5-modul. Hamkorlikda o'qitishning «Birgalikda o'qiymiz» metodi 1987- yili Minnesota universiteti professorlari J. Jonson, R. Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o'quvchilari 3-5 boladan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqning m a’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlami to'liq bajarishi natijasida o'quv materialining yaxlit o'zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy tamoyillari — komandani taqdirlash, o'quvchilarga individual yondashish, muvafFaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish sanaladi.
6-modul. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi. Bu metod 1976- yili Tel-Aviv universiteti professori Sh. Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko'proq o'quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. O'quvchilar alohida individual yoki 6 o'quvchidan iborat kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o'rganish lozim bo'lgan o'quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qism lar yuzasidan topshiriqlar har bir o'quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o'quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o'z hissasini qo'shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o'tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda m a’ruza tayyorlaydi va sinf o'quvchilari o'rtasida o'z ijodiy izlanish natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o'rtasida o'tkazilgan o'quv bahsi, munozara o'quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatning natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir o'quvchining, muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlaming, umuman, sinf jamoasini jipslashtirishga, aw al o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalami yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo'llab, yangi bilimlarni o'zlashtirilishiga zamin tayyorlaydi.
1.2. Hamkorlikda o’qitishning turlari.
An’anaviy metodikada talaba shaxsining rivojlanishini hisobga olgan holda uning bilimi ko‘nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmasligi ayon. O‘qituvchi talabaga iloji boricha o‘rganilayotgan mavzudan ko‘proq axborot berishga harakat qiladi. O‘qituvchi: axborotlarni to‘plash, tanlash, qayta ishlash va o‘rganilgan axborotlarni qo‘llash kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga rioya qilavermaydi. Keyingi navbatda talabaning bilish faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog‘onasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o‘tishi kerak. Shundagina bilim ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi. Talabalar bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi: fanni o‘rganishga qiziqtirish, tayanch iboralarga asoslanish, muammoli metodlarni qo‘llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko‘rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan bog‘lash, fanlararo aloqadorlikni o‘rnatish va hokazo. Bundan esa, ta’lim jarayonida o‘qituvchi rioya qilishi kerak bo‘ladigan asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
- talabada o‘z kuchiga ishonish hissiyotini uyg‘otish;
- talabaga o‘z vaqtida kerakli yordam berish.
Talabalarning fanlarga oid tanqidiy fikrini bilish maqsadida quyidagi varaqalar tarqatiladi:
Ma’ruzani eshitib yozib bordim, lekin o‘zlashtirilayotgan material mohiyatini bir davrning o‘zida to‘liq tushunib yetmadim.
2. Oliy ta’limning mazmuni va shakli o‘rta maktabnikidan nimasi bilandir farq qiladi.
3. Ilmiy tushunchalar, atamalar va ta’riflardan foydalanishda qiyinchiliklarni his qilaman.
4. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining mohiyatini tushuna olmayman.
5. Nazariy bilimlar bilan amaliyot o‘rtasida birmuncha nomutanosibliklar mavjud.
6. Mustaqil faoliyatni rejalashtirishning oqilona usullari yetishmaydi.
7. Mustaqil bilim olish uchun juda oz vaqt qoladi.
8. O‘quv yili davomida bir qancha materiallar individual ishlashga yig‘ilib qoladi.
9. Reyting nazoratida his-tuyg‘u barqarorligining yetishmasligi sababli diqqatni bir joyga to‘play olmayman.
10. Seminar mashg‘ulotlari va reyting nazoratiga tayyorlanish uchun birlamchi manbalarning yo‘qligi yomon oqibatlarga olib keladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q. Ammo tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv sharoitlar to‘plami mavjud.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashga quyidagilar kiradi:
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- har bir talabani tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan talabalar:
- o‘ziga ishonchni orttirish, o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etish;
- turli fikr va g‘oyalarni e’tibor bilan tinglash;
- o‘z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Tanqidiy (tahliliy) fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, talabalar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlariga o‘qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. Ta’lim jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va ta’limga o‘zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyasi va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o‘stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talabalarning fikrlari, tanqidiy tahlil natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O‘qituvchi (pedagog) talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim. Bu esa talabalarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‘rsata olish kerak. Talabalarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari hamda masalalarni muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim vazifa ekanligini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni talabalarning o‘zaro bir-birlari bilan fikr almashishlarini ko‘zda tutadi. O‘zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‘zining qarashlar tizimini so‘rovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilar fikrini tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o‘laroq talabalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g‘oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |