1.2. Tabiat va jamiyat munosabatlarining keskinlashuvi
Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir.
Tabiat - bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan
chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari
ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlabchiqarish, inson va uning ongi tabiat
qonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi. uning
sotsial mohiyatini aks cttiradi. Jamiyat va tabiat turli yo'nalishlarda doim
muloqotda boMadi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni
tabiat bilan bog'laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar
ozuqa. kiyim, qurilish matcriallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiyatda
foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat
natijasida hosil bo'ladi.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalansh masalasi
xalqaro ahamiyatga molik bo‘!di va umumxalq ishiga aylandi. Shuning uchun bu muammo juda ko‘p mamlakatlaming qonunlarida o‘z aksini topgan.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida yer shari tabiatini qo‘riqlash global, olamshumul ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat komponentlaridan birontasining buzilishidan boshqa bir qancha komponcntlar muvozanati, tabiiy ekosistemalar o'zgarib ketishiga olib kclmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish masalasini xalq ommasi o‘rtasida targ'ibot qilish hamda uni o‘rta maktablarda. oliy o‘quv yurtlarida ham o‘rganish vaqti keldi. Binobarin, bu vazifani amalga oshirishda barcha o(qituvchilar zimmasiga g`oyat mas’uliyatli vazifa yuklanadi.
Tabiatni muhofaza qilish. tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish. ulami
iloji boricha tiklash davlat ahamiyatiga molik ish bo'lishi bilan birga har bir
kishining muqaddas burchidir. Nabotot va hayvonotni ehtiyot qilish. har bir
gul, novdani yulishdan, hayvonga o‘q uzishdan oldin shu xatti-harakat haqida
bir bor o‘ylab ko‘rish; o‘z hovlisining toza boMishini ko'zlab. shahar havosini iflos qilib axlat tashlayotgan kishiga befarq qaramaslik - tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir. Tabiatni muhofaza qilish deganda butun insoniyat manfaatini ko'zlab. tabiatdan oqilona foydalanish, uni saqlash, qo'riqlash va tabiiy boyliklami ko'paytirish yo'lida davlatlar. xalqlar amalga oshirayotgan tadbirlarning ilmiy jihatdan asoslangan mujassami tushuniladi.
Inson bilan tabiat har doim bir butunlikni tashkil qilib kelgan, chunki inson
tabiatning tarkibiy qismidir. Suv. havo, tuproq. oziq-ovqat bo’lmasa. kishilar
yashay olmaydilar. Inson o’zining tabiat bilan bo‘lgan bcvosita aloqasi orqali
tabiiy muhitga juda katta ta'sir qiladi. Hozirgi kunda ycr sharida 6.3 6,5 mlrd.
dan ortiq aholi yashaydi, uning tabiiy muhitga qanchalik ta’sir clishini ham
nazarda tutish kerak.
XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko'plab tabiiy zaxiralar: Ycr
osti boyliklari, qishloq xo‘jaligi ycrlari, baliq zax'iralari, suv va quruqlik
hayvonlan, o’simlik dunyosidan kcngroq foydalanila boshlandi. Shimoliy va
Janubiy Amcnka hamda Afrika matcnklan atrofidagi orollami mustamlaka
qilish tczlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kclib joylashdilar va Tinch okcan
qirg‘oqlariga yctib bordilar. Aholi sonimng o‘sishi. yangi hududlaming
cgallanishi va ekspluatatsiya qilinishi kuchaydi. O’rmonlar kesildi.
landshaftlaming tubdan o’zgarishi va ko'plab ov qilish hayvon zaxiralariga
salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’plab qimmatbaho hayvonot-o’simlik turlari yo‘q
bo’lib kctdi yoki ular soni kcskin kamaydi.
Sanoatning rivojlanishi tabiiy zaxiralarning kamayib borishidan tashqari.
atrof-muhitning ifloslanishi muammosim ham kellirib chiqardi. Suv havzalari.
atmosfera. tuproq sanoat chiqindilari bilan kuchli ifloslanib borayotganligi
ma’lum bo’lib qoldi. Bular 0‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdck odamlar sog’lig’iga ham kuchli xavf bo’lib qoldi. Bu salbiy omil asta- sckin butun ycr yuzini o’z ta’siri ostiga olishi XX asr boshlariga qadar sun’iy xarakterga cga bo`Isa. cndilikda bu sayyoraning global muammosiga aylanib kctdi. Jumladan. Antarktidaning tabiati ham radioaktiv changlar va DDT pcstitsidimng borligi yoqilg’i mahsulotlari mavjudligi aniqlandi.
XX asming ikkinchi yarmiga kclib, turli tabiiy zaxiralarning hududlar bo’yicha tanqisligi atrof-muhitning dunyo miqyosda ifloslanishi va muvozanatning buzilishi ro’y bcrdi va tobora kcskin tus olib, ckologik sharoitning buzilishi uchun real xavf paydo bo’ldi. bu csa quyidagi sabablarga bog’liq bo’lib, insoniyatning kclajakdagi hayoti va faoliyatini murak- kablashtirib yubordi.
Aholi soni. Fan-tcxnika inqilobi sanoati, qishloq xo’jaligi va mcditsinadagi
barcha yutuqlar majmuaidan iborat ckanligi sababli «demografik portlashni»
vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda aholining yillik o‘sish sur’ati 2% dan yoki 90 mln. kishidan ortib ketdi.
1974-yil Yer yuzi aholisi har minutda 150 kishiga yoki sutkasiga 216 ming
kishiga ko‘paygan. BMT mutaxassislarining so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra shu
vaqtda jahon aholisining soni 6,3-6,5 mlrd. atrofida (28-rasm).
Hozirgi fan-texnika taraqqiyotining tabiatga ta’sir etish yo'llari va shakllari
nihoyatda ko‘p. Bu ta’sir natijasida tabiatdagi miqdor o‘zgarishlarigina emas,
balki sifat o'zgarishlari ham sodir bo‘lmoqda. Fan-texnika inqilobining tabiatga ta’siridagi eng muhim asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat:
Tabiiy zaxiralarni iste’mol qilish hajmi aholi sonining ortishiga qarab ortib
bormoqda. Masalan, 1970-yil tabiiy boyliklami jon boshiga iste’mol qilish
1940-yilga nisbatan 2,5 barobar ortdi. 2000-yilda esa kishi boshiga 35-40
tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda insoniyatning xo'jalik ehtiyojlari uchun yiliga
daryolar suvining taxminan 13% idan foydalaniladi.
Fan-texnika rivoji tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni
yaxshilash bo‘yicha insoniyat uchun katta imkoniyat tug'dirdi. Lekin bir
vaqtning o‘zida tabiiy muhitning ancha ifloslanishi va yomonlashuviga ham
olib keldi. Tabiatga zararli moddalar va birikmalaming chiqarib tashlanishidan havo, tuproq va suvning fizik, ximik va biologik xususiyatlari o‘zgardi. Bu holi tabiiyki, kelajakda o‘simliklar, hayvonlar va odam hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sanoat. Olimlarning energiyadan foydalanish sur’atlari haqidagi hisobi
bo‘yicha, inson olovdan foydalangan davrda bir kunda bir kishining energiya
iste’mol qilishi 5 kkal ga, o'rta asrlarda jon boshiga energiya iste’mol qilish 12 ming kkal ga teng edi. Yoqilg'i sifatida toshko‘mir qo'llangandan keyin esa 26000 kkal ni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda jon boshiga sarflanadigan energiya 200 ming kkal dan oshib ketdi.
Hozirga qadar insoniyat energiyaning asosiy qismini mineral yoqilg‘ilardan,
ya’ni neft, ko‘mir va gazdan oladi. 1960-yil bu yoqilg‘ilar hissasiga dunyoda
ishlab chiqariladigan energiyaning 81-82% i to‘g‘ri kelgan. Keyingi yillarda
gidroenergiya, atom energiyasi, vodorod energiyasi kabi manbalardan keng
foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |