Qishloq xo‘jaligi. Fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning intensivlashishiga olib
keldi, ya’ni mexanizatsiyalashtirish, ximiyalashtirish, melioratsiyalash va
boshqa tadbirlar bilan qo'llandi. Qishloq xo‘jaligini ximiyalashtirish uning
samaradorligini oshirishning eng muhim omili bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda
dunyo bo'yicha yerga 300 mln. tonnadan ortiq mineral o‘g‘itlar va 4mln. t
zaharli ximikatlar sepilgan.
Keyingi vaqtda qishloq xo'jaligini intensivlashtirish, yirik chorvachilik
majmualarini qurish bilan, atrof-muhit iflos- lanishining oldini oluvchi
murakkab tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |