3.1. Kontakt usulida tozalash
Kontakt tozalashda moylar maydalangan oqartiruvchi tuproq bilan aralashtiriladi. Adsorbentni aktivligi uni maydalanganligi darajasiga bogliq bo’lganligi uchun uni yaxshilab maydalanadi. Moyni yopishqoqligini kamaytirish uchun, uni adsorbentni govaklariga so’rilishini yaxshilash uchun moyni qizdiriladi. Jarayonni harorati xom ashyoni sifatiga, adsorbentni tabiatiga (xossasiga),
talab qilingan tozalash darajasiga bogliq. Yengil distillyat moylari 80-120oS da kontakt qilinadi, o’rta distillyat moylari 140-170oS da, ogir moylar 180-220oS. Jarayonni effektivligi moyni tuproq bilan kontakt vaqtining o’lchamiga bogliq. Kontakt vaqti 20-25 min. davom etadi.
Jarayonning afzalligi - tozalash darajasini boshqarish mumkinligi. Bu esa tayyorlanayotgan moyni rangini o’zgarishi bilan aniqlanadi va jarayonni haroratini va adsorbentni moyga nisbatan olingan nisbati bilan boshqariladi. Moy to’xtovsiz tozalanadi., zararli aralashmalar birdaniga ajratib olinadi. Jarayonni
kamchiliklariga: adsorbentni regenerastiya qilishni qiyinligi adsorbent bilan birgalikda 35-40% moyni yo’qotilishi, moyni yuqori haroratda sintetik alyumosilikatlar ta’sirida biroz krekingga uchrashi, adsorbentni qurilmada regenerirlanmasligi.
Moylarni kislota va ishqor bilan tozalash Moylarni sulfat kislotasi bilan tozalash
Moylarni sulfat kislota yordamida tozalanganda moy frakstiyasidan smolasimon asfalten moddalar, to’yinmagan uglevodorodlar, naften kislotalari qisman azotli va oltingugurtli birikmalar, polistiklik aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi.
Sulfat kislotasi bilan qayta ishlangan moy frakstiyasi ikki qavatga ajraladi. Pastki qavatda - nordon gudron - o’z tarkibida reakstiya mahsulotlari, kislotani ortiqchasini, birikmalarni (kislotada erigan) va mexanik ravishda pastki qavatga tushib qolgan moylarni ushlab turadi. Yuqori qavatda - nordon moy - uni tarkibida moy uglevodorodlarlari va juda oz miqdorda moyda erigan kislota qoldigi va reakstiya mahsulotlari bo’ladi.
Sulfat kislota bilan tozalash jarayonining parametrlari xom ashyoni kimyoviy tarkibiga,yopishqoqligiga, tozalangan mahsulotni talab darajasiga bogliq bo’lib xar bir vaziyatda tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Moyni tozalash natijalari jarayonni haroratiga, kontakt vaqtining
davomiyligiga, sulfat kislotani konstentrastiyasiga va miqdoriga, kislotani quyish tartibiga bogliqdir. Lekin, yopishqoq moylarni past haroratda tozalash qiyin, chunki moy kislota bilan yomon aralashadi va gudronni cho’kishi qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |