( Islom Karimov)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 dekabr 2006 yildagi «O’zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiktisodiy kursatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari tugrisida»gi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PK-594-sonli «Davlat byudjetining gazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida»gidagi karorlaridan kelib chikib, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi kuyidagilarni nazarda tutgan xolda 2007 yilda Davlat byudjetining Gazna ijrosi mexanizmini yanada kengrok targib etish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasining rivojlanishi jaxondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini chukur urganish natijasida, uziga xos millatimizning mentalitetidan kelib chikkan xolda, milliy kadriyatlarimizni uz ichiga oluvchi beshta tamoilga asoslanadi.
Albatda bu vazifani amalga oshirishda siyosatini tugri yuritish byudjet mablaglaridan tugri va okilona foydalanish maksadga muvofik buladi.
Gaznachilik—Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashning bir shakli bulib, unda davlat byudjeti daromadlarini yagona g’aznachilik hisob raqamida to’planishini ta’minlanadi, byudjet mablaglaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek davlat tashki va ichki karzlarini boshkarishda xizmat ko’rsatadi xamda byudjetdan tashkari maksadli jamgarmalar, pul okimlarini monitoringini olib boradi.
Davlat byudjeti g’aznachilik ijrosiga bosqichma-bosqich o’tish rejasi O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligini tashkil etish kontseptsiyasiga asosan ishlab chiqilgan.
2. G’aznachilikning asosiy vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-sonli “ O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gaznachilik tugrisidagi Nizomini tasdiklash xakida”gi karori chikarildi va bu karorga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gaznachilik tugrisidagi Nizomi tasdiklandi.
Ushbu Nizom 2004 yil 26 avgusdagi 664-II“Davlat byudjetining gazna ijrosi tugrisida”gi konuni. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat byudjetining gazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida» 2007 yil 28 fevraldagi PK-594-sonli karoriga muvofik ishlab chikilgan.
Gaznachilik uzining xududiy bulinmalari Bilan birgalikda Davlat byudjetining gazna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi xisoblanadi va xususan bu vazifani Samarkand viloyati Bulungur tumanida tuman buyicha gaznachilik bulinmasi amalga oshirib kelmokda.
Gaznachilikda byudjet jarayonini tashkil etishda uz faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning konunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining karorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, karorlariga va farmoyishlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlari va farmoyishlariga va boshka normativ-xukukiy xujjatlarga amal kilgan xolda gaznachilikda byudjet jarayonini tashkil kiladi va ish faoliyatini amalga oshirib kelmokda.
Tasdiklangan va kuchga kiritilgan Nizomga asosan kuyidagilar gaznachilikning asosiy vazifalari xisoblanadi;
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar urtasida taksimlash, byudjetdan mablag oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi tugrisida xisobot tuzish. Samarkand viloyati Bulungur tumani buyicha gaznachilikning yagona xisob rakamiga 2006 yil 1 sentyabrda utdi va Gaznachilik-2 dasturi buyicha ish olib borilmokda.
Bulungur tuman maxalliy byudjeti buyicha 2007 yilga muljallangan turli xildagi daromadlarning jami 2528,5 mln sumni tashkil kildi va shu bilan birgalikda yukori byudjet tashkilotidan olinishi kuzda tutilgan byudjet datatsiyasi 3966,8 mln sum, ijtimoiy nafakalar uchun kuzda tutilgan subventsiya 2387,7 mln sum va ish xakiga subventsiya 1331,7 mln sumni tashkil kilgan va bu kursatgichlarni yil boshiga Tuman moliya bulimi gaznachilik bulimiga takdim kilgan. Tuman maxalliy byudjetining daromadlari 10214,7 mln sumni tashkil kiladi.
Shu daromadlarning tushumi buyicha yil davomida tegishli tartibda uzgarishlar amalga oshirilib boriladi va xar bir chorakga daromadlarning aniklangan rejasi ma’lum buladi va bu gaznachilik bulimii tomonidan tuziladiga shifrovoy xisobotda kursatiladi.
Tuman maxalliy byudjeti buyicha byudjetdan mablag oluvchilarning xarajatlar smetasi (ruyxatdan utkazilgani) tuman moliya bulimidan olinib belgilangan tartibda xar bir byudjet tashkiloti buyicha Gaznachilik -2 dasturiga kiritildi.
Samarkand viloyati Bulungur tumani maxalliy byudjeti buyicha 2007 yil 1 sentyabr xolatiga ruyxatga olingan 83 ta, viloyat byudjeti buyicha 5 ta byudjet tashkilotlari ruyxatga olingan.
Tuman maxalliy byudjetiningg xarajatlar smetasi 10214,7 mln sum kilib tasdiklangan va bu xarajatlar smetalari xam tegishli tartibda Gaznachilik -2 dasturiga kiritilgan.
Davlat byudjeti mablaglarini yagona gaznachilik xisob rakami, shuningdek tegishli byudjet daromadlari va xarajatlari urtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan xududiy gaznachilik xisob rakamlarini joriy etish orkali boshkariladi.
Gaznachilikda byudjet jarayonini amalga oshirishda 2006 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1599-son bilan ruyxatdan utkazilgan “Samarkand viloyati maxalliy byudjetining gazna ijrosi xisobi tugrisida”gi vaktinchalik koidaga asosan uning 3 va 4 bandlariga muvofik byudjetdan mablag oluvchi tashkilotlarning xisob varaklari yopildi va shu byudjet tashkilotlarining xisob rakamidagi koldik summalari yangi ochilgan Gaznachilik bulimining 23426 yagona xisob rakamiga utkazildi va keyingi byudjet ijrosi jarayonlari shu yagona xisob rakam orkali amlga oshirib kelinmokda.
Shu bilan birga viloyat byudjeti mablagi xisobidan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning xisob rakamlari xam viloyat gaznachilik boshkarmasi koshida ochilgan yagona xisob rakmamga utkazildi.
Samarkand viloyati Bulungur tuman maxalliy byudjetidan moliyalashtirilgan byudjet tashkilotlarining xisob varaklari yopilib 2006 yil 24 iyulda 1600-son bilan O’zbekiston Respublikasi Adjliya vazirligidan ruyxatdan utkazilgan “Byudjet mablagini taksimlovchi(oluvchilar)ning shaxsiy xisobvaraklarini ochish va yopish buyicha vaktinchalik koidalaning 2 bandiga asosan byudjet mablaglarini oluvchilarning xarajatlari buyicha byudjet ajratmalarini va operatsiyalarini xisobga olish maksadida Davlat byudjeti byudjet klassifikatsiyasi bandlari buyicha shaxsiy xisob varaklar ochildi.
Gaznachilikda byudjet jarayonini amalga oshirishda 2006 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1599-son bilan ruyxatdan utkazilgan “Samarkand viloyati maxalliy byudjetining gazna ijrosi xisobi tugrisida”gi vaktinchalik koidaning 5-sonli ilovasiga asosan ochildi.
Samarkand viloyati Bulungur tumani maxalliy byudjeti gazna ijrosi jarayonini amalga oshirishda 2007 yil 1 sentyabr xolatiga maxalliy byudjetdan mablag oluvchilarga ochilga shaxsiy xisob varaklar soni 114 ta. Viloyat byudjeti buyicha 5 ta ochilgan. Shu bilan birga byudjetdan tashkari mablaglar uchun ochilgan shaxsiy xisob varaklar soni maxalliy byudjet buyicha 83 ta. Viloyat byudjeti buyicha 4 tani tashkil kiladi.
Byudjet tashkilotlarining tovarlar etkazib beruvchilar(ishlarni bajaruvchilar. Xizmatlar kursatuvchilar) bilan shartnomalarini. shuningdek Davlat byudjeti mablaglari xisobidan kapital kurilish buyicha buyurtmachilarning shartnomalari(keyingi urinlarda byudjet tashkilotlariva buyurtmachilari shartnomalaridebataladi) xarajatlar smetasida kursatilgan summalar va maksadlarga kat’iy muvofik ravishda tuzilishi ustidan kattik nazorat urnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ruyxatdan utkazish tartibini joriy etish orkali byudjet tashkilotlarining maksadga nomuvofik va asosiz xarajatlarini oldini olishga yul kuymaslik;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2005 yil 21 mayda 1475-son bilan ruyxatdan utkazilgan “Moliya organlarida byudjetdan mablag oluvchilar bilan tovar(ishlar.xizmatlar) etkazib beruvchilar urtasidagi shartnomalarini ruyxatdan utkazish va ularning xarajatlari tulovini nazorat kilish tartibi tugrisidagi Vaktinchalik nizom”ga asosan maxalliy va viloyat xamda respublika byudjetidan moliyalashtirilgan byudjet tashkilotlari bilan ish olib borildi.
“Moliya organlarida byudjetdan mablag oluvchilar bilan tovar(ishlar.xizmatlar) etkazib beruvchilar urtasidagi shartnomalarini ruyxatdan utkazish va ularning xarajatlari tulovini nazorat kilish tartibi tugrisidagi Vaktinchalik nizomning 2 bandiga asosan tumandagi mavjud bulgan maxalliy, viloyat xamda respublika byudjetidan moliyalashtirilgan byudjet tashkilotlarining 4 grux smeta xarajatlari doirasidagi kursatilgan mablaglar doirasidagi summaga shartnomalar kilindi. Ruyxatdan utkazilgan shartnomala yukoridagi 1475-sonli vaktinchalik nizomning 1 ilovasi buyicha ruyxatga olindi. Vaktinchalik nizomning 2 ilovasi buyicha xar bir shartnomaga tulov grafiklari tuzildi va tegishli tartibda tuldirildi.
Byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofa va xavfsizlik tuzilmalarinimoliyalashtirishga yunaltiriladigan byudjet mablaglaridan foydalanishni makbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini ularning maksadga muvofikligi va narx-navo echimini nazarda tutish xamda koidaga kura, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Xarajatlar smetasi va ruyxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan kat’iy summalar doirasida tovarlar etkazib beruvchilar(ishlarni bajaruvchilar,xizmatlar kursatuvchilar)ning bevosita xisob rakamlariga byudjetdan mablag oluvchilar nomidanva ularning topshirigi buyicha tulovlarni amalga oshirish orkali tulov intizomiga suzsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
Davlat byudjeti gazna ijrosining buxgalterlik xisobi va xisobotini yuritish;
Davlat byudjeti ijrosi xakidagi axborotlarni tuplpsh,kayta ishlash va taxlil kilish;
O’zbekiston Respublikasining ichki va tashki karzlariga xizmat kursatish va O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish;
3. Byudjet ijrosi jarayonida G’aznachilikning
funktsiyalari.
Ushbu Nizom orkali gaznachilik uzining faoliyatida kuyidagi funktsiyalarga ega buldi;
Viloyat va maxalliy byudjet tashkilotlari xodimlariga ish xaki unga tenglashtirilgan boshka tulovlar,shuningdek konun xujjatlariga muvofik byudjet tashkilotlari tomonidan nakd pul mablaglari bilan tulanadigan boshka tulovlarni tulash uchun Gaznachilikning yagona bank xisob rakamlariga mablaglar utkaziladi;
2006 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1599-son bilan ruyxatdan utkazilgan»Samarkand viloyati maxalliy byudjetining gazna ijrosi xisobi tugrisida»gi vaktinchalik koidaning 2 bulimining 1 va 2 paragrflariga asoslanib va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli «Byudjet tashkilotlarini mablag bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish tugrisida»gi va shu
karorga 2007 yil 19 iyuldagi 148-sonli uzgarishlarni xisobga olgan xolda xarajatlar tulovi amalga oshirilmokda.
Davlat byudjetida ular uchun mablaglar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank xisob rakamlariga sudning karori buyicha yagona gaznachilik xisob rakamidan yoki gaznachilikning boshkaxisob rakamlaridan mablaglar utkazadi, shuningdek konun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbuorganlar mansabdor shaxslariningnokonuniy xatti xarakatlari yoki xarakatsizligi natijasida fukoralarga yoki yuridik shaxslargaetkazilgan zararni koplash uchun mablaglar utkazadi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xar kunlik asosida yagona gaznachilik xisob rakamida va xududiy gaznachilik xisob rakamlarida mablaglarning xarakati tugrisida axborotni elektron shaklda takdim etadi; Bu gaznachilikning jarayonini tashkil kilish uchun kunlik xizmat kursatuvchi bankdan kunlik vo’piska olinib, tegishli daromadlar va xarajatlar tegishli schetlarga va shaxsiy xisob rakamlarga olib borilgandan keyin 274 –sonli memorial order tuzilgandan keyin gaznachilikning yagona xisob rakamidagi mablagning koldigi aniklanadi va shu asosida tegishli axborot beriladi.
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida respublika byudjeti daromodlari tushumi va xarajatlarining kiska muddatli prognozlarini tuzadi;
Moliya organlarining topshirigi buyicha yukori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali datatsiyalar, subvetsiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshka tulovlarni kuyi byudjetlarning shaxsiy gaznachilik xisob rakamlariga utkazadi;
2007 yilda yukori byudjet tashkiloti tomonidan Bulungur tuman maxalliy byudjetiga datatsiya summasi 3966,8 mln sum, subventsiya summasi 2387,8 mln sum va ijtimoiy nafakalar uchun 1331,7 mln sum belgilangan.
Byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida kursatilgan summalar doirasida va maksadlarga muvofik tuzilishi ustidan kattik nazorat kilish asosida shartnomalarni ruyxatdan utkazadi;
Byudjetdan mablag oluvchilar nomidan ruyxatga olingan shartnomalarda yoki byudjet mablaglarini yuridik va jismoniy shaxslarning xisob rakamlariga utkazish majburiyatini yuklaydigan boshka xujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni etkazib beruvchilarning bevosita bank xisob rakamlariga tulovlarni amalga oshiradi.
2007 yil 1 sentyabr xolatiga Bulungur tuman buyicha gaznachilik bulinmasi tomonidan maxalliy byudjet buyicha 405 ta 439,8 mln sumlik viloyat byudjeti buyicha 90 ta 54 mln sumlik shartnomalar ruyxatga olingan.
Schyot fakturalar va tovarlar etkazib berilishi( ishlar bajarilishi, xizmatlar kursatilishi) xolatini tasdiklaydigan yoki byudjetdan mablag oluvchilarga soliklar, yigimlar xamda byudjetga va byudjetdan tashkari davlat maksadli jamgarmalariga majburiy tulovlar uchun byudjet mablaglarini utkazish majburiyatini yuklaydigan boshka xujjatlar asosida byudjet mablagi oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari xisobini yuritadi;
Birlamchi xujjatlar asosida Davlat byudjeti gazna ijrosini taxliliy va sintetik buxgalteriya xisobotini yuritadi;
Davlat byudjetining ijro etilishi xakida axborotlarni tuplaydi kayta ishlash va taxlil kilish natijasida Davlat byudjetining kassa ijrosi tugrisida xisobot tuzadi va Ushbu xisobotni belgilangan muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etadi.
Konun xujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasining ichki va tashki karzlariga xizmat kursatadi va O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro kiladi;
Uzining xududiy bulinmalari faoliyatini taxlil kiladi vamuvofiklashtiradi;
Normativ va xukukiy xujjatlarni va metodologik materiallarni. Shu jumladan Gaznachilik va uningt xududiy bulinmalari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni amalga oshiradi;
Gaznachilik va uning xududiy bulinmalari xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Moliyaviy menejmentda tashkilot byudjetini tuzishdan iborat moliyaviy resurslarni rejalashtirish jarayoni muhim o’rin tutadi. Tashkilot byudjetini tuzish kelgusi moliyaviy yil uchun moliyaviy resurslarning hajmini, asosiy manbalarini va ishlatish yo’nalishlarini avvaldan belgilab olish, shu bilan birga, moliyaviy rejalarni tashkilot faoliyatining boshqa yo’nalishlari bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Ammo davlat tashkilotlari bo’lgan, asosan byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan hamda smeta asosida moliyalashtirish tartib-qoidalariga bo’ysinadigan byudjet tashkilotlarida byudjet tushunchasi mazmunan xarajatlar smetasi tushunchasiga tenglashtirilganligini alohida ta’kidlash lozim. Xarajatlar smetasi asosiy rejaviy xujjat bo’lib, uning asosida turli ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun mablag’lar ajratiladi.
Ijtimoiy sohalarning kengtarmoqli muassasalari tizimi asosan tuman (shahar) mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning o’rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o’z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Byudjet tashkilotlari o’zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qiladilar:
1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujj:atlariga;
2. byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga;
3. tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga, shuningdek nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga;
4. yuqori turuvchi tashkilotlar raxbarlarining o’zlari tasarrufidagi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo’yicha ko’rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun xujjatlariga zid bo’lmasa,
5. bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan tashkilotlarning ayrim turlari uchun belgilangan ovqatlanish me’yorlari ovqatlanish kunining sonidan kelib chiqib hisoblanadi;
6. dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun xujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab hisoblab chiqiladi;
7. ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar, moddiy ta’minotning amaldagi me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag’lar doirasida hisoblanadi.
Smetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi:
Yakka smetalar;
Umumlashtirilgan smetalar;
Yig’ma smetalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |