Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan muassasa bo’yicha tuziladi.
Umumlashtirilgan smetalar bir byudjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan muayyan bir tarmoqning bir tur(tip)dagi muassasa va tashkilotlari bo’yicha tuziladi.
Yig’ma smetalar bir byudjet bo’g’inidan moliyalashtiriladigan muayyan bir tarmoqqa tegishli barcha muassasa va tashkilotlari bo’yicha tuziladi.
Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet ijrosi jarayonida belglangan tartibda ularga kiritilgan o’zgarishlarni hisobga olgan xolda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi.
Xarajatlar smetasi –muassasaga ajratilgan byudjet mablag’larining hajmi, maqsadli yo’nalishi va yil choraklari bo’yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy xujjat.
Smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo’yicha rejalashtiriladi:
I-guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali onalarga nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar)
II-guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar)
III-guruh – Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq);
IVguruh – Boshqa xarajatlar
Xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi. (O’zR VM 19.07.2007 y. 148-son Qarori taxriridagi band)
Xarajatlar smetalariga faqat Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shu bilan birga belgilangan xarajatlar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlar tomonidan, ularga berilgan huquklar doirasida nazarda tutilgan xarajatlar kiritiladi.
4.Byudjet ijrosi jarayonida gaznachilikning xuquqi va majburiyatlar
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida Gaznachilikning bank xisob rakamlarini ochish va yopish;
Byudjetdan mablag oluvchilardan Davlat byudjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning kiska muddatli prognozini tuzish uchun zarur bulgan ma’lumotlarni surab olish;byudjet tashkilotlaridan ular tomonidan Gaznachilikga ruyxatdan utkazishga takdim kilingan shartnomalarning sifatini maksadga muvofikligini va narx echimlarini baxolash uchun barcha zarur xujjatlarni belgilangan tartibda talab kilish;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi raxbariyati topshirigiga binoan Davlat byudjeti bush mablaglarini bank depozitlariga va boshka aktivlarga vaktinchalik joylashtirish. Shuningdek byudjet ssudalarini maxalliy byudjetlarga utkazish;
Byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning tovarlar etkazib berish jarayonida belgilangan smeta xarajatlari kurilishning adresli va titul ruyxatlarida kuzda tutilgan mablaglar xajmidan oshib ketadigan xajmdagi shartnomalarni ruyxatdan utkazmaslik;
Byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning schyot-fakturalarisiz xamda
tovarlar etkazib berish faktini tasdiklovchi yoki byudjetdan mablag oluvchilar zimmasiga byudjet mablaglarini etkazishni yuklovchi boshka xujjatlarsiz takdim etilgan kapital kurilish yuzasidan majburiyatlari uchun davlat byudjeti mablaglari xisobidan pul tulamaslik;
byudjetdan mablag oluvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan xisobotlar takdim etilmagan takdirda ularning byudjet mablaglari xisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari tulovini moliya organlari topshirigiga binoan tuxtatib kuyish va bu tugrida tegishli vazirliklar idoralar byudjetdan mablag oluvchilarni xabardor kilish;
Korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar buyicha byudjetdan mablag oluvchilardan tulov muddati utgan karzlar summasini byudjetdan mablag oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiklovchi zarur xujjatlar ilova kilingan yozma murojaatlari asosida konun xujjalarida belgilangan tartibda undirib olish;
Davlat byudjeti xarajatlarini yagona gaznachilik xisob rakamidan yoki Gaznachilikning boshka bank xisob rakamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda respublika byudjeti. Karakolpogiston Respublikasi byudjeti. Maxalliy byudjetlar. Davlat maksadli jamgarmalari mablaglari koldiklari doirasida amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |