Mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi I. Bob. Gimnastikaning tarixiy taraqqiyoti


Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti



Download 58,08 Kb.
bet7/16
Sana14.12.2022
Hajmi58,08 Kb.
#885728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI

1.4. Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti

1917-yilgi Oktabr to'ntarishidan keyin mamlakatda gimnas-tikaning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar paydo bo'ldi. Bunda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va sotsial hayoti bilan uzviy bog'liq bo'lgan bir qancha bosqichlari ko'zga tashlanadi. Shu davrda o'rtaga qo'yilgan yangi vazifalar gimnastika mazmunini ham belgilab berdi.


Inqilobdan keyingi dastlabki davrda (o'tgan asrning 30-yil-larigacha ham) gimnastikadan ommani jismonan tayyorlash va jismoniy rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida foydalanildi. Butun kuchni, interventlar va oq gvardiyachilar bilan kurashga sarflana-yotgan yillarda, jismoniy tarbiya, gimnastika sho'rolar hokimiyatini o'rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan edi. Aholini jismonan tarbiyalashni uyushtirishda 1918-yilda Qizil Armiya uchun zaxiralar tayyorlash maqsadida tuzilgan «Всеобуч» yetakchi rol o'ynaydi.
Unga o'sha davrning taniqli davlat va jamoat arbobi N.I. Podvoyskiy boshchilik qilgan. Qo'shinga zaxira tayyorlash dasturlarida gimnastika mashg'ulotlariga katta ahamiyat berilgan bo'lib, amaliy gimnastika ham, jihozlarda bajariladigan mashqlar va ularning to'plami qo'llanilgan edi. Mamlakatning hamma joyida yoshlarning barcha tabaqalarini birlashtirgan harbiy-sport markazlari barpo etiladi.
1925-yilda sobiq RKP(b) Markaziy Qo'mitasi «Partiyaning fizkultura sohasidagi vazifalari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda sho'rolar jismoniy tarbiyasining g'oyaviy-uslubiy mohiyati va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati ochib berilib, uning taraqqiyot yo'llari ko'rsatib berilgan edi. Qaror gimnastikaning mamlakatda taraqqiy etishiga yordam berdi. Gimnastikaning mavjud tizimlari, bu boradagi ishlarning uslublari va mazmuniga tanqidiy yondashilib, qayta ko'rib chiqila boshlandi.
Jismoniy tarbiya 1926—1927-yillardan boshlang'ich maktab-larda, 1929-yildan esa oliy o'quv maskanlarida o'quv fani sifatida kiritildi. Jismoniy tarbiya fanidan yangi dasturlar vujudga keldi, ularda gimnastika muhim o'rin egallagan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari ko'plab yangi vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan malakali o'qituvchi-murabbiylarni tayyorlay boshladi. Bu mutaxassislar gimnastika nazariyasi va uslubiyatini ishlab chiqishda yetakchi rol o'ynay boshladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yish, gimnastikaning ilmiy bazasini yaratish, uning tar-biyaviy ahamiyatini tushunib yetish, darsning namunaviy dasturini ishlab chiqish va shu kabi vazifalarni bajarishga urinib ko'rildi. Biroq mashg'ulotlar mazmuni birdan o'zgarmadi. Uzoq vaqt davomida gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik xususiyatlarini o'ziga saqlab qolgan edi, xolos.
1929-yilda gimnastika bo'yicha Butunittifoq ilmiy-uslubiy konferensiyasi bo'lib o'tdi, u vaziyatdan kelib chiqqan tashkiliy-uslubiy masalalarni hal qildi. Bu konferensiyada gimnastika birinchi bor alohida turlarga bo'lindi. Shu vaqtdan boshlab, ertalabki gimnastika mashg'ulotlari radio orqali eshittiriladigan bo'ldi. O'sha yillarda gimnastika sho'ro xalqini jismonan tarbiyalashning asosiy mazmunini tashkil etgan edi.
1931-yilda mamlakat yoshlar tashkiloti tashabbusi bilan «Meh-nat va SSSR mudofaasiga bo'l tayyor!» jismoniy mashqlar to'plamining joriy etilishi mamlakat harakatida muhim voqea bo'ldi. Bu gimnastika taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.
ГТО («Mehnatga va vatan mudofaasiga bo'l tayyor!») kompleksi bo'yicha ishlar yo'lga qo'yila borgan sari, umumiy jismoniy tay-yorgarlik vazifalari umumiy jismoniy tayyorgarlik sho'balarida va rTO mezonlarini topshirishga tayyorlov guruhlarida hal qilina boshlandi, lekin gimnastika (sog'lomlashtirish gimnastikasi) jismoniy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri bo'lib qoldi va takomillashdi. U odamlarga salomatlikni mustahkamlashda, hayotiy zarur harakat ko'nikmalarini shakllantirishda yordam berib, mehnat faoliyati tartibiga yanada kengroq kirib bordi. Ana shunda gimnastika sport turlarining rivojlanishi uchun imkoniyat paydo bo'ldi.
1933-yilda Moskvada gimnastika bo'yicha xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Bu konferensiya ayni vaqtda birinchi Butunittifoq kon-ferensiyasi edi. Unda gimnastika taraqqiyotining eng muhim masalalari ko'rib chiqilib, ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Konferensiya sho'rolar jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning o'rni va ahamiyatini belgilab berdi.
Gimnastika tasnifi (nisbatan mustaqil turlarga bo'linishi), mazmuni, mashg'ulotlar uslubiyati va uning tashkiliy shakllarini tasdiqladi, atamalar masalasi va boshqa masalalarni muhokama qildi. Konferensiya gimnastikaning sport turi sifatida taraqqiy etishiga yordam bergan muhim voqea bo'ldi.
1930-yildan boshlab, har yili Moskva, Leningradda, sobiq ittifoqdosh respublikalarning poytaxtlarida va boshqa ko'pgina shaharlarda o'tkazib turilgan ommaviy gimnastika chiqishlarini mamlakat aholisi juda katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Moskvadagi Qizil Maydonda Butunittifoq jismoniy tarbiya va sportchilari kuni o'tkazilganidan buyon, chiqishlar rang-barang tus oldi va texnik jihatdan ancha takomillashdi. Unutilmas tomosha bo'lgan xilma-xil gimnastika mashqlari bu chiqishlarning asosiy mazmunini tashkil etardi. Ular sho'rolar gimnastikasini targ'ibot va tashviqot qilishning muhim vositasi bo'ldi hamda ko'plab yosh-larni gimnastika bilan muntazam shug'ullanishga jalb qildi.
Gimnastika turi yagona dasturining joriy etilishi, kasaba uyushmalari KSJ (ko'ngilli sport jamiyatlari)ning tashkil etilishi va turli ko'lamdagi ommaviy musobaqalar, shu jumladan, o'quvchilar o'rtasidagi bellashuvlarning muntazam o'tkazilib turilishi, yangi gimnastika atamasining qabul qilinishi va boshqa ko'pgina tadbirlar sport gimnastikasining rivojlanishini beqiyos rag'batlantirdi. Sport gimnastikasi ommaviy sport turi bo'lib qoldi.
Jismoniy madaniyat harakati oldida turgan yangi vazifalarni hal qilishda ГТО to'plamasi mezonlarini topshirish uchun amalga oshiriladigan tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish zarur edi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda, hatto sport gimnastika muso-baqalariga ham rTOning turli amaliy mashqlari qo'shilar, bu sportchilarni jangovar harakatlarga tayyorlashga yordam bergan.
Gimnastikaning taraqqiy topishida jismoniy tarbiya institut-larining gimnastika kafedralari muhim o'rin egallagan. Kafedralarda malakali mutaxassislar tayyorlash bilan birga, katta ilmiy va uslubiy ishlar olib borildi. Jismoniy tarbiya institutlaridagi aspiranturalarda gimnastika bo'yicha ilmiy-pedagog mutaxassislar tayyorlana bosh-landi. Dastlabki nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, ilmiy asarlar kengroq e'lon qilinadigan bo'ldi. Darslik va uslubiy qo'llanmalar, ayrim masalalarga doir qo'llanmalar, yagona tasnifiy dasturlar, musobaqa qoidalari nashr etildi. 1937-yildan «Gimnastika» jurnali nashr etila boshlandi (1940-yilgacha chiqqan).
Sho'rolar gimnastikasi o'tgan yillar ish tajribasidan foydalanib shakllandi. Mamlakatda turli tizimlarning eng maqsadga muvofiq mashqlari qo'llanildi. Mashg'ulotlardan ko'zda tutilgan maqsad qanday vositalardan foydalanilmasin, bu vositalar yordamida umumjismoniy (gimnastikaning sog'lomlashtiruvchi turlari), jangovar (amaliy turlar) va sport (sport turlari) tayyorgarligi masa-lalari yaxshi hal qilinardi. Ishga ijodiy yondashish gimnastikada mavjud bo'lgan hamma qimmatli tajribalardan foydalanib, mamlakat jismoniy madaniyat va sport harakati talablariga mos bo'lgan o'z gimnastika tizimini yaratish imkonini berdi.
1941-yilda o'tkazilgan yoshlarning ommaviy Butunittifoq musobaqalari urushdan oldingi davrdagi muhim tadbirlardan bo'ldi. Musobaqalarda 7496000 yigit-qiz ishtirok etdi.
Urush yillari mamlakat aholisi uchun og'ir davr bo'ldi. Fashist-lar Germaniyasining mamlakatga xiyonatkorona bostirib kirishi sobiq Ittifoq xalqlari turmushini o'zgartirishga, uni Vatan himoyasi va dushmanni tor-mor qilishiga qaratishga majbur qildi. Jismoniy tarbiya va sport vositalaridan qurolli kuch, uning zaxiralarini tayyorlash hamda yarador jangchilarni davolab, safga qaytarish uchun foydalanildi. Minglab gimnastika o'qituvchilari va murab-biylari urushning birinchi kunlaridayoq Qizil Armiya safiga, qiruv-chi batalyonlarga, partizan otryadlariga qo'shildilar, xotin-qizlar gospitallarda sog'lomlashtiruvchilar batalyonlarida davolash jismoniy tarbiya uslubchilari sifatida fidokorona mehnat qilishdi. Urush tajribasi davolash gimnastikasining yarador jangchilar jangovar-ligini tiklovchi juda katta samarali vosita ekanligini shubhasiz isbotlab berdi.
Bu davrda gimnastika mazmunan o'zgardi, harbiy qo'shinga zaxira tayyorlashga yordam beradigan amaliy mashqlar mashg'ulot-larning asosi bo'lib qoldi, sanoqli gimnastlargina mashg'ulotlarni davom ettira olishdi.
1945-yil avgustda Moskvadagi Qizil Maydonda sho'ro xalq-larining Ikkinchi Jahon urushida erishgan g'alabasiga bag'ishlangan Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport xodimlarining namoyishi bo'ldi. Bu namoyishga tayyorgarlik ko'rish jarayoni barcha sobiq Ittifoq respublikalarida gimnastika mashg'ulotlarini jonlantirib yubordi.
Urushdan keyingi davrda tinch bunyodkorlik, mehnat bilan shug'ullanishga o'tish sho'ro xalqi faoliyatining barcha sohalarini, shu jumladan, jismoniy tarbiyadagi faoliyatini faollashtirib yubordi. Sport inshootlari tiklandi, ommaviy sport ishlari qayta yo'lga qo'-yildi, turli musobaqalar o'tkazildi.
Markazqo'mning 1948-yil 27-dekabrdagi «Mamlakatda ommaviy jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish va sho'ro sportchilari mahoratini oshirish to'g'risida»gi qarori mamlakatda gimnastika taraqqiyotida katta o'rin tutdi. Bu qaror chiqqandan so'ng sport inshootlari qurila boshlandi, sport jihozlari ko'paydi, barcha sport turlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratildi. Gimnas-tika birinchi galda rivojlanishi kerak bo'lgan sport turlari qatorida tilga olindi. Maktablar va boshqa o'quv maskanlarining dasturlari takomillashtirila boshlandi, o'rta va katta yoshdagilar uchun ko'plab salomatlik guruhlari tashkil etildi, ishlab chiqarish gimnastikasining ko'lami kengaydi, radio-televideniya yordamida ertalabki gigiyenik gimnastika bilan mustaqil va uyushgan holda shug'ullanish yanada jonlandi. Jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash va ularning mala-kasini oshirishga jiddiy e'tibor berildi. 1948-yil dekabrda Leningradda bo'lib o'tgan II Butunittifoq konferensiyasi gimnastika taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etdi. Konferensiyada gimnastika sohasidagi ishlar tajribasi umumlashtirildi, uning vazifalari ta'riflanib, gimnastika-ning vositalari, turlari va xillari aniqlandi, ularni yanada rivojlan-tirish yo'llari belgilab berildi. Konferensiya badiiy gimnastikani mustaqil sport turi sifatida ajratish to'g'risida qaror qabul qildi.
1966-yilda sobiq Markaziy Qo'mita va SSSR Vazirlar Kengashi «Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» qaror qabul qildi. Bu qaror gimnastikaning yanada rivoj topishiga yordam berdi.
1968-yil aprelida Moskvada gimnastika bo'yicha III Butunittifoq konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda 20 yil mobaynida bajarilgan ishlar tahlil qilib chiqilib, gimnastikaning barcha turlarini yanada rivoj-lantirish istiqbollari belgilandi, gimnastikani sho'ro xalqlarining mehnat faoliyati tartibiga va turmushiga tatbiq etish rejasi belgilandi. Aholining barcha tabaqalari bilan mashg'ulotlar o'tkazish uchun yangi dasturlar ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qilindi, sport gimnastikasi bo'yicha terma jamoalar uchun zaxira tayyorlash tartibi ishlab chiqildi. Gimnastika sohasidagi jami mutaxassislarning bundan keyingi ishlari ana shu vazifalarni yechishga qaratildi.
Mamlakatda gimnastikaning insonni jismoniy kamol toptirish borasidagi yangi vazifalarni yanada aniq hal qilishga yordam beradigan hamma turlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratildi. Nazariy va uslubiy masalalarini ishlab chiqish jismoniy tarbiya institutlarining gimnastika kafedralarida va yangi tashkil etilgan ilmiy tekshirish institutlarida amalga oshirildi. Darsliklar va saralash dasturlari, uslubiy qo'llanmalar takomillashtirildi, maxsus tadqi-qotlar olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi.
Gimnastika taraqqiyotidagi bundan keyingi vazifa jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning rolini oshirish, mamlakat aholisini keng qatlamlari gimnastikaning biron-bir turi bilan muntazam shug'ullanishiga erishish va xalqaro maydonda mamlakatning sport sharafini himoya qilishga qodir yuksak malakali gimnastikachilar tayyorlab yetishtirishdan iborat edi.



Download 58,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish