Mavzu: fransiya ikkinchi imperiya davrida. Reja: kirish I. Bob. Fransiyda inqilob napoleon bonapart hukumati


Napoleon imperiyasining ichki siyosati



Download 346,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana19.12.2022
Hajmi346,41 Kb.
#890997
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FRANSIYA IKKINCHI IMPERIYA DAVRIDA.

Napoleon imperiyasining ichki siyosati
Konsullik va imperiya davrida Fransiyada kapitalistik munosabatlar uning qishloq xo'jaligiga, 
sanoati va savdosiga chuqur kirib bordi. Mamlakatda sanoat to'ntarishi boshlandi. 1790 yil 
Fransiyada 89 la ip yigiruv mashinalari bo'Igan bo'lsa, 1805 yilda ularning soni 3300 taga etdi. 
Fransiyada bug' mashinalari nisbatan kam bo'lib, asosan tarqoq manufaktura ko'rinishidagi 
ishlab chiqarishi ko'pchilikni lashkil qilar edi. Ammo markazlashgan manufaktura va 
fabrikalar soni ham tobora oshib borayotgan edi. Metallurgiya, ipakchilik, movutchilik 
sanoati, zeb-ziynat buyumlari, shisha va chinni-idishlar tayyorlash kabi sohalar ancha 
muvaffaqiyatli rivojlandi. Biroq iqtisodiy sohada Fransiya Angliyadan ancha ortda edi. 
Frantsuz maxsulotlari nafaqat ingliz mahsulotlari bilan, balki chex, sheytsar va italyan 
mahsulotiari bilan ham raqobat qila olmas edi. Fransiya Yevropa bozorlarida bosqinchilik 
siyosali bilan. qo'shni davlatlarga Fransiya uchun foydali bo'lgan bojxona tariflarini joriy qilish 
va Angliya bilan savdo qilisbni taqiqlash evaziga o'zining mavqeini mustahkamlashga erishdi. 
Bosib olingan hududlardan olingan kontributsiya, konfiskatsiya, yangi soliqlar joriy qilinishi 
va majburiy ravishda berilgan zayomlar frantsuz hukumatiga davlat buyurtmalari ( 
qurollanish, yo'llar qurilishi va h.k.) uchun katta pul mablag'ini bermoqda edi. 
Ingliz mahsulotlarining arzonligi va sifatli ekanligi barcha taqiqlarga qaramasdan kontrabanda 
yo'li bilan yoki betaraf mamlakatlarning mahsulotlari sifatida Fransiya va boshqa Yevropa 
mamlakatlariga kiritilishini ta'minlagan. 1806 yil Fransiyaga Angliyaning 80-100 mln. 
franklik paxta, qog'oz buyumlari kiritilgan. 
Bu davrda qishioq xo'jaligi ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Jumladan. ekin 
maydonlari kengaydi. Shu bilan birga, mayda dchqonlarni qishioq burjuaziyasi tomonidan 
ekspluatasiya qiiishi kuchaydi. Egri soliqlar oshirildi, konsullik davrida vino, imperiya davrida 
tuz va tamaki soliqlari tiklandi. Yer egalari Angliya va boshqa xorijiy davlatlarning ancha 


arzon sanoat mahsulotlarini sotib olishdan manfaatdor edilar, shuning uchun ular 
Napolconning davomli ravishda bosqinchilik urushlarini olib borishdan norozi edilar. 
Yirik burjuaziya va yer egalarining manfaati masalasi imperiya davrida ishlab chiqilgan huquq 
normalari va kodekslarda ham o'z aksini topgan. Bularning orasida eng muhimi "Fuqarolik 
kodeksi" yoki keyinchalik "Napoleon kodeksi'" deb nom olgan kodeks edi. Unda asosan 
burjuaziyaning xususiy mulkchiligini .mustahkamlashga asosiy e'tibor qaratilgan. Unga ko'ra 
xususiy tadbirkorlik erkinligi, mulklarni vasiyat etib qoldirish crkinhgi prinsiplari 
mustahkamlangan. Xotinning mulki to'liq erining mulki hisoblangan. xotinlar va bolalar 
mulkka egalik huhuqidan mahrum qilingan. Nikohsiz tug'ilgan bolalar hech qanday huquqqa 
ega bo'lmaganlar. Fuqarolik kodeksi 1807 yilda, "Tijorat" va "Jinoyat" kodckslari 1808 yilda 
kuchga kirgan. "Jinoyat kodeksi" xususiy mulkka qilingan kichkina tajovuzni ham juda 
shafqatsiz ravishda jazolagan. 
1803 yil Fransiyada "ishchi daflarlari" joriy qilingan. Unda korxona egalari ishchilarini huquqi 
va ishdan bo'shatilishi sabablari haqida ina'lumotlar yozilgan. Tijorat yoki savdo kodeksi 
ishchilarni 
ishga 
yollash 
tartibini 
qonuniylashtirgan, 
ishehilarni 
huquqsizligini 
mustahkamlagan. 
179] yilda joriy qilingan "Le Shapele" qonuni ga ko'ra ishchilarning namoyishlari, ish 
tashlashlari va ittifoqlarga birlashishi ta'qiqlangan. 
1806 yil 1 yanvardan boshlab imperator Napoleon inqilob kalendarini bekor qilib, Grigorian 
kalendarini tikladi. 
Fransiyaga tobe ettirilgan respublikalar qirolliklarga aylantirilgan. 1805 yildayoq Napoleon 
o'zini Italiya qiroli, deb e'lon qildi. Imperator boshchiligidagi tajovuzkor frantsuz burjuaziyasi 
va harbiy doiralari Fransiyani yangi Rim imperiyasiga aylantirishga harakat qildilar. Yevropa 
va mustamlakalarni bosib olishlaridan asosiy maqsadi ham shu edi. 
1805 yil avgustida Napoleon imperiyasiga qarshi Angliya, Rossiya, Avstriya va Ikki Sisiliya 
qirolliklridan iborat 3-koalisiya tuzildi. Ittifoqchilaming maqsadi Germaniya, Ilaliya, 
Shvesariya va Gollandiya hududidan fransuz qo'shinlarini haydab chiqarish va bu 
mamlakatlarda eskl tartiblarni tiklashdan iborat edi. Dengizda frantsuz va ispan floti 1805 yil 
oktyabridanoq admiral Nelson qo'mondonligidagi ingliz floti tomonidan Trafalgar burni 
yaqinida tor-mor etildi. Napoleonning Angliyaga desant tushirish rejasi barbod bo'ldi. 
Bulondagi frantsuz harbiy lageri Reyn ortiga yo'nallirildi. Noyabr oyida frantsyz qo'shini 
Venani egalladi. 1805 yil 2 dekabrda Avstriya va rus qo'shlari birgalikda Austerlisda frantsuz 
qo'shini bilan jangga kirdi va ittifoqchilar tor-mor etildi. Austerlis mag'lubiyatidan , so'ng 
Avstriya urushdan chiqib, Fransiya bilan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Unga 


ko'ra Fransiya Germaniya va Italiyada erkin haiakat qilishni qo'lga kiritdi. Benetsiya, Istriya 
va Dalmatsiya Ilaliya qirolligiga qo'shib olindi. 1806 yil Napoleon janubiy german 
davlatlaridan o'zining protektoratligi ostidagi Reyn ittifoqini tuzdi. Italiyadagi frantsuz 
qo'shinlari Neapolni egalladilar va Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolitaniya taxliga 
o'tirdi. Batova respublikasini Napoleon Gollandiya qirolligiga aylantirib, uning taxtiga ukasi 
Lyudovikni o'tqazdi. 
Avstriyani tor-mor etgan Fransiya Pmssiya bilan hisoblashmay qo'ydi. Gannovcrni Prussiyaga 
berib, keyinroq uni tortib olishga qaror qildi va o'z qo'shinlarini Prussiya hududiga kiritdi. 
Yaqinlashayotgan xavfni sezgan Prussiya hukumati Rossiya va Angliya bilan ittifoq tuzdi. 
1806 yil sentyabrida mazkur davlatlar va Shvesiya 4-koalisiyani tashkil qildilar. 
Raqib kuchlarni birlashtirrnasdan tor-mor etish qoidasiga amal qilgan Napoleon osongina 
Prussiya qo'shinlarini tor-mor etib, Berlinni egalladi. 1806 yil 21 noyabrda Napoleon 
"Kontinental blokada" haqida Berlin dekretini imzoladi. Bu dekret Fransiyaga bo'ysundirilgan 
davlatlarning Angliya bilan savdo qilishini ta'qiqladi. Angliyani qo'shin bilan olish umidi 
puchga chiqqan Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo'g'ib qo'yishga qaror qildi. 1807 yilda 
Napoleon Angliya portlariga va mustamlakalariga kirgan betaraf mamlakalarning kemalarini 
tutib ola boshladi; 
Berlinda kontinental blokada e'lon qilgan Napoleon, endi qo'shinlarini Sharqiy Prussiyadagi 
rus qo'shinlari ustiga yo'naltirdi. 1807 yilning 14 iyunida Fridlandda rus qo'shini tor-mor etildi. 
Rossiya 1804 yildan buyon Eron bilan, 1806 yildan esa Turkiya bilan urush olib borayotgan 
bo'lib, qiyin ahvolga tushib qoldi va Napoleon balan bitim tuzishga kirishdi. 1807 yil 7 iyulda 
Tilzitda Aleksandr 1 va Napoleon sulh, ittifoqchilik to'g'risida shartnoma im/oladilar. Unga 
ko'ra Fransiya G'arbiy Hvropada erkin harakat qilish huquqini qo'lga kiritdi. Polsha yerlari 
(Sileziyadan tashqari) Prussiyadan tortib olinib. Fransiyaga tobe bo'lgan Varshava gersogligi 
tuzildi. Rossiya kontinental blokadaga qo'shilish majburiyatini oldi. Napoleon Turkiyaning 
Yevropadagi provinsiyalarini va Shvelsiyani egallashida Aleksandr f ga qarshi emasligini 
ma'lum qildi. 
1807
yil Napoleon Portugaliyani kontinental blokadaga qo'shilishini so'radi, biroq, 
bunga rad javobini oldi. Shunda u Ispaniya orqali frantsuz qo'shinlarini Portugaliyaga 
kiritdi. Angliyaning yordami bilan portugallar frantsuz qo'shinini tor-mor etdilar. Shundan 
so'ng katta miqdordagi fransuz qo'shinlari Ispaniyaga kiritildi va Jezef Bonapart Ispaniya 
taxtiga o'tirdi. Ispaniyada fransyzlarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanib ketdi. 
Fransiya hududidan Ispaniyaga yangidan harbiy kuchlar keltirildi. 



Download 346,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish