Kitob - kutubxona
xabar - axbor
fikr - afkor
ilm - ulum
taraf - atrof va boshqalar.
7. Urg`u. Dynyo tillarining barchasida grammatik ma’nolarning ifodalanishida urg`u ham ajratiladi. Tilshunosligimizda ham urg`uni shunday vosita sifatida ajratib kelganlar va
tugma (ot) -tugma (fe’l)
yozma (sifat)- yozma (fe’l)
studentsiz (sifat)- studentsiz (kesim)
ximik (sifat) - ximik (ot) kabi so`zlarning o`zaro farqlanishini urg`uning turli xil o`rni bilan bog`laganlar. Lekin urg`uning o`zbek tilida ma`no farqlash vazifasi munozaralidir. Urg`uning ma’no farqlash vazifasi tilimizda rus tilidan ko`chirilgan hodisadir. Chunki "Tugmang tushdi" va " Belbog`ni tugmang " gaplaridagi "tugma" so`zida urg`u har ikki holatda ham "a" tovushiga tushadi.
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma’noni alohida til hodisasi sifatida o`rganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma’no grammatik shaklning bir tomoni sifatida o`rganilib kelindi. Grammatik ma’noni ifodalashning rang - barang usullarini ko`rib o`tgach, biz ayta olamizki, ayni bir grammatik ma’no xilma-xil vositalar bilan ifodalanishi mumkin. Chunonchi, son ma’nosi o`zbek tilida affiksatsiya /-lar, ya’ni birlik/ko`plik son shakllari paradigmasi doirasida ko`rib chiqilgan. Son shakllarining ma’nosi deganda mana shu ikki morfema nazarda tutilgan. Tilimizda son ma’nosining ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali ro`yobga chiqadi. Chunonchi, ko`plik ma’nosi takror, juft so`zlar bilan ham, birlik ma’nosi juz’iy reduplikatsiya (takror) yoki so`z- so`zsimon (kitob - mitob, non - pon, meva - cheva) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Hozirgi fanimizda son ma’nolarining o`xshashlik va farqli tomonlari, shuningdek, "Kitobni akam uchun oldim" va "Kitobni akamga deb/ atab oldim" kabi hosilalar orasidagi ma’no farqlari deyarli o`rganilmagan. Ya’ni ayni bir ma’noni turli xil vositalar bilan ifodalash yo`llari fanimizning o`rganilmagan muammolari sirasiga kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir.Quyida shunday izlanishlardan namuna keltiramiz.
Aslida, gnosseologik (bilish) nuqtai nazardan materiyaning yashash shakli, hodisalarning izchil almashinish tarzi sifatida tadqiq qilinadigan zamon (payt) ma’nosining lisoniy tizimda voqelashish hodisasi tilning bu kategoriyani yuzaga chiqarish imkoniyatlari keng, rang-barang ekanligini dalillaydi. Bu tillararo xususiyatlarni, xususan, ingliz va o`zbek tillaridagi payt ma’nosini ifodalashning lisoniy vositalarini tekshirganda yanada yaqqol ko`rinadi. Zamon (vaqt, payt) tushunchasini payt grammatik ma’nosi, mazkur kategoriyani yuzaga chiqaruvchi usul va vositalarni esa payt ma’nosini ifodalovchi grammatik vositalar deb hisoblaymiz. Ingliz va o`zbek tillarida payt ma’nosini ifodalash lisoniy hodisasidagi tillararo uyg`un, o`xshash xususiyatlarni- umumiy (integral) belgilar, o`ziga xos xususiyatlarini esa farqlovchi (differensial, oppozitsion, zid ) belgilar sifatida tekshiramiz. Payt ma’nosining qiyoslanayotgan tillarda yuzaga chiqish imkoniyatlarini quyidagi jadvalda umumlashtirishga harakat qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |