Mavzu: fransiya ikkinchi imperiya davrida. Reja: kirish I. Bob. Fransiyda inqilob napoleon bonapart hukumati


Ikkinchi imperiyaning ichki va tashqi siyosati



Download 346,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana19.12.2022
Hajmi346,41 Kb.
#890997
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FRANSIYA IKKINCHI IMPERIYA DAVRIDA.

Ikkinchi imperiyaning ichki va tashqi siyosati
Napoleon III har tomonlama mamlakatda sanoat taraqqiyotiga homiylik qildi. U sanoatni 
himoya qiluvchi tariflarni qo'llab-quvvatladi. Sanoatni rag'batlantirish maqsadida 1855 yil
Parijda butunjahon ko'rgazmasi lashkil qilindi. Napoleon III ayniqsa moliyachilarga 
ko'proq imkoniyat yaratdi. XIX asrning 50- yillarida bir qator yangi banklar 
- "Hisob banki", "Kredit mobele", "Lion krcditi" va boshqalar ochildi. Ikkinchi imp eriya 
davrida birja chayqovchiligi avjiga chiqdi. Unda impcratorning o'zi va ministrlar ham 
ishtirok etdi. 
Imperator, tog' asi Napoleon I ning "Qachonki ishchi beish qolsa, uni isyon ko'tarishga 
chorlash oson bo'ladi," - degan so'zlariga qat'iy amal qildi. Shuning uchun "u ochlik 
qo'zg'olonlari, 200 ming kishilik armiyaning mag'lubiyatidan ham daxshatliroqdir,"
- deb ishsizlar uchun ko'plab jam oat ishlarini tashkil qiladi. Botqoqlar q uritildi, tog' 
yo'nbag'irlarida bahorgi sellarni oldini olish maqsadida o'rmonlar tashkil qilindi. Shaharning 
ko'plab aholi kvartallari buzilib, yangidan keng prospektlar qurildi. Bu ishlarni bajarishga
ko'plab parijlik ishsizlar jalb qilindi. 
1857 yildagi iqtisodiy inqiroz Fransiyada ijtimoiy-siyosiy harakatlarni yangidan ko'tarilishiga 
sabab bo'ldi. Respublika tarafdorlari qatagon qilindi, ammo imperiya davrida qonun 
chiqaruvchi korpusga, asosan, respublika tarafdorlari saylangan bo'lib, bu imperiyaga 
qarshi to'g'ridan-to'g'ri chaqiruv edi. 
Franlsiya imperiyasining tiklanishi va iyul monarxiyasi davrida o'zining tashqi siyosati 
borasida Angliya bilan hisoblashishga majbur bo'ldi. Biroq, bu frantsuz burjuaziyasining 
noroziligiga sabab bo'ldi. Fransiya mustamlakachilik imperiyasini tashkil qilish harakati 1830-
1847- yillarda .lazoirning bosib olinishi bilan boshlangan edi. 
Ammo 1840- yildagi Sharq inqirozida Fransiyaning maglubiyati Angliya va Rossiya 
oldida taslim bo'lganligi. frantsuz burjuaziyasining xotirasida edi. 1848- yil inqilobidan 
so'ng Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti natijasida Napoleon III Angliya bilan ittifoqchilikda 
Sharq masalasi borasida Rossiyaga qarshi urush e'lon qildi. 
Turkiya XVT asrdan buyon Fransiyaning homiyligi ostida bo'lib, XIX asrda ham u Frantsuz 


zayomlari, sanoat mahsulotlari va harbiy yordamiga muhtoj edi. Nikolay 1 ning 1853- yilda 
Peterburgdagi ingliz elchisiga, Fransiyasiz Turkiyani bo'lib olish to'g'risidagi taklifi 
Napoleon III ning g'azabiga sabab bo'ldi. Natijada, Angliya, Fransiya va Turkiyaning 
Rossiyaga qarshi Qrim urushi (1853-1856 yillar) kelib ehiqdi. Urushda ijtimoiy-iqtisodiy 
, siyosiy va harbiy j ihatdan ancha qoloq bo'lgan Rossiya maglubiyatga uchradi. Rossiyaning 
maglubiyati rus chorizmining Yevropa jandarmi rolidan mahrum bo'lishi va shu bilan birga 
Fransiya uchun yangi bosqich - Yevropa kontinentida hukmronlik bosqichini boshlab 
berdi. 
Qrim urushidan so'ng o'lgan 15 yil davomida Fransiya Yevropa kontinentidagi eng kuchli 
davlat bo'lib qoldi 
Fransiya 1859- yili Avstriya bilan bo'lgan urushda katta muvaffaqiyatga erishdi Bu urushni 
Napoleon Italiyaning ozod qilish shiori ostida boshiandi. Buning uchun Fransiya chegaradosh 
bo'lgan Italiyaning Savoyi va Nitstsa viloyatlarini qo'shib oladigan bo'ldi. Natijada, 
Fransiyaning kontinentdagi mavqei yanada kuchaydi. bundan hatto Angliya hukumati ham 
tashvishga lusha boshladi. 
Napoleon III mustamlakachilik borasida erkin va faol tashqi siyosat yuritish maqsadida 
Angliyaga yon berdi. 1860-yi! qonun chiqaruvchi korpusning roziligisiz Angliya bilan savdo 
shartnomasini imzoladi. Bu shartnomaga ko'ra Frantsuz bozorlari nisbatan, arzon bo'lgan 
ingliz mahsulotlari uchun ochib qo'yildi. Fransiyaning boshqa davlatlar bilan imzolagan 
fridrid (crkin savdo) shartnomalari Fransiya uchun unchalik xavfli emas edi. Chunki bu 
davlatlarning aksariyati sanoat sohasida ancha qoloq edi. Ammo Angliya bilan imzolangan 
savdo shartnomasi fransuz sanoatchilarining noroziligini tugdirdi. Napoleon III ning Angliya 
bilan imzolagan savdo shartnomasi burjua muxolifatini kuchaytirgan bo'lsa, 1859-yildagi 
Napoleonning Avstriya ustidan erishgan g'alabasi uni katolik cherkovini qo'Ilab-
quvvatlashidan mahrum etdi va klerikal muxolifatini paydo qildi. Fransiyaning Avstriya bilan 
urushi natijasida papa qo'li ostida bo'lgan Ttaliya hududlarining ko'pchiligi birlashtirildi, natijada 
papalikning nufo'zi tushib ketdi. 
Avstriya-Germaniya va Rossiyadagi milliy-ozodlik harakatlari, inqilobiy vaziyat Napoleon III ni 
Fransiyada liberal islohotlar o'tkazishga majbur qildi. Shuning uchun, imperiyaning 1860-
yilgacha bo'lgan davri avtoritar va undan keyingi davri esa liberal imperiya davri, deb ataladi. 
Ammo liberal islohotlar davrida ham Napoleon III ning mamlakat boshqaruvi o'zgarishsiz 
qoldi. Ammo imperator tomonidan liberal yon berishlar jamoatchilikni qoniqtirmadi va shunda 
Napoleon III mamlakat xalq ommasining e'tiborini tashqi siyosat masalalariga jalb qilmoqchi 
bo'ldi. 


50- yillarning oxiri va 60-yillarning boshlarida Fransiyaning Turkiyaga ta'siri kuchaydi. 
Bolqonda mustaqil tashqi siyosat yuritib, Yaqin Sharqdagi o'zining ittifoqchisi sifatida 
Ruminiyanmg tashkil topishini ta'minladi. 1860- yilda frantsuztarning Suriyaga yurishi, Suvaysh 
kanalining kurilishi bilan bog'liq bo'lib, kanal 1869 yilda qo'rib bitkazildi. 60-yillar boshida 
Fransiya Hindi-Xitoyni zabt etishga erishdi. 50-60-yillarda Fransiya Xitoyga va Yaponiyaga 
qarshi harbiy harakatlarda qatnashdi. 
1859-1862 yillarda Fransiya Rossiya bilan yaqinlashish yo'llarini qidirdi. 1859 yil Avstriyaga 
qarshi urushga tayyorlanib, Rossiyaning betarafligi to'g'risida maxfiy shartnoma imzoladi. 
Fransiyaning Rossiya bilan yaqinlashuvi Angliyani tashvishga soldi. 1863 yilda Polshadagi xalq 
qo'zg'olonini bostirishda Rossiyaning shafqatsizligiga qarshi Angliya Napoleon III dan Polsha 
masalasida Vena kongressiga o'xshagan Yevropa kongeressini chaqirishni talab qildi, Angliya 
o'zining maqsadiga erishdi, Fransiya Rossiya munosabatlari bo'zildi. 
Germaniyada birlasbish jarayoni boshlangach, Napoleon III bundan manfaatlanmoqchi 
bo'ldi. 1865 yilda Bismark bilan bo'lgan uchrashuvda agar Fransiya Germaniyaning biriashuviga 
qarshilik ko'rsatmasa. unga hududiy rag'batlantirish berilishi va'da qilindi. 1866 yildagi 
Prussiyaning Avstriya bilan bo'lgan urushi oldidan ham Bismark va'dasini takrorladi. Natijada 
Fransiya bu urushda betaraf turdi. Shimoliy Gcrmaniya ittifoqining tashkil topishiga ham 
kompensatsiya olish umidida bo'lgan Napoleon I I I qarshiiik ko'rsalmadL Napoleon III ning 
Lyuksemburgni Fransiya ixtiyoriga berish to'g'risidagi talabi Bismark tomonidan rad etildi. 
Aleksandr I ning Bismarkni qo'Hab quvvatlashi franko-rus munosabatlarini yomonlashtirdi. 
Uzluksiz urushlar va foydasiz diplomatik chiqishlar bilan Napoleon III xalq ommasini 
monarxiyaga qarshi kurashdan, burjuaziyani esa parlamentar boshqaruv talablaridan 
chalgitishga harakat qildi. Urushlar muvaffaqiyatli ketayotgan vaqtda imperator maqsadiga erishdi. 
60- yillarning oxirlariga kelib, Mcksika va Germaniya bilan bo'lgan urushdagi mag'lubiyat 
vaziyatni o'zgartirib yubordi. 
1846-1848 yillarda AQSh Mekstkaga hujum qilib, uning territoriyasining beshd an ikki 
qismini tashkil qiluvchi Yangi Meksika va Yuqori Kaliforniya viloyatlarini bosib oldi.
1861
yilda AQShda fuqarolar urushi boshlanishi bilan Meksika pre/identi Benito Xuaro’s 
ikki yilga chet el zayomlarini to'lashni to'xtaldi. Natijada Angliya-Fransiya va Ispaniya 
1862
yilda Meksikada pomeshchikiar va ruyoniylarning hukrnronligini tiklash maqsadida 
salib yurishini boshladilar. Bu interventsiyaning tashabbuskori Palmerston edi. Tezda
interventsiyachilar o'rtasida nizo kelib chiqdi. Angliya va Ispaniya o'zining qo'shinlarini 
chaqirib oldi. Fransuz armiyasi esa harbiy harakatlarni davom ettirdi. Meksika respublikasi 
kofoniyaga aylanlirildi, unga Napoleon III ning noibi sifatida Avstriya crtsgertsogi 


Maksimilian o'tirdi. Meksikada interventlarga qarshi partizanlar urushi boshlanib ketdi. Monro 
doktrinasiga ishora qiiib, AQShning tashqi ishlar vaziri Syuard Napoleon III dan harbiy 
harakatlarni to'xtatishni talab qildi. AQShda fuqarolar urushi nixoyasiga o’gach, 1866 yilda 
Amerika hukumati Fransiyaga ultimatum qo'yib, Napoleon III ni Meksikadagi frantsuz harbiy 
ekspeditsion korpusini chaqirih olishga majbur o’di. 

Download 346,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish