II bob. Mahsulotni konstruktiv –texnologik tahlili 1. O’zgartiruvchi modulni elektr ta’minoti manbalari
Elektr ta’minoti manbalarini ishlash prinsiplari nuqtayi nazaridan ularni chiziqli va impulsli elektr ta’minoti manbalariga bo’linadi.
Chiziqli elektr ta’minoti manbalari juda ko’plab foydali xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: oddiylik, past kirish pulsasiya va shovqin, tok va kuchlanish bo’yicha nostabilligi qiymatlari, tiklanish vaqtini juda kichikligi va tezkorligidir. Bu afzalliklardan tashqari ularning asosiy kamchiligi bu foydali ish koeffisiyentini juda kamligidir. Yuqorida BMI texnik topshiriqda ko’rsatilgan MP-30 (MP-60) o’zgartirigich modulini FIK - 75% dan kam bo’lmasligi kerak degan talabni bajarilmaganligi uchun chiziqli elektr ta’minoti manbalaridan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Impulsli elektr ta’minoti manbalari esa yuqori effektivligi va solishtirma quvvatni yuqoriligi sababli ommaviy hisoblanadi.
Ushbu chiziqli va impulsli elektr ta’minoti manbalarini taqqoslab quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin:
chiziqli elektr ta’minoti manbalarini tok va kuchlanish bo’yicha nostabilligi ancha yaxshi sanalsa, impulsli elektr ta’minoti manbalarida ko’pincha chiqish kuchlanishini stabilligini ta’minlovchi chiziqli stablizatorlar qo’llaniladi;
impulsli elektr ta’minoti manbalarini chiqish pulsasiyalari tig’iz (qizg’in) paytdagi qiymatlari (pikovыye znacheniya) 25…100 mV diapozonlarda yotadi, bu esa chiziqli elektr ta’minoti manbalarini diapozonidan yetarli darajada kattadir. Bundan tashqari, shuni ham aytib o’tish o’rinliki impulsli elektr ta’minoti manbalarini chiqish kuchlanishi pulsasiya qiymatlari me’yorlashtiriladi. Loyihalashtirilayotgan modulni chiqish kuchlanishini chiqishdagi o’zgaruvchan doyimiy tashkil etuvchilari tig’iz (qizg’in) paytda 50mV dan oshib ketmasligi lozim, buni esa impulsli elektr ta’minoti manbalari ta’minlab beradi;
impulsli elektr ta’minoti manbalari kirish kuchlanishini keng diapozoniga egadir. Chiziqli elektr ta’minoti manbalari kirish kuchlanishini diapozoni, odatda nominal qiymatdan +10% ga oshib ketmaydi, bu esa foydali ish koeffisiyentiga sezilarli ravishda to’g’ridan-to’g’ri o’z ta’sirini o’tkazadi. Impulsli elektr ta’minoti manbalarini kirish kuchlanishi diapozonini foydali ish koeffisiyentiga ta’siri juda kam yoki umuman ta’siri bo’lmaydi, chunki u ±20% chegaralarda yotadi va bu kuchlanish tarmoqlarini kuchli o’zgarishlarida ham ishlash imkoniyatini tug’diradi.
DC-DC o’zgartirgichlarida elektr ta’minoti manbalari impulsli elektr ta’minoti manbalari prinsipi qo’llaniladi. Ushbu prinsip qo’llaniladiki, qachonki kuchlanish yaxshi stabillashganda DC-DC o’zgartirgichlari bitta doyimiy kuchlanishni boshqa kuchlanishga o’zgartirish uchun foydalaniladi. Ushbu qurilmalar qayerda elektron qurilmalar batareyadan ta’minlangan yoki boshqa avtonom doimiy tok manbalaridan ta’minlangan bo’lsa o’sha joyda qo’llaniladi [12].
Do'stlaringiz bilan baham: |