligi kamayadi. Har bitta vorsinka yuzasi bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy tarkibida 3 xil hujayralar: jiyakli, kadaxsimon va enteroendokrin hujayralar farq qilinadi. Jiyakli hujayralar miqdori ko’p bo’lib, ularning apikal yuzasida 1500- 300 mikrovorsinkalar hosil bo’ladi. Bunday tuzilishga ega bo’lgan hujayralar ichakda juda katta surish yuzasini hosil qiladi. Mikrovorsinkalar nafaqat surish jarayonida ishtirok etadi, bular sathida ko’p miqdorda parchalanishda ishtirok etuvchi aktiv fermentlar, ayniqsa fosfataza va lipaza aniqlanadi. Vorsinka markazidan keng limfatik kapillyar o’tadi. Uning uchi berk bo’lib, vorsinka uchidan boshlanadi. Parchalangan yog’ maxsulotlari limfatik kapillyarga o’tadi va limfa
tarkibida shilliq pardada joylashgan limfatik turga qarab oqadi. Har bir vorsinkaga shilliq osti pardadan 1-2 arteriola kiradi va vorsinka stromasida limfa kapillyari atrofida qon kapillyarlarga tarmoqlanib ketadi. Qonga oddiy kandlar va parchalangan oqsillar o’tadi. Kapillyarlardan qon vorsinka uki bo’ylab joylashgan venulalarga yig’iladi. Vorsinkalar oralig’iga ichak kriptalarining Og’izchalari ochiladi.
Ichak kriptalari shilliq pardaning xususiy qavatida joylashgan epiteliyning naysimon chuqurchalaridir. Ichakning 1mm2 sathida 80-100 gacha kriptalar uchraydi. Kriptalar devori 5 xil epitelial hujayralardan tashkil topgan. Undan birinchi 3 xili xuddi vorsinkalarda uchraydigan hujayralardir. Qolgan ikki xili esa kriptalarni tubida uchraydi. Bu Panet hujayralari va jiyaksiz enterotsitlardir. Panet hujayralari lizotsim moddasini va dipeptidlarni parchalaydigan erepsin fermentini ishlab chiqadi. Enterotsitlar - mayda, tsilindrsimon shaklga ega, Panet hujayralari orasida joylashgan, aktiv ravishda mitotik bo’linadi, vorsinka va kriptalar epiteliysini tiklanishini ta’minlaydi.
Shilliq pardaning xususiy plastinkasida biriktiruvchi to’qima orasida ko’p miqdorda yakka-yakka yetgan limfoid tugunchalarni uchratish mumkin.
Muskul pardasining asosiy vazifasi ichak ichidagi ximusni aralashtirish va yo’g’on ichak tomon surishdan iborat. Muskulaturani qisqarishi natijasida ikki xil harakat vujudga keladi: mayatniksimon va peristaltik qisqarish. Mayatniksimon qisqarish bo’ylama va tsirkulyar
(aylanma) qavatlarni ritmik ravishda qisqarishi natijasida vujudga keladi. Peristaltik qisqarish muskul pardaning ikkala qavatining harakati natijasida sodir bo’ladi. Peristaltik qisqarish ketma- ket ichakning boshidan oxirigacha tarqaladi.
3. Yonbosh ichak och ichakning davomi bo’lib, qorin bo’shlig’ining kindik sohasida joylashadi va un yonbosh chuqurchasida yo’g’on ichakka davom etadi. Tuzilishi ingichka ichakning yuqorida ko’rsatilgan bo’limlariga o’xshash.
Yo’g’on ichak ingichka ichakning davomi bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat:
1. Kur ichak - (chuvalchangsimon o’simta bilan) 2 Yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak
  • Ko’ndalang chambar ichak
  • Pastga to’shuvchi chambar ichak
  • Sigmasimon ichak.
  • To’g’ri ichak.

  • Yo’g’on ichak ingichka ichakdan bir qancha belgilari jixatdan farqlanadi:
  • yo’g’on ichakning diametri ingichka ichak diametriga nisbatan ancha katta bo’ladi.
  • bo’ylama joylashgan muskul tolalari uchta lentasimon tasmalarni hosil qilib, bu tasmalarning uzunligi yo’g’on ichak uzunligiga nisbatan kaltaroq bo’ladi. SHu sababli, yo’g’on ichak devorida burmalar , gaustralar hosil bo’ladi.

  • v) yo’g’on ichakda qorin pardadan hosil bo’lgan yog’ o’simtalari ko’p miqdorda uchraydi.
    g) yo’g’on ichakning shilliq pardasida svorsinkalar bo’lmaydi, faqat kriptalar va burmalar hosil bo’ladi. Burmalar yarim oysimon shaklda bo’lib, gaustralar orasida joylashgan. Kriptalarni soni va xajmi ingichka ichakka nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Rasm№
    Shilliq parda bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Uni tarkibida jiyakli enterotsitlar, jiyaksiz enterotsitlar va kadaxsimon hujayralar uchraydi. Shilliq osti qatlamida limfatik follikular joylashgan. Limfoid follikulalar immun tizimining periferik a’zolariga kiradi, uni tarkibini asosan V-limfotsitlar tashkil qiladi. Bu strukturalar organizmda himoya vazifasini bajaradi. Muskul parda ikkita qatlam bo’lib joylashgan silliq muskul to’qimasidan iborat. Yo’g’on ichakning devorini tashqaridan urovchi seroz qavat hamma qismini bir xilda uramaydi.Kur ichak, chuvalchangsimon o’simta, ko’ndalang chambar ichak, sigmasimon ichak intraperitoneal joylashgan bo’lib, qorin pardasi bilan har tomonidan o’ralgan. Ko’tariluvchi chambar ichak, to’shuvchi chambar ichak qorin pardasi bilan old va yenlardan qoplangan va qorin pardasiga nisbatan o’rta holatni egalaydilar. SHu sababli mezoperitoneal a’zolarga kiradi. To’g’ri ichakni yuqori qismi intraperitoneal, o’rta qismi - mezoperitoneal, pastki qismi qorin
    pardasi bilan umuman qoplanmagan, qorin pardasidan tashqarida joylashgan., demak ekstraperitoneal a’zo hisoblanadi.
    Yo’g’on ichak bir qancha funktsiyalarni bajaradi. Yo’g’on ichakda asosan suv suriladi va axlat massasi shakllanadi. Yo’g’on ichakda kadaxsimon hujayralar tomonidan ko’p miqdorda shilliq ishlanadi. Shilliq modda hazm bo’lmagan moddalarni bir-biriga yopishtiradi va hazm

massasini surishga yordam beradi. Yo’g’on ichak devorida ma’lum xildagi bakteriyalar yashab, ularning faoliyati natijasida vitamin K va vitamin V kompleksi sintezlanadi, hazm bo’lmagan kletchatkani hazm bo’lish jarayoni davom etadi.
Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish