Mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi I. Bob. Gimnastikaning tarixiy taraqqiyoti



Download 58,08 Kb.
bet6/16
Sana14.12.2022
Hajmi58,08 Kb.
#885728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI

1 Empirizm — yunonchadan tarjima qilinganda, falsafiy ta'lim ma'nosini bildiradi (mashqlarning nafaqat kuchni rivojlantirish, balki tarbiyalash xususiyatlarini inkor etish yoki tan olish).

Yuqorida zikr etilgan tizimlarda sinfiy xislat va milliy an'analar aks etgan. Bu tizimlarning bir yoqlama bo'lganligi, ularning mualliflari gimnastikaning tarbiyalovchi ahamiyatini yetarlicha tushunib yetmaganligi va ularning empirizm1ga berilib ketganligi, mazkur tizimlarning salbiy tomoni edi.
XIX asr oxirlarida ilmiy asoslangan quyidagi dastlabki tizimlar: Rossiyada P. F. Lesgaft (1837—1909) tizimi, Fransiyada fiziolog va pedagog J. Demeni (1850—1917) tizimi paydo bo'la boshlaydi. Birinchi Jahon urushi yillarida J. Demeni jismoniy tarbiyaga oid asar e'lon qiladi. O'z asarida mashqlarning statik emas, balki dinamik bo'lishi, to'la amplitudada bajarilishi, shaklan nafis bo'lishi kerak, deb hisoblagan. Mashq bajarish jarayonida ishtirok qilmagan mushaklar bo'shashib turishi kerak, deb qayd qilgan. Bu gimnastika taraqqiyotida yangi qadam bo'ldi.
Demeni taklif qilgan mashqlar gimnastikani ancha boyitdi. Demeni salomatlikni mustahkamlashni, gavda tuzilishi va harakat-larning nafisligiga erishishni, kishining chaqqonligi va irodaviy tuyg'ularini rivojlantirish — jismoniy tarbiyaning vazifalaridir, deb hisoblagan. Uning shogirdlaridan biri J. Eber jismoniy tarbiyaning «tabiiy uslubi»ni taklif qildi. Bu taklif aslida harbiy-amaliy gimnastikaning yanada rivojlantirilishi bo'lgan edi.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida gimnastikaning yangi turlari paydo bo'ladi. Jumladan, badiiy va ritmik gimnastikaning yangi turlari tashkil topadi, tibbiyotning sohalaridan biri bo'lgan davolash gimnastikasi, ko'proq gigiyenik yo'nalishda bo'lgan shaxsiy gimnastika tizimi (Myullerning «Mening tizimim», Sandovning gantellar gimnastikasi, Porshek, Anoxinning shaxsiy gimnastika tizimi va h.k.) keng qo'llaniladi.
Gimnastika shakllari Rossiya xalqlari turmushida, shu jum-ladan, Turkiston xalqlari hayotida ham uzoq vaqtlardan beri mavjud bo'lgan. Bayram shodiyonalariga, qiziqchilarga akrobatlarning chiqishlari ham qo'shilib ketgan. Markaziy Osiyoda dorbozlar o'z chiqishlarida gimnastik mashqlardan foydalanib kelishgan. Ko'pgina polvonlar kurashga tushish oldidan mushaklarning chigilini yechish vositasi sifatida yengilroq toshlar bilan bajariladigan mashqlardan foydalangan. Deyarli barcha millat vakillari ot minish va chavan-dozlikni yaxshi ko'rgan.
Mashhur harbiy sarkardalar (Temur Malik, Amir Temur, Bobur) tayyorgarlik darajasini oshirishga intilishgan. Bu gimnastika-ning taraqqiy etishiga turtki bo'ldi. Ulug' jahongir Amir Temur o'z qo'shinlarini harbiy yurishlarga tayyorlashda to'siqlarni zabt etish, qilichbozlik, nayzabozlik, narvonlar bilan qal'alarni zabt etish, chopib ketayotgan ot ustida turli gimnastik mashqlarni bajarish majburiy bo'lgan, shuningdek, suzish va boshqa gimnastik mashqlarni qo'llagan. Bu mashqlar navkarlarning jismonan barka-mol bo'lishida katta samara bergan.
Rossiya tarixida ham qo'shinlarning jismoniy tayyorgarlik ko'rishiga Pyotr I davridayoq asos solingan edi. Pyotr I tashkil etgan va keyinchalik gvardiyachi polklarga (Semyonovskiy va Preobra-jenskiy polklari) aylangan «Yermak» polklarida askarlar to'siq-lardan o'tishga hamda boshqa harbiy ko'nikma va malakalarni egal-lab olishga o'rgatish maqsadida turli jismoniy mashqlar qo'llanilgan. Pyotr I ning farmoyishiga ko'ra, gimnastika harbiy-dengiz o'quv maskanlarida joriy qilingan. Atoqli rus sarkardalari A. Rumyansev, A. Suvorov, admiral F. Ushakov va boshqalar rus qo'shinlarining jismoniy tayyorgarlik tizimini takomillashtirishga ko'p e'tibor berishgan.
A. V. Suvorov (1730—1800) o'z harbiy-jismoniy tayyorgarlik tizimini yaratib, unga harbiy-dala gimnastikasi, ertalabki gimnas-tika, chiniqish mashqlarini asos qilib olgan edi. Shu maqsadda yugurish, suzish, to'siqlardan o'tish, har xil buyumlarni joydan joyga tashish, nayzabozlik janglari qo'llanilar edi. A. V. Suvorov an'analarini M. I. Kutuzov davom ettirdi.
Chor Rossiyasi armiyasida jismoniy tayyorgarlik asoslarini ishlab chiqishda M. I. Dragomirovning (1830—1915) xizmatlari katta. U qo'shinlarga ta'lim berishning suvorovcha tizimini to'ldirib, har xil qo'shin turlari uchun jismoniy tayyorgarlik vazifalarini belgilab berdi, qo'shinda o'tkaziladigan gimnastika mashg'ulotlari uslubiyatini ishlab chiqdi. Quruqlikdagi va dengiz qo'shinlari uchun maxsus jismoniy tayyorgarlik qo'llanmasini yaratishda P. F. Lesgaft ham ishtirok etdi. Bu hol qo'llanmaning ilmiy asoslanishiga va uning uzoq vaqt o'zgarmay qolishida ijobiy rol o'ynadi. Keyinchalik rus qo'shinida gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarga ko'proq ahamiyat berila boshladi. 1910-yildan boshlab esa gimnastikaning «lochinlar tizimi» jismoniy tarbiyaga asos qilib olindi.
Davlat to'ntarilishiga qadar, o'quv maskanlarida turli tizim-lardan olingan gimnastika mashg'ulotlari o'qitilar edi.
Rossiyada gimnastika taraqqiyotida mashhur anatom va pedagog olim P. F. Lesgaft muhim o'rin egalladi. U 1875-yilda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida bo'lib, shu mamlakatlarda jismoniy tarbiya qanday yo'lga qo'yilganligi bilan tanishdi. 1880-yilda P.F. Les-gaftning «G'arbiy Yevropa mamlakatlarida gimnastika o'qituvchi­larini tayyorlash» kitobi chop etildi. Unda gimnastika tizimlariga ta'rif berilgan va bu tizimlarning ilmiy jihatdan asossiz ekanligi ta'kidlangan edi.
P.F. Lesgaft maktab yoshidagi bolalarga gimnastika negizida jismoniy ta'lim berish tizimini ishlab chiqdi, bunda u gigiyenik vazifalarni emas, balki pedagogik vazifalarni nazarda tutdi. P.F. Lesgaft eng kam kuch sarflab, bolalar va o'smirlarni mumkin qadar tez gavdasini boshqarishga o'rgatish muhim, deb hisoblagan. Buning uchun ular murabbiyga oddiygina taqlid qilmay, o'z harakatlarini anglay bilishlari kerak edi.
P.F. Lesgaft «xususiy usullar»ni, ya'ni harakat san'atini ixtisos ravishida o'rgatishga qarshi bo'lgan. Shunga asosan, u gimnastika jihozlaridagi mashqlarni, akrobatik mashqlarni shug'ullanuvchilarga «jismoniy tarbiyada ma'lumot bera olmaydi», deb rad etgan edi. P.F. Lesgaftning bunday keskin fikr bildirishi ko'p jihatdan o'sha davrdagi sport gimnastikasining mazmuni va takomillashmagan uslublari bilan bog'liq bo'lgan.
P. F. Lesgaftning jismoniy tarbiya fani oldidagi xizmati shundaki, u birinchi bo'lib bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqdi, bu esa sobiq Ittifoqda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining taraqqiy etishiga ancha ta'sir ko'rsatdi.
XIX asr oxirida sport gimnastikasining rivoj topishi xalqaro sport aloqalarining rivojlanishi bilan uzviy bog'liq bo'ldi.



Download 58,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish