2. Modulni pechatli platasini tahlili
Elektr apparaturalarini konstruksiyasini murakkabligini oshib borishi ularni pechatli paltalari murakkabligini ham oshib borishiga olib keladi. Elementlarni soni va turini ko’pligi, itegral mikrosxemalarni chiqishlarini soni ko’pligi qurilmani elektr sxemasini murakkablashtiradi va elektr o’tkazuvchi va ulovchi elementlarni sonini ham ko’paytirib ulanishni qiynlashtiradi. Ushbu o’tkazuvchilarni trassirovkasi ikki tekislikda murakkab matematik va muhandislik masalalarini keltrib chiqaradi, ularni yechish esa hozirgi texnika rivojlanib borayotgan davrda elektron hisoblash mashinalarisiz bajarib bo’lmaydi.
DC/DC o’zgartirgichni MP-30 modulini yaratishda PCAD 4.5 avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimidan foydalanildi. PCAD 4.5 avtomatlashtirilgan loyihalashtirish integrallashgan tizim eng ommabopi sanalalib, loyihalashtirishda kompleks maslalarni yechish va pechatli platalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish imkoniyatlarini yaratib beradi. Bundan tashqari ushbu tizim prinsipial elektr sxemalarni yaratish, pechatli platalarni texnologik hujjatlarini tayyorlash, fotokoordinatorlar va sonli dasturlarni boshqaruvchi stanoklar uchun boshqaruv dasturlarini shakllantirish va yaratish kabi funksiyalarni bajaradi.
Ushbu tizimni ommabopligi shundaki uning quyidagi sifatlari zamirida yotadi: hammabopligi, kirish osonligi (dostupnost) va nisbatan narxini pastligi; integrallash sathitni yuqoriligi va turli xil rejimlarda sozlashni (nestroyki) osonligi.
PCAD 4.5 avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimini interaktiv rejimli loyihalashni mavjuddir, ya’ni aosiy loyihalash etapida istalgan vaqt mobaynida ishlab chiqaruvchi mutaxassisni aralashuvini ta’minlashi mumkin [12].
PCAD 4.5 avtomatlashtirilgan loyihalashtirish quiydagi etaplardan tashkil topgan:
komponentlarni kutubxonasini tashkil qilish;
prinsipial elektr sxemasini qurish;
sxemani ishini modellashtirish;
plataga elementlarni joylashtirish;
platalar qatlamlarini va trassirovka ulanishlarni tanlash;
avtomat ravishda ishlab chiqish uchun boshqaruv dasturini tashkil qilish, yaratish va keyinchalik pechatlash qurilmasiga chiqarish uchun fayllarni yaratish.
PCAD 4.5 avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimi quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
PC-CAPS dasturi - prinsipial elektr sxemasini loyihalash uchun va radioelektron komponentlarini sxemalari namunalarini yaratish uchun mo’ljallangan;
PC-NODES dasturi - PC-CAPS komponentlari ma’lumotlar bazasidagi prinsipial elektr sxemalari grafik namunalaridan elektr zanjirini yasash uchun kerak bo’lgan sxemalar ro’yxatini tanlab olish uchun mo’ljallangan;
PC-LINK dasturi – bir necha ma’lumotlar bazasida joylashgan komponentlarni yagona ma’lumotlar bazasiga (bir necha varaqlardan tashkil topgan prinsipial sxemalar uchun) o’zaro bog’langan jadvalga birlashtirish uchun mo’ljallangan;
PC-PACK dasturi – mikrosxema kristallari ventillarida joylash uchun mo’ljallangan dasturdir;
PC-PLACE dasturi – avtomatik yoki qo’lda komponentlarni joylashtirish uchun mo’ljallangan dasturdir;
PC-ROUTE dasturi – trassirovkalash jarayonini redaktorlash strategiyasi va tanlash imkoniyatlari bilan birga platani avtomatik ravishda trassirovkalash uchun mo’ljallangan dasturdir;
PC-CARDS dasturi – loyihalashtirilayotgan qurilmani pechatli platasini topologiyasini intellektual grafik redaktori, konstruktiv-texnologik komponentlar bazasini kiritsh va yaratish dasturidir;
PC-DRS dasturi - pechatli platani topologiyasini konstruktiv-texnologik talablariga mos ravishda bajaradigan analizatori;
PC-PLOTS dasturi –PC-CAPS, PC-CARDS va PC-PLACE dasturlari yaratgan tasvirlar fayllaridan grafik ma’lumotlarni grafik quruvchiga (grafopostroitel) chiqarish uchun mo’ljallangan yordamchi dasturdir;
PLTVIEW dasturi – pechat qilish uchun fayllarni ko’zdan kechirish imkoniyatini beruvchi yordamchi dasturdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |