Buusul, himoyachilardan raqib to‘p bilan o‘tib darvozaga yaqinlashganda qo‘llaniladi.
Darvozabon raqibning oyog‘iga tashlanib to‘pni olib qo‘yishga, uni urib yuborishga yoki to‘pni
darvozaga o‘tash yo‘lini to‘sishga intiladi. Raqibining ro‘parasiga keskin harakat qilishdan so‘ng
uning oyog‘iga tashlanish boshlanadi. Darvozabon biroz engashadi, gavdasi va qo‘llari maksimal
pastga tushirilgan. So‘ng raqibgacha bo‘lgan oraliqni hisobga olib darvozabon to‘pga tashlanishni
bajaradi; u to‘pni raqib oyog‘iga bosib qolishga intiladi yoki ikki qo‘l bilan to‘pni tepishdan oldin
yoki tepish vaqtida uni to‘sish kerak. Raqib oyog‘iga to‘pga ko‘krak va qo‘llar bilan tashlanishda
uni olib qo‘yish mumkin. Agarda to‘pni olishga erisha olmasa, darvozabon qo‘llarini, oyoqlarini,
ko‘kragini butun bag‘rini to‘p tepilishiga qarshi qo‘yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: