Oqsillar almashinuvi. Organizmda oqsillar yangi hujayralar va to'qimalar hosil bo'lishida plastik material sifatida ishtirok etadi. Bir kunda organizmda o'rta hisobda 100- 120 g oqsil kirib turishi kerak. Organizmga oqsillar ovqat mahsulotlari (go'sht, tuxum, sut. mosh, loviya kabilar) orqali tushadi. Ovqat tarkibidagi oqsillar murakkab oqsillar bo'lib, ular ovqat hazm qilish kanalida aminokislotalarga parchalanadi va qonga so'riladi, aminokislotalar qon bilan hujayra va to'qimalarga borib hujayralarda ulardan odam organizmiga xos oqsil sintezlanadi. Keraksiz ortiqcha oqsil, aminokislotalar parchalanib teri va siydik
orqali organizmdan tashqari chiqarilib yuboriladi. 1 g oqsil parchalanganda 4.1 kkal energiya ajralibchiqadi.
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizm hayotida muhim o'rin tutadi, ular asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uglevodlar organizmga murakkab uglevodlar, polisaxaridlar holida kiradi. Ovqat hazm qilish kanalida polisaxaridlar disaxaridlarga, disaxaridlar esa monosaxaridlarga (glyukoza) parchalanadi. Glyukoza qonga so’rilib, jigar va muskullarda undan hayvon kraxmali glikogen hosil bo'ladi. Jigardagi glikogen asosan zahira (zapas) uglevod bo'lib, qonda qand miqdori kamayganda glyukozaga parchalanadi va glyukoza qonga o'tadi. Ortiqcha glyukoza jigarda to'planadi. Muskullardagi glikogen uzluksiz parchalanib turadi. Katta yoshli kishilar 1 kunda 500gr uglevod iste'mol qilishi kerak. Ovqat bilan uglevodlar kirsa, ham organizmda oqsil va yog'lardan uglevod hosil bo'ladi. lgr uglevod parchalanganda 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi.
Yog'lar almashinuvi. Yog'lar ham organizmda energiya manbai hisoblanadi. 1 g yog' oqsidlanib parchalanganda 9,3 kkal energiya ajraladi. Organizmga kirgan yog'lar hazm kanalida gliserin va yog' kislotalariga parchalanib. limfaga so'riladi. Bu vaqtda gliserin va yog' kislotalar ichak shilliq pardasi hujayralaridan o'tayotganida bir-biriga birikib yog' hosil qiladi. Bu yog' organizm ehtiyojlarini qondirib, ortiqchasi teri osti yog' kletchatkasida, charvida, buyrak atrofida va boshqa ichki organlarda zahira bo'lib to'planadi va energiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, teri osti kletchatkasidagi yog' qatlami organizmdan issiqlikni chiqarmaydi. Organlar atrofidagi yog' esa ularni shikastlanishdan saqlaydi. Organizmga yog' kirmaganda oqsillar va uglevodlardan organizmda yog’ hosil bo'ladi. Katta yoshli odam organizmiga bir kunda 100 gr yog' kirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |