47
b) egasi bo`lmagan yoki egasi noma'lum bo`lgan ashyo egasiz hisoblanib, u sud
qarori bilan davlat egaligiga o`tkazilganida (FKning 191-moddasi);
v) Fuqarolik kodeksining 193-moddasiga, 2-bandiga binoan ashyoni topib
olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga
o`tganda;
g) har bir fuqaro vasiyat bo`yicha o`zining butun mulkini yoki uning bir qismini
davlatga vasiyat qilib meros tariqasida qoldirishida (FKning 1120-moddasi);
d) O`zbekiston Respublikasi davlati huquq subyekti sifatida ba'zi fuqarolik-
huquqiy xarakterda bo`lgan kredit munosabatlarida, masalan, davlat zayomi
obligatsiyalarini sotishida, qarz shartnomasida ishtirok etganida;
e)
tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar yuz bergan taqdirda va
favqulodda tusdagi boshqa vazifalarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko`zlab,
davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning
qiymatini to`lagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida
olib qo`yilishida (rekvizitsiya). Bunda rekvizitsiya o`tkazilishiga sabab bo`lgan
vaziyatlarning amal qilishi to`xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning
sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o`ziga qaytarib berishni talab qilishga
haqli ekanligida (FKning 203-moddasi);
yo)
mol-mulk musodara qilinganida, ya'ni, qonunda nazarda tutilgan hollarda
mol-mulk sudning hukmi (qarori) ga muvofiq jinoyat yoki o`zga huquqbuzarlik
qilganlik uchun haq to`lamasdan mulkdordan olib qo`yilishida (FKning 204-
moddasi);
j) davlat ba'zi hollarda mualliflikka oid huquqiy munosabatlarda, masalan,
asarni nashr etish huquqini sotib olganida, ixtirochilik munosabatlarida ixtiroga
bo`lgan patentni sotib olganida huquq subyekti sifatida ishtirok etishida.
Bunday
huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi natijasida olingan daromadlar
ham davlat budjetiga o`tkaziladi. Shu bilan birga, davlat mablag`lari hisobiga
yaratilgan intellektual mulk obyektiga nisbatan ham davlat mulk huquqini qo`lga
kiritadi.
48
z)davlat, shuningdek konsessiya munosabatlarida ham qatnashadi; Unga ko`ra,
davlat chet el firmasi xususiy shaxs bilan kelishib olingan shartlar asosida
muayyan xo`jalik faoliyatini amalga oshirish; yer osti boyliklarini ishlab chiqarish
va foydali
qazilmalarni kavlab olish, korxonalar qurish va ekspulatatsiya qilish
hamda boshqa huquqlarni beradi
1
.
i) davlat chet mamlakatlarda ko`chmas mulkni sotib olishida va h.k.
Davlat o`zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari bo`yicha o`z mulki bo`lgan
mablag`lari bilan javob beradi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat
nomidan yuqorida aytganimizdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda
ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Mamlakat ichidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, ya'ni, uning ichki
oborotida davlat nomidan aksariyat hollarda O`zbekiston Respublikasining tegishli
vazirliklari va davlat qo`mitalari qatnashadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda,
O`zbekiston Respublikasi davlati nomidan harakat
qiluvchi organlar tizimida
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasi va Moliya vazirligi, Markaziy
bank alohida mavqega ega. Masalan, davlat nomidan davlat mulkni idora etadigan
va boshqaradigan organ O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash qo`mitasidir. Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to`g`risidagi 1991 yil 19 noyabr qonuniga binoan bu
organ:
–mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog`liq bo`lgan
munosabatlarni davlat nomidan amalga oshiradi;
–xususiylashtirish to`g`risidagi bitimlarni tuzadi;
–xususiylashtirish va ijaraga berish bilan bog`liq bo`lgan boshqa huquqiy
munosabatlarni amalga oshiradi.
Davlat idoralarini fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi
ishtiroki ikki xil
ko`rinishda bo`ladi:
1
Баратов М. Концессия шартномаси нима?//Хўжалик ва ҳуқуқ. 1997. № 7. -24 б.
49
1. Davlat nomidan ishtirok etish. Bunda – muayyan organ davlat nomidan
harakat qiladi va davlat uchun huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi (Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet el kompaniyasi bilan
tuzgan shartnomasi bunga misol bo`la oladi).
2. Davlat organi fuqarolik muomalasida o`z nomidan harakat qiladi. Masalan,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining do`konlardan idora
jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga biriktirilgan mol-mulkka
nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.
Davlat ba'zi hollarda subyekt sifatida o`zining
mansabdor shaxslari yoki
organlari tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni to`lashda javobgar bo`ladi
(masalan, dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining mansabdor
shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan g`ayriqonuniy harakatlari natijasida ular
yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`ladilar).
O`zbekiston Respublikasi FKning 15-moddasida aytilganidek,
davlat organi
yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g`ayriqonuniy harakatlari
(harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
bo`lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan
zarar davlat tomonidan to`lanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: