Havoning kimyoviy tarkibi. Yer yuzasida toza atmosfera havosi quyidagi kimyoviy tarkibga ega: kislorod 20,9%, karbonat angidrid 0,03%, chang va mexanik aralashmalar 0,04%, suv bug`i 0,03%, azot 78%, argon, geliy kripton va inert gazlar 1%.
Havoda yuqorida ko`rsatilgan tarkib deyarli doimiy bo`ladi. Ularning o`zgarishi qishloq xo`jalik korxonalari va sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari, avtotransportlarning gazlari ta'sirida bo`lishi mumkin. Odamni nafas chiqargandagi havosida kislorodni miqdori 15% ga kamayadi, karbonat angidridni miqdori 100 baravar oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |