Payt ma’nosining ingliz va o`zbek tillari tizimida voqelanishi
So`z turkumlari
|
o`zbek tilida
|
ingliz tilida
|
t u r k u m l a r i
|
fe’llar
|
Hoz.zamon: yozaman, yozmoqdaman.
O`tgan zamon: yozdim, yozgan edim.
Kelasi zamon: yozaman, yozmoqchiman.
|
Pres.: I write. I am writing.
Past: I wrote. I had written.
Future: I’ll write.
|
Otlar
|
Kun, kecha, kunduz, yil, sutka, fasl, sahar, asr, namozshom, oqshom, erta, peshin, tong, nahor , indin, bugun .
|
Evening, day, night,centure, afternoon, morning, year, season, era, future,dawn,
old (yosh);
|
M u s t a q i l s o` z
|
Sifat
|
Tonggi, kuzgi, qishki, bahorgi, tunggi, sirtqi, kunduzgi, kechki;
|
Fast, early,late,slow,short (day), long
(night);
|
|
Son
|
Soat 7da uyg`ondi.Mustaqilligimizga 13yil to`ldi.
|
He came at 6 o`clock. Our republik was independent in 1991.
|
|
Ravish
|
Endi, hali, boya, doim,
saharlab, ertalab, mudom, faqat;
|
Never, ever, usually, often, ago, yet, now, then, nowadays, lately, after, before, untill, forever, always, meanwile, recently;
|
|
Olmosh
|
Shu-shu (Shu-shu Fotima kelmay qo`ydi); so`roq olmoshlari: qachon? qachondan buyon? qachongacha?
|
When? |
|
Yordamchi so`z turkumlari
|
ko`makchi
|
Sayin, sari (Ko`rgan sari ko`rging kelaveradi); Yarim ko`makchi so`z: avval, keyin, so`ng;-gacha (qo`shimchasimon ko`makchi); qadar (sof ko`makchi); bilan (Qo`ng`iroq chalinishi bilan darsga kirdim);
|
C o n j u n c t i o n s
|
…as soon as...,...as long
as …, since, before, after, until, while;
|
|
bog`lovchi
|
Dam…dam,…ba’zan…ba’zan,
goh…goh;
|
|
yuklama
|
Toki, -u, -yu (Qo`ng`iroq chalindi-yu, dars boshlandi).
|
P r e d l o g s
|
At night, on November, in 1991, in the morning, during the lesson;
By four o`clock, from 5 till 6;
|
|
Affiksatsiya
|
-da (o`rin payt): peshinda,-dan
(chiqish): peshindan,-ga (jo`nalish): peshinga qarab;
|
|
Ko`rinadiki, har bir tilning grammatik ma’no ifodalash usul va vositalari farq qilgani hamda har bir til o`ziga xos ichki grammatik qurilishga ega bo`lganidek, o`zbek va ingliz tillarida payt grammatik ma’nosini yuzaga chiqarish imkoniyatlari benihoya keng va o`ziga xos, farqlidir.
Qiyoslanayotgan tillar tizimida (morfologik sathda) zamon tushunchasini ifodalovchi umumiy imkoniyatlarni – ot, sifat, son, ravish va fe’l turkumlari misolida kuzatish mumkin. Demak, o`zbek tilidagi zamon otlari ingliz tilida vaqt munosabatini anglatuvchi otlarga, payt mazmunini bildiruvchi sifat va ravishlar ma’lum jihatdan qiyoslangan til turkumlari xususiyatlariga o`xshab ketadi. Biroq o`zbek morfologiyasida ravishlar mustaqil ma’noli o`zgarmas so`zlar bo`lsa, ingliz tilida sof ravishlardan tashqari yasama ravishlar hosil qilinishi mumkin (late- sifat, lately-ravish). Shuningdek, differensial belgilarni yana zamon kategoriyasini ifodalaydigan fe’llar orqali aniqlash muhimdir: payt ma’nosini o`zbek tilidagi fe’llar zamon qo`shimchalari orqali (sintetik usulda) ifodalasa, ingliz tili fe’llari analitik tillarga xos bo`lgan ichki fleksiya, suppletivizm orqali yuzaga chiqaradi.
O`zbek tili yordamchi so`zlar va kelishiklar vositasida ham payt ma’nosini lisoniy ifodalashda keng imkoniyatlarga ega. Ingliz tilida esa bu vazifani predloglar o`z zimmasiga olgan (ingliz tilida predloglar kelishiklar vazifasini bajarishini esga oling). Mazkur jihatlar ham tillararo farqli tomonlarni ko`rsatib turibdi.
Shunday qilib, zamon tushunchasini ifodalash imkoniyatlari tipologiyasi har bir tilning o`ziga xos sifatlarini namoyon etadi. Haqiqatan ham, til murakkab tizim bo`lib, inson tafakkuri shakllari, tushunchaini izchil jilolantirishga qodir serqirra hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |