Mavzu: ichki organlar tuzilishi. Hazm a’zolarining tuzilishi. Ma’ruza rejasi


Ichki organizmlarning tuzilishi. “Halqum, qizilo’ngach va me’da”



Download 2,84 Mb.
bet3/5
Sana21.06.2022
Hajmi2,84 Mb.
#688377
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu ichki organlar tuzilishi

Ichki organizmlarning tuzilishi. “Halqum, qizilo’ngach va me’da”

Organ

Golotopiyasi

Skeletopiya yoki skeletga nisbatdan joylashishi

Sintopiya yoki qo’shni organlarga munosabati

Qorinpardaga nisbatdan joylashishi

Halqum

Bosh va bo’yin sohasida

Kalla skeletining asos qismida 1 va 4 bo’yin umurtqalar ro’parasida

Old tomondan burun bo’shlig’i, Og’iz bo’shlig’i, xiqildoq.
Orqa tomondan bo’yin umurtqalari va
bo’yinning chuqur muskullari .
Yon tomondan: tomirli nerv tutami.

Qizil O’ngach

Bo’yin, ko’krak va qorin bo’shliqlari

Yuqori chegarasi - 6 bo’yin umurtqasi. Pastki chegarasi.
11 ko’krak umurtqasi.

orqa tomondan: umurtqa pog’onasi.
Old tomondan:
traxeya, chap bronx, yurak, qisman aorta.

adventitsiya pardasi biln qoplangan.

Me’da

3/4 qismi chap krvurga sohasida,

Me’daning kirish qismi 11 ko’krak

Me’daning kirish va chiqish qismlari jigarga:

qorin bo’shlig’i ichida joylashgan.

1/3 qismi qorin usti sohasida.

umurtqasining
ro’parasida, chiqish qismi 12 ko’krak
umurtqasi bilan 1 bel umurtqasi ro’parasida.

me’da gumbaziga,
diafragmaga; orqa yuzasi taloqga, me’da osti beziga, chap buyrakga tegib turadi.

Halqum konussimon shaklga ega bo’lgan muskulli organ bo’lib ovqat yo’tish va nafas olishda ishtirok etadi. Halqumda 3 qism: burun, Og’iz va kekirdak qismlari ajratiladi.
Burun qismi ikkita teshik - xoanalar yordamida burun bo’shlig’i bilan tutashadi.
Og’iz qismi teshigi yordamida Og’iz bo’shlig’i bilan tutashadi. Halqumning kekirdak qismi kekirldakka kiradigan joyida kekirdak qopqog’i bilan chegaralanib turadi. Ovqat yo’tish vaqtida kekirdak qopqog’i orqali kekirdak teshigi yopiladi.
Halqum bo’shlig’iga umumiy 7 teshik ochiladi-ikkita xoanalar, ikkita eshitish naychalari, xikildak, Og’iz va qizilo’ngach bo’shliqlarini teshiklari. Ovqat yo’tilganda oltita teshik berqilib, faqat qizilo’ngach teshigi ochilgan holda bo’ladi va ovqat halqumdan qizilo’ngachga o’tadi.
Halqumning ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan. Shilliq parda ko’p qavatli epiteliy bilan qoplangan bo’lib, shilliq parda chuqurchalari orasida limfoid to’qimadan iborat. Fibroz parda yordamida halqum kalla suyagining asosiga birikadi. Fibroz parda ostida esa muskul va adventitsiya pardalari joylashadi. Halqumning muskullari uchta: halqumni kisuvchi yuqorigi, o’rta va pastki ko’ndalang yo’nalgan muskullardan iborat. Halqumning ko’ndalang kisuvchi muskullar uzunasiga joylashgan muskullar gruppasiga nisbatdan yaxshi rivojlangan.
Qizilo’ngach halqumning davomi bo’lib yuqori chegarasi 6 bo’yin umurtqasiga to’g’ri keladi, pastki chegarasi esa 11 ko’krak umurtqa ro’parasida joylashadi. Qizilo’ngach4 va 7
ko’krak umurtqalari oldida chap bronx bilan kesishib, uning orqasidan o’tadi, pastki qismida bu munosabat o’zgaradi. Qizilo’ngach ko’krak qafasidan o’tadi, diafragma orqali qorin bo’shlig’ida me’daga ochiladi. SHu sababli, qizilo’ngach 3 qismga: bo’yin, ko’krak va qorin qismiga bo’linadi. Qizilo’ngach davomida uchta torayishi ham farqlanadi.
Qizilo’ngach devori shilliq parda, shilliq osti qatlami, muskul parda va adventitsiya pardalaridan iborat.
Pardalarning tarkibiy qismlari:
ko’p qavatli yassi epiteliy
1. Shilliq parda xususiy qavat muskul qavat
Me’da embrion hayotining turtinchi xaftasida paydo bo’ladi, ikkinchi oyiga borib
me’daning asosiy bo’limlari shakllanadi. Me’da devorini tashkil etuvchi pardalar turli embrional varaqlardan rivojlanadi: shilliq pardasi - entodermadan, muskul pardasi esa - mezodermadan rivojlanadi.
Me’da organizmda bir qancha funktsiyalarni bajaradi. Yo’tilgan ovqat me’dada to’planadi, maydalanadi, harakatlanadi, suriladi. Me’da devori orqali kand moddalar, spirt, suv va tuzlar suriladi, bundan tashqari ekskretor, sekretor va endokrin funktsiyalarni ham o’taydi. Me’dada antianemik faktor ishlab chiqariladi. Bu maxsus modda bo’lib, ovqat tarkibidagi V12 vitaminini o’zlashtirishga yordam beradi. Me’dani asosiy funktsiyasi - bu me’da shirasini ishlab chiqarish. Me’da shirasi tarkibida pepsin, ximozin, lipaza kabi fermentlar, shuningdek xlorid kislota va shilliq moddalar tafovut etiladi.
Me’da qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, chap qovurg’a sohasida, diafragmaning chap gumbazi tagida joylashadi. Katta odamlarda me’da xajmi yog’an ovqatiga va ichgan suyuqlik
miqdoriga qarab o’zgaruvchang bo’ladi va 1,5 - 4 litrni tashkil etadi. Me’daning oldingi va orqa devorlari tafovut etiladi. Bu ikki devori yuqori va pastki tomonga bir-biri bilan qo’shilib, katta va kichik egriklarni hosil qiladi. Me’da quyidagi qismlardan tuzilgan:
1. me’daning kirish qismi yoki kardial qism - qizilo’ngachni me’da bilan qo’shilgan joyi. Kardial teshik X-XI ko’krak umurtqalari ro’parasida, chiqish teshigi - XII ko’krak - I bel umurtqasi ro’parasida joylashgan.
me’da tubi - diafragmaning chap gumbaziga yendoshib, me’daning eng yuqori qismidir. me’da tanasi - me’da tubidan, to chiqish qismigacha bo’lgan oraliq.
pastki chiqish qism yoki pilorik qism - bu qism orqali me’da o’n ikki barmoqli ichak bilan tutashadi.
Me’da devori shilliq parda, shilliq osti qavat, muskul parda va seroz pardalardan iborat.

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish