MAVZU: 4. ICHKI ORGANLAR TUZILISHI. HAZM A’ZOLARINING TUZILISHI.
Ma’ruza rejasi:
- Ichki a’zolar haqida ta’limot - splanxnologiya.
- Tananing bo’yi, ko’krak va qorin bo’shlig’idagi organlari.
- Ichki a’zolar devoridagi seroz parda, muskul qavat, shilliq pardaning ta’rifi, ularning shakllanishi.
- Og’iz bo’shlig’i, bo’g’iz bodomchalari, tanglay devorlarining tuzilishi.
- Ovqat hazm qilish a’zolarining umumiy printsiplari.
- Halqum, qizilo’ngach, uning filogenezi. Me’da va me’da osti bezi.
- Jigar, o’t qopining tuzilishi, joylashishi va funktsiyasi.
- Ingichka ichakning tuzilishi va joylashishi.
- Yo’g’on ichakning tuzilishi va joylashishi.
Tayanch iboralar: ichki a’zolar, moddalar almashinuvi, seroz parda, muskul qavat, shilliq parda, og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach, me’da, osti bezi, fermentlar, mexanik hazmlanish, kimyoviy hazmlanish, so’rilish jarayoni, vorsinkalar, ekskret, jigar, o’t pufagi, o’t suyuqligi, oshqozon, ingichka ichak, yo’g’on ichak, to’g’ri ichak.
Tana bo’shliqlarida joylashgan a’zolarga ichki a’zolar deyiladi. Ichki a’zolarga ovqat-hazm, nafas olish, siydik-tanosil va endokrin tizimlari kiradi. Bu tizimlarning a’zolari modda almashtirish jarenlarida ishtirok etadilar. Ovqat hazm qilish tizimi organizmga to’shgan trofik moddalarni qayta ishlashi natijasida, to’qimalar o’zlashtira oladigan xoligacha yetkazadi, hazm bo’lmagan moddalarni esa organizmdan tashqariga ajratadi. Nafas olish tizimi organizmga kislorodni yetkazish, karbonat angidridni esa chiqarish vazifasini bajaradi. Modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan oxirgi maxsulotlar siydik ajratish a’zolari orqali chiqariladi. Jinsiy tizimi generativ va endokrin funktsiyalarni bajaradi. Bu ikki xil asosiy funktsiyalari bir-biri bilan bog’liq bo’lib jinsiy hujayralarni va organizm uchun muhim bo’lgan jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi. Organizm regulyatsiyasida ishtirok etadigan, biologik aktiv moddalarni – gormonlarni ishlab chiqadigan a’zolar endokrin yoki ichki sekretsiya bezlari deyiladi. Gormonlar qon tarkibida bo’lib, butun organizmga tarqaladi va a’zolarning ishiga yoki jarayonlariga ko’zgatuvchi yoki tormozlovchi muayyan ta’sirot ko’rsatadi.
Ichki organlar embrional taraqqiyotining 4 - xaftalarida endodermadan paydo bo'lgan birlamchi ichak naychasidan boshlanadi. Ichakning muskul qavati mezodermadan rivojlanadi. Ichak naychasi embrionning umurtqa pog'onasini old tomonda o’nga boshidan oxirigacha paralel joylashgan bo'ladi.
Keyingi rivojlanish davrida ichak naychasi emrionga nisbatan tez o'sib, qorin bo'shlig'idan ikkita burilish (tizza)ni hosil qiladi. Natijada ichak naychasi bosh o'rta va orqa ichak naycha qismlariga ajraladi. Bu vaqtda embrionning bosh qismining bet tomonida ektodermadan og'iz bo'shlig'i va tilning oldingi qismlari rivojlanadi. Bo’nga qarama-qarshi birlamchi ichak naychasining bosh qismidan esa og'iz bo'shlig'ining va tilning orqa bo'lak, hiqildoq, qizilo'ngach va me'da rivojlanadi. Og'iz bo'shlig'ining oldingi bo'lagi bilan orqa qismi embrion rivojlanishida o'zaro qo'shilib, butun og'iz bo'shlig'i va tilni vujudga keltiradi.
Birlamchi ichak naychasining bosh qismidan og'iz bo'shlig'i va tildan tashqari tishlar, so'lak bezlari, limfoid to'qimalar va qalqonsimon bez, qalqonsimon bez orqa tanachalari va
ayrisimon bezlar rivojlanadi. Birlamchi ichak naychasining o'rta qismidan o'n ikki barmoq ichak, och ichak, yonbosh ichak va ularga aloqador bezlar (jigar, me'da osti bezi) rivojlanadi.
Birlamchi ichak naychasining oxirgi qismidan esa ko'richak, ko'tariluvchi, ko'ndalang va pastga to’shuvchi chambar ichaklar. «S» simon ichak va to'g'ri ichak taraqqiy etadi. To'g'ri ichak nayining oxirgi bo'lagi bo'lib, uning pastki qismi muskul qavati, ko'ndalang targ'il muskuldan tuzilgan. Bo'lg'usi to'g'ri ichakning pasti parda bilan berk bo'ladi. Embrion rivojlanishda ektodermada to'g'ri ichakka qarab chuqurcha (bo'lg'usi orqa teshik) vujudga keladi. Keyinchalik rivojlanish prosessida o'rtadagi parda shimilib ketadi va to'g'ri ichak tashqariga orqa teshik orqali ochiladi.
Ovqat hazm qilish tizimining asosiy qismini tashkil etuvchi a’zolar qorin bo’shlig’ida joylashgan. Qorin bo’shlig’i organizmda eng katta bo’shliq bo’lib, yuqoridan diafragma bilan, oldidan va yonlaridan qorin muskullari bilan, orqadan - umurtqa pog’onasining bel bo’limi, belning kvadrat muskuli va yonbosh-bel muskuli bilan chegaralangan. Pastda qorin bo’shlig’i kichik tosni bo’shlig’igacha davom etadi.
Qorin bo’shlig’ida jigar, me’da, me’da osti bezi, ingichka va yo’g’on ichaklar, taloq,
buyraklar, buyrak usti bezlari, siydik yo’llari joylashgan. Qorin bo’shlig’ining orqa yuzasidan pastga to’shuvchi aortaning qorin qismi, pastki qovak vena o’tadi, nerv chigallari va tugunlari yetadi. Qorin bo’shlig’ining ichki yuzasi ichki qorin fastsiyasi bilan qoplangan. Qorin fastsiyasi bilan parietal yoki devor qorin pardasi orasida yog’ kletchatkasi joylashgan. Qorin pardasi qorin bo’shlig’ining devorini va unda joylashgan ichki a’zolarni qoplaydi. Qorin pardasi parietal (devor) va vistseral (ichki) varaqlardan tashkil topgan. Parietal qorin parda qorin bo’shlig’ining devorlar yuzasini to’liq qoplab, undan ichki a’zolarga o’ta boshlaydi va vistseral varaq nomini oladi. Vistseral varaq ichki a’zolarni qoplaydi. Qorin parda yaxlit bir butun varaq bo’lib, a’zodan devorga, devordan a’zoga o’tib, qorin bo’shlig’ini hamma tomonidan chegaralaydi. Parietal qorinpardani vistseral qorinpardaga o’tishi vaqtida burmalar, boylamlar, va chuqurchalar hosil bo’ladi. Bundan tashqari parietal va vistseral varaqlari orasida qorin parda bo’shlig’i hosil bo’ladi. Qorin parda bo’shlig’iga varaqlar bir oz miqdorda seroz suyuqlik ishlab chiqaradi. Qorinpardaning yuzasi shu suyuqlik bilan namlanib turgani uchun qorin bo’shlig’idagi a’zolar yengillik bilan ishqalanmay harakat qiladi.
Qorin parda ichki a’zolarga nisbatan har xil joylashadi. Ba’zi a’zolar qorinparda bilan faqat bir tomondan qoplangan. Bularga o’n ikki barmoqli ichakning bir qismi, buyraklar, me’da osti bezi, buyrak usti bezlari kiradi va bu a’zolarni holati ekstraperitoneal holat deyiladi. Boshqa a’zolar qorinparda bilan uch tomondan qoplangan bo’lib, egallangan holati mezoperitoneal deb ta’riflanadi. Mezoperitoneal a’zolarga yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak, pastga to’shuvchi chambar ichak, to’g’ri ichakning o’rta qismi, siydik qopi kiradi.
A’zolarning bir qismi qorinparda bilan hamma tomondan qoplangan. Bunday a’zolar qorin bo’shlig’i ichida joylashib, intraperitoneal a’zolar deyiladi. Intraperitoneal a’zolarga me’da, ingichka ichak, kur ichak, ko’ndalang chambar ichak, chuvalchangsimon o’simta, taloq,.jigar,
sigmasimon ichak, to’g’ri ichakning boshlanish qismi, bachadon va bachadon yo’llari kiradi. Intraperitoneal joylashgan a’zolarni qorinparda qoplaganda boylamlar va ikki boylamlarni (duplikato’ralar) hosil qiladi. Bu boylamlar charvilar deb nomlanadi. Ingichka ichak, chuvalchangsimon o’simta, ko’ndalang chambar ichak sigmasimon ichaklarda charvilari bo’ladi. Qorinpardalarning boylamlari ichki a’zolarni qorin bo’shliq devoriga pishiq biriktiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |