Fotogrammetrik ishlov berishga quyidagi jarayonlar kiradi:
analitik fototriangulyasiya, yani fotogrammetrik uslublar bilan mavjud tayanch nuqtalar koordinatalariga nisbatan joyning boshqa nuqtalari koordinatalarini aniqlash usuli. Bu ish natijasida, faqatgina joyning boshqa nuqtalarining koordinatalarinigina emas, balki joy stereomodelining planga olish vaqtidagi fazoviy joylashishini ifodalovchi modelning tashqi orientirlash elementlari ham aniqlanadi. Oxirgi yillarda bu ishlar bevosita GPS-priyomniklaridan foydalanib amalga oshirilmoqda;
ob’ektlarni raqamlash (vektorlash) - joyning stereomodelini hosil qilish, ob’ektlarni bir vaqtning o‘zida deshifrovka qilish (o‘qish) va ularni qabul qilingan shartli belgilarda tasvirlash;
relefning raqamli modelini hosil qilish va u asosida rangli yoki oq-qora ortofotoplanlar yaratish.
YUqorida bayon etilgan jarayonlar - masofadan turib suratga olish va ushbu materiallar asosida ortofotoplanlarni yaratish texnologiyasi, fotogrammetrik va kartografik dasturli texnik vositalar, ERGEODEZKADASTRning barcha ishlab chiqarish bo‘linmalarida (korxonalarida) hozirda keng foydalanilayotgan texnologiyaning biri bo‘lib hisoblanadi (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |