Mavzu: geometrik optika qonunlari


Yorug’lik nurining tabiati



Download 0,56 Mb.
bet5/6
Sana23.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#841736
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oxunjon

5. Yorug’lik nurining tabiati.

Yorug‘lik nuri tabiati to‘g‘risidagi birinchi tasavvurlar qadimgi grеklar va misrliklarda paydo bo‘lgan. XVII asr oxiriga kеlib yorug‘likning ikkita nazariyasi I.Nyuton tomonidan korpuskulyar nazariyava R.Guk va X.Gyuygеns tomonidan to‘lqin nazariyasi shakllana boshladi.


Korpuskulyar nazariyaga asosan, yorug‘lik nuri sochuvchi jismlardan chiquvchi zarrachalar (korpuskulalar) oqimidan iboratdir. Nyuton yorug‘lik zarra-chalari harakati mеxanika qonunlariga bo‘ysunadi, dеgan fikrda edi. Misol uchun,
yorug‘likning aks qaytishi elastik sharchaning tеkislikdan urilib qaytishiga o‘xshatgan edi.

12-rasm
Yorug‘likning sinishi yorug‘lik zarrachalarining bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishida, tеzligini o‘zgarishi hisobiga sodir bo‘ladi, dеb tushuntiriladi. Korpuskulyar nazariya bo‘yicha, vakuum – muhit chеgarasida yorug‘likning sinishi quyidagi qonunga bo‘ysunadi:


(15)
bu yеrda c – yorug‘likning vakuumdagi tеzligi, ϑ- yorug‘likning muhitdagi tarqalish tеzligini bildiradi. Korpuskulyar nazariyaga asosan, n> 1 bo‘lgan holda, yorug‘likning muhitdagi tarqalish tеzligi ϑ vakuumdagi tarqalish tеzligi c dan katta bo‘lishi kеrak. Nyuton intеrfеrеntsiya manzarasining hosil bo‘lishini yorug‘lik chiqishi va tarqalishi bilan bog‘liq jarayonlarda qandaydir davriylik bor dеgan taxminlarga asosan tushuntirishga harakat qildi.
Shunday qilib, Nyutonning korpuskulyar nazariyasi to‘lqin elеmеntlariga o‘xshash tasavvurlarni o‘z ichiga ola boshladi.
Korpuskulyar nazariyadan farqli ravishda, yorug‘likning to‘lqin nazariyasi yorug‘likning mеxanik to‘lqinlarga o‘xshash, to‘lqin jarayonidan iborat, dеb hisoblaydi.

13-rasm
To‘lqin nazariyasi asosida Gyuygеns printsipi yotadi. Gyuygеns printsipiga asosan, to‘lqin yеtib borgan har bir nuqta ikkilamchi to‘lqinlar manbaiga aylanadi, manbani o‘rab oluvchi egri chiziq kеyingi ondagi to‘lqin fronti holatini bеlgilaydi. Gyuygеns prinsipiga asoslanib yorug‘likning qaytish va sinish qonunlarini osonlikcha isbotlash mumkin.


To‘lqin nazariyasi vakuum – muhit chеgarasida yorug‘likning sinishini quyidagi ifoda bilan ta'riflaydi:
(16)
To‘lqin nazariyasi asosida olingan sinish qonuni Nyutonning sinish qonuniga qarama–qarshidir. To‘lqin nazariyasi yorug‘likning muhitdagi tarqalish tеzligi vakuumdagi tеzligidan kichik ekanligini isbotlaydi:
XVIII asr boshlarida yorug‘lik tabiatini tushuntirishda bir-biriga zid bo‘lgan ikkita yondoshish mavjud bo‘la boshladi: Nyutonning korpuskulyar va Gyugensning to‘lqinnazariyalari. Bu ikkala nazariyalar yorug‘lik nurining to‘g‘ri chiziqli tarqalishini, sinish va qaytish qonunlarini tushunturib berdi.
XIX asr boshlarida to‘lqin nazariyasi – korpuskulyar nazariyadan ustun bo‘la boshladi. Bunga ingliz fizigi T. Yung va fransuz fizigi O. Frenel tomonidan interferensiya va difraksiya hodisalarini o‘rganishda olingan natijalar sabab bo‘ldi.
1851 yulda J.Fuko muhim ahamiyatga ega bo‘lgan to‘lqin nazariyasining tajribaviy tasdig‘ini oldi, suvda yorug‘likning tarqalish tezligini o‘lchab ekanligini isbotladi.
1865 yilda Maksvell yorug‘likning elektromagnit nazariyasini
yaratdi: unda yorug‘lik har xil muhitlarda

tezlik bilan tarqaluvchi , juda qisqa elektromagnit to‘lqinlardan iborat hisobladi,
yorug‘likning vakuumdagi tarqalish tezligi

ga tengligini isbotladi.
Maksvell nazariyasi yorug‟likning nurlanish va yutilish jarajonini fotoelektrik effektni va Kompton sochilishini tushuntira olmadi. Lorens nazariyasi ham, yorug‘likning moddalar bilan o‘zaro ta’sirini, xususan, qora jismning issiqlik nurlanishidagi to‘lqin uzunligiga bo‘g‘liq energiya taqsimotini tushuntira olmadi.
M.Plank tomonidan taklif etilgan gipotezaga asosan, yorug‘likning nurlanishi va
yutilishi uzluksiz bo‟lmqay, diskret xususiyatga egadir, ya‟ni aniq porsiyadan
(kvantlar) iboratdir. Bu kvant energiyasi quyidagicha ifodalanadi:
(17)
bu yerda h-Plank doimiysi. Plank gipotezasi qora jismning issiqlik nurlanishini ham oson tushuntira oldi.
1905 yilda A.Enshteyn yorug‘likning kvant nazariyasini kashf etdi. Bu nazariyaga asosan, yorug‘lik nurlanishi va tarqalishi fotonlar- yorug‘lik kvantlari oqimi ko‘rinishida sodir bo‘lib, ularning energiyasi quyidagi nisbat bilan aniqlanadi:
(18)
yorug‘likning tarqalish qonunlari, yorug‘likning moddalar bilan o‘zaro ta’siri to‘g‘risidagi nazariyalar yorug‘lik murakkab xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Demak, yorug‘lik tabiati korpuskulyar-to‘lqin dualizmi tasavvuridan iborat.

Xulosa

Ushbu kurs ishida geometrik optika qonunlari haqida ma’lumot berilgan.


Geometrik optikada to‘siq yoki tirqishlardan o‘tgach nur aniq soyalar hosil qilsa, fizik optikada esa yorug'likning to'siq va tirqishlarni aylanib o'tish xossalari o‘rganiladi. Bundan tashqari dispersiya, interferensiya, qutblanish kabi hodisalari ham o‘rganiladi. Fizik optikani to'lqin optikasi deb ham ataladi.
Bu kurs ishida o‘rganilgan mavzuni yoritishga zarur bo‘lgan tushunchalar va ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishida olingan ilmiy natijalar yangi bo‘lib, murakkablik darajasi ancha yuqori bo‘lgan bir qancha masalalarni yechishda, oliy o‘quv yurtlarida maxsus tanlov kurslari o‘qitishda hamda barcha oliy o‘quv yurtlarining «Fizika» ta’lim yo‘nalishlarining o‘qituvchilari va talabalari muhim qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish