Urbanizatsiya. XIX asr boshlarida Yer sharida 750 ta shahar bo‘lgan.
1950-yil esa ulaming soni 276000 dan oshib ketdi. Agar 1800-yil dunyo
aholisining 3% i shaharda yashagan bo‘lsa, 1950- yili 30%, 2000-yili esa 50-
70% i shaharda yashaydi. Hozirgi vaqtda shahar aholisi sonining tez o‘sishi
deyarli barcha mamlakatlar uchun xos. Biroq sanoati rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi, ayniqsa, tez o'smoqda.’ Masalan, Germaniyada - 85%, Angliyada - 82%, Fransiyada - 75%, AQShda - 70%, Avstraliyada - 70%, Rossiyada - 62% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi. Shahar aholisining salmog‘i Yaponiya, Shvetsiya va Niderlandiyada yana ham ko‘proq. 10- 24 mln. aholili shaharlarga Mexiko, Tokio, Kalkutta, Qohiralar kiradi. 0‘zbekiston aholisi 22-23 mln. bo‘lsa, Toshkentda 2,3 mln. aholi bor.
Tabiatdan rekreatsion foydalanish deb biror tabiiy sharoit va zaxiralar
yordamida dam olish, davolanish tushuniladi. Bunda dam olish, sanatoriya va
kurort hududlari katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, urbanizatsiya darajasi qancha
yuqori bo‘lsa, shahardan tashqarida dam olishga bo'lgan talab ham shuncha
kuchli bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda rekreatsiya maqsadlarida foydalanishga
moMjallangan yerlar maydoni (milliy bog‘lar, shaharlar atrofidagi o'rmonlar,
ya’ni «yashil» mintaqalar va boshqalar) kcngayib bormoqda. Lckin ko'pgina
rckrcatsiya uchun ajratilgan joylarda dam oluvchilarning ortiqcha to'planishi
natijasida rckrcaision tabiiy majmualarga zarar yctishi (daraxt, buta va
o'llaming qurib qolishi, havo, suv, tuproqning ifloslanishi va hokazolar)
kuzatilmoqda. Shuning uchun ham rekreatsion hududlardan foydalanishni
tartibga solish va ulami muhofaza qilish dolzarb masala bo`lib qolmoqda.
Geoekalogik zarar inson yashaydigan muhit sifatining yomonlashishidir. Inson
uzoq vaqtlargacha tabiatga bitmas- tuganmas manba sifatida qarab kclgan.
Lckin o‘zi tabiatga ta'sir etishmng salbiy natijalariga duch kclib. u asta-sckin
tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning zarurligi haqida ishonch hosil qila boshladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshida inson faoliyatida tabiatni muhofaza qilish haqidagi tasavvur faqat ayrim hayvon va o‘simlik turlarini, noyob obycktlarni muhofaza qilishnigina o‘z ichiga olar edi. Tabiatni muhofaza qilish faqat biologik muammo deb qaralar edi.
Tabiatni muhofaza qilishning aniq vazifaiaridan bin tabiatni o'zgartirish
oqibatlarini va salbiy natijalarning oldini olish yo'llarini aniqlashdan iboratdir.
Tabiiy majmualarni har taraflama va chuqur o‘rganmasdan, ularning
komponcntlari o'rtasidagi aloqalarni aniqlamasdan va hisobga olmasdan
tabiatni muhofaza qilishdek murakkab vazifani amalga oshirish mumkin emas.
Bu masalalarni majmua o'rganish bilan ekologiya fani shug'ullanadi. Uning
yo'nalishlari salbiy texnogen o‘zgarishlarni oldindan aniqlashga va ularni o'z
vaqtida bartaraf qiluvchi chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgandir. Demak.
tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari-tabiiy zaxiralami
muhofaza qilish, qayta ishlab chiqarishni tashkil ctish, tabiiy boyliklardan
oqilona foydalanish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlashdan iboratdir.
Tabiatni muhofaza qilishning ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy, sog'lomlashtirish
gigiycna, tarbiyaviy, cstetik va ilmiy yo’nalishlari bor.
Ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlar. Odamlar ishlab chiqarish jarayonida tabiat bilan
doim munosabatda bo'ladi. Ona zaminimiz boyliklarining talon-taroj qilinishi, tabiat va jamiyat 0‘rtasidagi inqirozning chuqurlashuvi yildan-yilga yaqqol namoyon bo‘ldi.
Tabiatni muhofaza qilish dunyoning ko‘p joylarida ijtimoiy
munosabatlarning 0‘zgarishiga olib keldi. Tabiatni muhofaza qilishning zaruriy chorasi sifatida texnika taraqqiyoti, sanoatning rivojlanishi, aholining o'sishini ekologik rcjalarda olib borish kcrak.
Xo'jalik-iqtisodiy yo`nalish. Ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining
rivojlanish bosqichlarida tabiat muhofaza- sining vazifa va maqsadlari o'ziga
xos xususiyatiga ega. Ko'pchilik geografik hududlar tabiati o‘zini-o‘zi tiklash
qobiliyatini yo'qotdi. Tabiatshunos olimlar, tabiat muhofaza- sining asosiy yo'li deb xo‘jalikdyishlatilishidan iloji boricha 0‘zgartirilmagan landshaftlar va boshqa tabiiy obyektlarni saqlash deb biladilar. Bu xatodir.
Tabiiy zaxiralarga talab keskin o‘sdi, intensiv xo'jalik oborotiga okcan, dengiz va quruqlikning katta-katta maydonlan kiritilmoqda. Tabiiy ckosistemalarga inson ta'sinning oqibatlari faqat ular atrofidagi geosistemalardagina emas. Balki butun geografik muhitlarda sezilmoqda. Shu sababli ishlab chiqarish doirasidan katta maydonlarni chiqarib olish va qo‘nqlanayotgan joy deb e’lon qilish foydali bo'lmoqda. Ayrim hududlar hamda geografik muhitning ifloslanishi ckologik sharoitning buzilishiga olib kcladi. Qo`riqlanayotgan hududlarda rcjim nisbiylashib boradi. ulardagi tabiiy jarayonlar buziladi.
Masalan. Amu va Sirdaryo suvlanning Orolga yetib bormasligidan suv
sathi 20 m ga pasaydi. Orol bo‘yi quridi. suvi sho'rlandi (50 g/1), o'simlik va hayvonlar yo’qoldi. Ekologik holat tobora yomonlashdi.
Atrof-muhitni toza saqlamasdan turib, inson sog‘lig‘i to'g'risida
g‘amxo‘rlik qilib bo`lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan
oziq-ovqat mahsulotlari (sabzavot, mcvalar va hokazolar) kishining hayoti
uchun zaruriy shartlardir. Inson hayoti uchun optimal ekologik sharoit yaratish
tabiat muhofazasining eng dolzarb vazifalandan biridir. Tabiatni
o‘zgartirishning har qanday loyihasi va unga har qanday ta’sir ko'rsatishdan
oldin inson ekologiyasi nuqtai nazaridan baholanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |