\Mavzu: Gudronni deasfaltlash jarayoni reja



Download 0,71 Mb.
bet15/16
Sana08.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#757203
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
muhammad aziz

3-Moylarning furfurol bilan tozalash qurilmasining texnologik sxemasi
I Moy frakstiyasi; II Furfurol; III Rafinat; IV Ekstrakt; V Par.

Moy frakstiyasi nasos N-1 bilan deaerator K-1 ga beriladi va u erda moyda erigan kislorod suv bug’i yordamida chiqarib tashlanadi. Moy deaeratordan K-1 chiqarib, isitgich T-1 ga yuboriladi va apparat K-2 ni o’rta qismiga beriladi. Kolonnani yuqori qismidan isitgich T-2 da qizdirilgan furfurol beriladi. Kontaktorni pastki qismida ekstrakt eritma tindiriladi. Bu erda ekstraktdan ikkilamchi rafinat ajratib olinadi, chunki kolonna K-7 dan erituvchidan tozalangan ekstrakt beriladi. K- 2 ni pastki qismini harorati past bo’ladi. Rafinat eritma kontaktorni yuqori qismidan (K-2) nasos (N-3) yordamida isitgich T-3 va P-1 orqali kolonnalar K-3 va K-4 ga erituvchini parlatib olish uchun beriladi.


Kolonna K-4 ga suv bug’i beriladi. Kolonna K-4 ni pastki qismidan rafinat issiqlik almashuv apparati T-3 va sovutgich X-1 da sovutilib qurilmadan chiqariladi. Ekstrakt eritma esa kontaktor K-2 ni pastki qismidan nasos N-4 yordamida chiqarib olinadi.
Eritmani bir qismini sovutgich orqali kolonna K-2 ni pastki qismiga haroratni pasaytirish uchun, boshqa qismi esa kolonna K-5 ga jo’natiladi. Keyin ekstrakt eritma kolonna K-5 ni pastki qismidan nasos N-6 bilan pech P-2 orqali kolonna K-6 ga va K-6 ni pastki qismidan nasos N-7 yordamida kolonna K-7 ga yuboriladi. K-8 ni pastki qismidan ekstrakt nasos N-8 yordamida qurilmadan chiqariladi.
Shunday qilib furfurolni ekstrakt eritmadan regenerastiyasi 4 bosqichda boradi: Kolonnalar K-5 va K-6 da bosim ostida, K-7 va K-8 da vakuum ostida. Kolonna K-8 ga kolonna K-4 ga o’xshab suv bug’i beriladi. Quruq furfurolni parlari K-3, K-7, K-5 va K-6 kolonnalaridan kondensirlanib E-3 ga yig’iladi va u erdan nasos N-10 yordamida furfurol kontaktor K-2 ga beriladi.
Furfurol va suv bug’lari kolonnalar K-4 va K-8 lardan chiqib suv va furfurolni ajratish sistemasiga tushadi. Sovutgich X-5 da kondensirlangan suv va furfurol E-2 da yig’iladi va u erda ikki qavatga: yuqori qismida furfurol eritmasi va pastki qismida suvni 6% furfuroldagi eritmasi bo’ladi. Yuqori qavati par bilan qizdirilgan kolonna K-9 ga beriladi va furfurolni olish uchun ishlatiladi. Shunday qilib, birinchidan furfurolni sarfi kamayadi, ikkinchidan oqava suvni ifloslanishi kamayadi. Pastki qavat zmeevik bilan isitiladigan kolonna K-10 ga beriladi. Kolonna K-10 ni pastki qismidan quruq furfurol E-3 ga tushadi. Kolonnalar K-9 va K-10 ni yuqori qismidan. Furfurol va suv bug’lari sovutgich (X-5)ga yuboriladi.
Tozalashi kerak bo’lgan moy frakstiyasi nasos N-1 bilan issiqlik almashuvchi apparatga (T-1) va par bilan isitiladigan apparatga (T-2) berilib isitilib absorber K-1 ni yuqori qismiga beriladi. Absorberni pastki qismiga suv pari va fenol aralashmasi beriladi. Fenol parlari moyda ushlanib qoladi, suv parlari esa sovutgichda (X-8) kondensirlangandan so’ng kanalizastiyaga tashlab yuboriladi.
Absorberni tagidan moy nasos N-2 yordamida sovutgich orqali o’tkazilib ekstrakstiya kolonnasi (K-2) ni o’rta qismiga beriladi. Ekstrakstiya kolonnasini yuqori tarelkasiga erigan plav (massa) tushadi, pastki qism tarelkaga esa fenolli suv tushadi. Fenolli suv ekstraktdan ikkilamchi rafinatni ajratib oladi.
Erituvchini rafinat eritmasidan regenerastiya qilish ikki bosqichda olib boriladi. Rafinat eritma kolonna K-2 ni yuqori qismidan olinib nasos N-3 bilan isitgichga beriladi (T-4) va pech P-1 da qizdirilib kolonna K-3 ga tushiriladi. Bu kolonnada fenolni asosiy qismi parlanadi. Kolonna K-3 pastki qismidan rafinat eritmasi kolonna K-4 ga oqib o’tadi. Bu kolonnada fenol qoldiqlari suv pari xaydaladi. Kolonna K-4 ni pastki qismidan rafinat nasos N-4 yordamida isitgich T- 4 sovutgich X-4 lar orqali chiqarib yuboriladi.
Ekstrakt eritmasi erituvchidan uch bosqichda ajratiladi. Ekstrakt eritmasi kolonna K-2 ni pastki qismidan nasos N-5 yordamida olinadi. Eritmani bir qismi yana kolonna K-2 ga uni pastki qismini haroratini pasaytirish uchun sovutgich X-3 orqali qaytarib beriladi. Shundan so’ng ikkilamchi rafinat ajratib olinadi. Ekstrakt eritmani ikkinchi qismi isitgich (T-5) orqali o’tkazilib kolonna K-5 ga boriladi. Bu kolonnada suv parlari fenol suv – ozeotropi shaklida haydab olinadi. K-5 kolonnani pastki qismini harorati (T-6) qaytgich yordamida bir meyorda ushlab turiladi. Ekstrakt eritma kolonnadan nasos N-7 yordamida pech P-3 orqali kolonna K-6 ga beriladi. Bu kolonnada quruq fenolni asosiy qismi haydaladi. Kolonna K-6 ni pastki qismini harorati pastki qismdagi mahsulotni pech P-2 orqali stirkulyastiya qilinib bir meyorda ushlab turiladi.
Kolonna K-6 ni pastki qismidan tarkibida ozgina fenol bo’lgan ekstrakt suv pari yordamida parlatiladi.
Kolonnalar K-3 va K-6 dan quruq fenolni parlari chiqarib olinadi, kondensirlanadi, isitgichlar T-1, T-5 va sovutgich X-1 larda sovutiladi va quruq fenol rezervualar E-1 ga tushadi. E-1 dan fenol nasos N-6 bilan isitgich T-3 orqali o’tkazilib kolonna K-2 ga beriladi. Kolonna K-4 va K-3 larni yuqori qismidan fenol va suv parlari chiqariladi. Ular sovutgich X-6 da kondensirlanib, E-2 da yig’iladi. U erdan nasos N-2 bilan K-5 kolonnasini o’rta qismiga beriladi. Kondensirlanmay qolgan parlar E-2 dan va azeotrop aralashma kolonna K-5 dan sovutgich X-5 ga tushadi, kondensirlanadi va fenolli suv bo’lib kolonna K-2 pastki qismiga beriladi. Oqimni boshqa qismi absorber K-1 ga tushadi. Bu kolonnada fenol ushlab qolinadi.
K-3, K-4, K-7 kolonnalar fenol bilan sug’oriladi, K-5 esa fenolli suv bilan.
Qurilmani yillik quvvati 210.000 T qoldiq xom-ashyoda va 240.000 t distillyat xom-ashyoda. Demak deparafinlash qurilmasining maxsuldorligi ko’p qoldiq xom- ashyoga qaraganda distillyat xom-ashyoda 25-30%. Filtirlash tezligi esa 25-40% ortiq.

  1. Download 0,71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish