Zamonaviy GIS tizimini tadqiqot uchun tanlashda foydalanuvchi tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi: GISlar yordamida qanday masalalar hal etilishi kerakligiga, oqibatda qanday natija olinishi kutilayotganligiga, ishlanayotgan ma’lumot hajmining kattaligiga, hal etilayotgan masalalarning dolzarbligiga, ularni hal etish uchun qanday yondashilib, qanchalik darajada sezilarli natijalarni olishga.
Xorijiy GIS tizimlarining ayrimlari ustida to‘xtalamiz. Hozirgi paytda jahonda ko‘plab GISlar mavjud bo‘lib, ularning maqsadi turlicha: ayrimlari ma’lum bir sohada ishlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, boshqalari tarmoq tizimida ishlatilishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |