Davosi. Yara kasalligida kompleks davo qilish zarur ya'ni tayinlangan dori-darmonlarni parxez ovqatlar, fizioterapiya va davolashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borish kerak.Yara kasalligida fizioterapiya parafin bilan davolash, balchiq bilan davolash, shuningdek markaziy nerv tizimini tinchlantiradigan turli shifobaxsh vannalar (igna bargli, natriy xloridli) eng muhim davo tadbirlari
hisoblanadi. Davolashda barjom, yesentuki singari mineral suvlar katta rol o'ynaydi. Medikamentoz davolashda teri ostiga atropinnig 0,3 - 1 ml 0,1 % li eritmasi yuboriladi yoki tomchilar holida ichiladi ovqatdan oldin 5-6 tomchi suv bilan vikalin, gangleron, vitaminlar qo'llaniladi.
Profilaktikasi. Ovqatlanish rejimini to'g'ri tashkil etish, har kuni sof havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya mashqlari kompleksini bajarilishi lozim. Bizning mamlakatimizda yara kasalligiga qarshi ovqat rasionlari. №1 deb atalgan, dietalar ishlab chiqilgan. Ular uchta rasion: № l a. 1b va 1 dan iborat. Yara kasalligi bo’lgan bemorlarning ovqatlanish rasionlari asosini oshqozon va ichak shilliq pardasini imkon boricha ehtiyotlash (mexanik, kimyoviy, termik) prinsiplari tashkil qiladi.
Enterit - bu ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanishi. Kasallik har xil infeksiya (ich terlama, paratif), gelmintoz ta'siri ostida zaharli va ba'zi bir dori moddalar ta'siri, to’la qimmatli ovqatlanmaslik oqibatida paydo bo'ladi. Enterit rivojlanishiga ichkilik ichishga ruju qiyish va chekish yo’l ochadi. Me'da faoliyatining buzilishi, me'da osti bezi kasalliklariga o’z vaqtida davo qilmaslik ham bu kasallikning vujudga kelishiga sabab bo'ladi.O'tkir va surunkali enterit farq qilinadi.
Klinik manzarasi. Sifatsiz ovqat iste'mol qilgandan 3-4 soat o’tgach to’satdan boshlanadi. Umumiy holsizlik, ishtahaning yo’qolishi, qorinda og'riq kuzatiladi, bunga ich ketishi qo’shiladi. Ich ketish kuniga 3 martadan 10-20 martagacha bo'lishi mumkin. Najas ko'p miqdorda va ko'pikli, nordon hidga ega bo'ladi. Ko'pincha qorinda quldirash, ko’ngil aynishi, qusish, kekirish, chanqash kuzatiladi. Ko'zdan kechirishda teri qoplamlari oqargan, tili quruq, oqimtir parda bilan qoplangan, qorin dam bo’lgan, palpatsiya qilinganda og’riydi, arterial bosimi pasaygan, puls tezlashgan bo'ladi. Vaqtida davo qilinsa, bemor tez tuzalib ketadi. ayrim hollarda surunkali turga o’tib ketishi mumkin.
Davosi. O'tkir enteritda o’rinda yotish rejimi, tuz surgi (magniy sulfat bir qabul 20-25 g dan), mo’l suyuqlik (iliq choy), qoringa issiq qilish, tozalash klizmasi tayinlanadi.Dori moddalaridan sulgin (0.5 gdan kuniga 4-6 marta), enteroseptol va boshqalar buyuriladi.
Kolit- yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi, kolitning sababchisi infeksiya (dizentcriya). parazitar kasalliklar (lyamblioz, gelmintoz), haddan tashqari ta'sirlovchi va noto'g'ri tayyorlangan ovqat iste'mol qilish hisoblanadi. Kolit rivojlanishida qorin bo’shlig’ining boshqa organlaridagi yallig'lanish prosesslari: surunkali xolesistit, gastrit, enterit va allergik omillar muhim ahamiyatga ega.Kolit kechishiga ko’ra o'tkir va surunkali bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |