Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana29.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#594642
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
ozbekiston respublikasida fuqarolik huquqiy munosabatlarining huquqiy asoslari

 
 
 
1
Фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд этиш Қоидалари. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар 
Маҳкамасининг 1999 йил 12 апрел қарори билан тасдиқланган. Тўплам. -Т.: Адолат. 1999. -5-61 б. 


44 
2.2. O’zbekiston Respublikasi – fuqarolik huquqiy munosabatlar sub’ekti 
sifatida 
Umumiy qoidalar 
O`zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e'lon qilinishi, uning xalqaro 
huquq subyekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi O`zbekistonning o`z 
boyligini o`zi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi. Endilikda bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy aloqalarning 
turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo`ldi. Darvoqe, 
O`zbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning mol-mulkidir
1

O`zbekiston Respublikasi o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan 
obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro 
tashkilotlar bilan o`zaro foydali hamkorlik o`rnatishga, bunday hamkorlikni 
rivojlantirishga qaratilgan ja'mi amaliy harakatlarni ro`yobga chiqarish uchun 
foydalanadi. 
Ma'lumki, davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi asosiy ijtimoiy vazifasi 
jamiyatdagi mavjud subyektlarning, ya'ni, turli guruhlar, millatlar va elatlar, 
kishilar o`rtasidagi jipslikni ta'minlashdan iborat. Shu ma'noda barcha huquqiy 
demokratik davlatlarda bo`lgani singari O`zbekiston Respublikasida ham 
O`zbekiston, uning xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezidentgina 
ish olib borishi mumkin (Konstitutsiyaning 10-moddasi). Manbalar mavzusida 
ayganimizdek, Konstitutsiya normalari joriy qonun hujjatlarida to`ldirib boriladi. 
Jumladan, yuqoridagi norma FKning 214-moddasida yanada mustahkamlanib, 
shunday deyiladi: “Respublika mulki bo`lgan mol-mulkni O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston 
Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar (qonunda 
boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa) tasarruf qiladilar”. Amalda davlat nomidan 
yuqoridagi normadan kelib chiqib, turli vazirlik, davlat qo`mitalari, davlat 
tashkilotlari 
qatnashishi 
mumkin. 
Jumladan, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
1
O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi Asoslari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qonunidan. 1991 yil 31 
avgust. Hujjatlar. -T.: O`zbekiston. 1999. 


45 
Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi farmoniga muvofiq, O`zbekiston 
Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosatini o`tkazish, tashqi bozorda 
umumdavlat manfaatlarini ta'minlash, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy 
va savdo hamkorligi samaradorligini oshirish, bu sohada boshqaruvni 
takomillashtirish va xalqaro miqyosdagi samarali ishda tashqi iqtisodiy faoliyat 
qatnashchilariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi 
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi
1
. Keyinchalik bu vazirlik Tashqi 
iqtisodiy aloqalar agentligi, bugungi kunda esa ushbu vazirlik O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni bilan 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil etildi
1

O`zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq hamda 
manfaatlarini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bevosita o`zaro foydali 
aloqalarni o`rnatish maqsadida xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida 
O`zbekiston 
Respublikasining 
savdo 
vakolatxonalari 
ta'sis 
etiladi. 
Bu 
vakolatxonalar o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, o`zlari 
to`g`risidagi Nizomga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona 
joylashgan davlatlar ishtirokchi bo`lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet 
eldagi vakolatxonalar to`g`risidagi Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan O`zbekiston 
Respublikasi o`z mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish yuzasidan 
fuqarolik huquqining mustaqil subyekti sifatida mamlakat ichida va xorijda chet 
davlatlar va boshqa subyektlar bilan bo`ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda 
qatnashib, o`z nomidan harakat qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aytilganidek, O`zbekiston – 
suveren demokratik respublika degan nom bilan mustaqil davlat bo`lib, o`zining 
milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshiradi (1, 2-
moddalar). 
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari. 1-son. -T.: “Adolat”. 1992. 64 b. 

Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 28-29-сон., 206-модда. 


46 
Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning suverenitet sohibi 
ekanligidan kelib chiqadi. 
Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo`linmasdir. Shunga binoan davlat 
fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subyekt (fuqarolar va yuridik 
shaxslar kabi ko`p va turli xil emas) deb qaraladi. 
O`zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining boshqa subyektlari bilan teng 
huquqli ishtirokchi hisoblanadi. 
Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo`lganligi tufayli fuqarolik-
huquqiy munosabat subyekti sifatida o`ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi: 
1. Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlari subyekti sifatida fuqarolik huquqi 
subyektlari amal qiladigan qonunlarni o`zi belgilaydi. 
2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi 
bo`ladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FKning 8-moddasi, 2-bandi). 
3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya'ni, davlat mol-mulkidan haq undirishga 
davlat organlari rozi bo`lgandagina yo`l qo`yiladi. 
4. Huquq va muomala layoqatini cheklash bo`yicha boshqa subyektlarga 
taalluqli bo`lgan qoidalar davlatga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Biroq ayni paytda, davlatning huquqlari mutloq cheksiz ham emas. Masalan, 
davlat shaxsiy huquqlarga ega bo`lmaydi. Binobarin, davlat alohida xususiyatlarga 
ega bo`lgan subyektdir. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish