Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Qоn oqishini to’xtatish, oyoq, qo'l organlari shikastlangan bo’lsa, ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay qo’yish, yonayotgan kiyim boshlarni o’chirish zarur. Bemorga tinch sharoit yaratib, uni isitish, shirin choy va issiq ichimliklar berish kerak. So’ngra shikastlangan kishini zudlik va ehtiyotkorlik bilan kasalxonaga olib borish arur.
GIPERTONIYA KASALLIGl
Gipertoniya kasalligi (yunoncha – ortiqcha, taranglik, bosim). Gipertoniya kasalligi yurak va tomirlar, endokrin tizim, buyrak va siydik chiqaruv yo'lidagi organik o'zgarishlarga bog’liq bo’lmagan holda, arterial qon bosimining uzoq vaqt birlamchi ko’tarilib turishidir. Arterial bosimning 140-90 mm simob ustuni norma,
140-95 mm simob ustunining 160-5 mm dan yuqorisi gipertenziya deb hisoblanadi. Markaziy nerv tizimining ruxiy zarbaga uchrashi, o’ta zo’riqishi, moddalar almashinuvining buzilishi, zararli odatlar (spirtli ichimliklar, chekish). irsiyat muhim rol o'ynaydi. Bu omillar ta'sirida mayda arteriyalar bo'shlig’ining vaqtincha keyinchalik doimiy torayishi (spazmi) natijasida sistolik va diastolik arterial qon bosimi кo’tarilib ketadi.
Gipertoniya kasalligining kechishida uchta bosqich farq qilinadi (A.L.Myasnikov). l-bosqich kasallikning boshlang'ich davri bo'lib, yuqorida qayd etilgan sabablar ta'sirida arterial qon bosimi qisqa vaqt ko’tariladi. Sabablarini bartaraf qilingandan so’ng bemorning ahvoli yaxshilanib, bosim o’z holiga tushadi. II-bosqichda qon bosimining ko’tarilishi doimiy (turg'un) bo’lib bemor maxsus davolanmasa, arterial bosim normaga tushmaydi III-bosqichda qon bosimi davo tadbirlari qo'llanganda ham normallashmaydi. Bunda buyrak, aorta, yurak, miya va boshqa organlar tomirlarida qaytmas o'zgarishlar yuzaga keladi.Kasallikning ilk davrida asabiy zo’riqishlardan so’ng bosh og'rig'i vaqti-vaqtida bosh aylanishi, quloq shang'illashi, darmonsizlik, yaxshi uxlay olmaslik, belgilari seziladi. Gipertoniyaning keyingi bosqichlarida puls (tomir urushi) tezlashadi, taranglashadi.Yurak chegaralarning chapga kengayganligi qayd etiladi.
Davosi. Bemorlar dam olish va uxlash rejimiga qat'iy rioya qilishi zarur. Ularning asab tizimiga ta'sir qiluvchi omillar(ni) bartaraf qilinadi. Parhez rejimiga rioya qilish, holesteringa boy mahsulotlar (yog’li, go’sht, yog’), chegaralanadi, sho’r taomlar man etiladi. Dori moddalaridan dibazol. papaverin. platifillin qo'llaniladi. Profilaktika. Dam olish, uxlash rejimini yaxshi tashkil etish, korxonalarda, oilada yaxshi munosabatlar o’rnatish. Gipertoniya kasalligining formalarini o’z vaqtida aniqlash va davolash zarur.
Gipertonik kriz-gipertoniya kasalligining keskin kuchayishi bo'lib arterial bosimning birdaniga o'tkir ko’tarilib ketishi bilan xarakterlanadi.Bemorning boshi aylanadi, bosh og'rig’-kuchayadi, arterial bosim to’satdan ko’tarilib ketadi. Ba'zan bemorning ko’ngli ayniydi, qayd qiladi, birdaniga holsizlanib hushidan ketadi.Miyada qon aylanishi buzilishi natijasida harakatlar, nutq buzilishi yuz berishi mumkin. Og’ir hollarda shoshilinch davo choralari ko’rilmaganda miyaga qon quyiladi (insult).
Do'stlaringiz bilan baham: |