Diabetik komani davolash. Diabetik komada zudlik bilan 100 B. gacha teri ostiga (insulin) yuboriladi. Uni venaga quyish ham mumkin. Agar bemorni ahvoli yaxshilanmasa, insulin yuborishni bemorni komatoz holatdan chiqarguncha davom ettiriladi. (30-40 ТВ. har 1,5-2 soatda). Bemorlarga 50-100 ТВ. insulin yuborilganda ayni vaqtda venaga 20-40 % li glyukoza eritmasi tayinlash zarur. Organizmning suvsizlanishiga qarshi kurashish uchun izotonik natriy xlorid eritmasi teri ostiga yuboriladi. Insulin dozasi oshirib yuborilganda, gipoglikemik holati rivojlanadi. Bemorda keskin darmonsizlik, qattiq ochlik sezish, oyoq qo'llar titrashi namoyon bo'ladi va komaga olib kelishi mumkin (teri oqargan, ko'z soqqalari tonusi oshgan).
Gipoglikemik komani davolash. Bemorni komatik holatdan chiqarish uchun ba'zan unga bir stakan shirin choy berishning o’zi kifoya qiladi. Agar bemor hushdan ketgan bo’lsa venaga glyukoza yuborish zarur. (50 ml gacha
40 %li eritma).
Sistit (yunon. kustik -qovuq. itis - yallig'lanish) qovuqning yallig’lanishi. Siydik ajratish tizimi organlari kasalligi bo'lib, erkaklarda ham ayollarda, ham ko'p uchraydi.Kasallik qovuqqa turli infeksiyalarning tushishi natijasida yuzaga keladi. Sovqotish, spirtli ichimliklar ichish, dudlangan narsalar, ziravorlani ko'p iste"mol qilish, qabziyat sabab bo'lishi mumkin.Sistitda bemor oz-ozdan tez-tez (har 10-15 minutda) siyadi, siyganda og'riq sezadi; og'riq ayniqsa siygisi qistaganda va siygandan o’ng zo’rayib lovullash, achishish paydo bo'ladi. Ba'zan siydikka qon va yiring bo'lishi mumkin. Kasallikning o'tkir davrida to’la va to'g'ri davo qilinsa bemor sog’ayib ketadi. Aks holda, surunkali tus oladi. Kasallikning og'ir-yengil o’tishidan qat'iy nazar, bemor yotishi shart. Spirtli ichimliklar ichish, achchiq, sho’r ovqatlar is'temol qilish taqiqlanadi. Don moddalaridan antibiotiklar va nitrofuran qatori preparatlari buyuriladi. Bemorga ko'p suyuqlik: sut, choy, issiq kompot, mineral suv va boshqalar ichiriladi. Sistitning oldini olishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, turli yallig'lanish kasalliklarini o’z vaqtida davolash zarur.
Glomerulonefrit - asosan buyrak kalavasi qon tomirlarining yallig'lanishi hisoblanadi. U o'tkir yoyilgan, surunkali yoyilgan va o’choqli bo'lishi mumkin. Yoyilgan o'tkir glomerulonefrit infeksion-allergik kasallik hisoblanadi. Kasallikning kelib chiqishida streptokokk asosiy o'rin tutadi. U sezgir buyrak to'qimasiga sensibilizasiyalovchi ta'sir ko’rsatadi. Streptokokkli infeksiyalardan angina, qizamiq, epidemik gripp, yuqori nafas yo'llarining mavsumiy kasalligidan keyin rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |