Mavzu: fransiya ikkinchi imperiya davrida. Reja: kirish I. Bob. Fransiyda inqilob napoleon bonapart hukumati


II.2.Ikkinchi imperiya davrida iqtisodiy taraqqiyot , ichki va tashqi siyosati



Download 346,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana19.12.2022
Hajmi346,41 Kb.
#890997
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FRANSIYA IKKINCHI IMPERIYA DAVRIDA.

II.2.Ikkinchi imperiya davrida iqtisodiy taraqqiyot , ichki va tashqi siyosati.
XIX asrning 50-60-yillarida Fransiyaning iqlisodiy taraqqiyoti iyul monarxiyasi davriga 
qaraganda ancha tez bordi. 1851-1869 yillarda mamlakatning milliy daromadi 2 barobar oshdi. 
Temir va po'lat ishlab chiqarish esa 5 million tonnadan 20 million tonnaga yetdi. Bug' 
mashinalarining soni esa 8 mingdan 33 mingga yetdi. Ammo mamlakatda og'ir industiriyaning 
taraqqiyoti yengil sanoatdan orqada qolmoqda edi. Fransiya temiryo'l turlari bilan qoplandi. 
Temiryo'l liniyalarining umumiy uzunligi 17,5 ming km ga etdi. 1879 yilda frantsuz tijorat 
flotining tonnasi 1 million tonnadan oshib ketdi Uning 200 ming tonnasi bug' kcmalari zimmasiga 
to'g'ri kelardi. Bu vaqlda Angliya bug' kcmalarining tonnasi 1 million 250 ming tonnani, 
yelkanli kemalar bilan birga esa umumiy tonnaji 6 million tonnani tashkil qilardi. 
Angliyadan farqli holda Fransiyada fabrika sanoatinihg tez rivojlanishi bilan birga ko'p sonli 
mayda - qo'l rnehnatiga asolangan ishlab chiqarish mavjud bo'lib qolaverdi. 60-yilarda 
Angliyada yirik mashina ishlab chiqarish, hunarmandchilik va mayda ishlab chiqarishni 
butunlay siqib chiqardi. Mamlakat poytaxti bo'lgan Parijda mayda ishlab chiqarish ko'proq edi. 
Parijda yirik ishlab chiqarish korxonalari o'nlab zavodlar, tamaki fabrikalari. tipografiyalar va 
boshqalar mavjud edi. Ammo bu yirik korxonalarda 440 ming kishilik sanoat ishchilarining bor-
yugi 50 mingi band edi, xolos. 
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida banklarning roli oshdi. 1848 yilgi inqirozdan so'ng 
departamenllarning emissiya banklari frantsuz bankiga aylantirildi. Mamlakatda faqat frantsuz 
bankigina qog'oz pullarni chiqarish huquqiga ega edi. Yangi ""Kredi mobile"" va "Lion krediti" 
banklari katta ta'sirga ega bo'ldi. 1852 yilda dehqon xo'jaliklarini kapital bilan ta'minlashda 
katta ahamiyatga ega bo'lgan "Yer kredit" banki tashkil qilindi. Frantsuz qishloqlarida mayda 
dehqon xo'jaliklari ko'pchilikni tashkil qilib, ular "partsellar" deb atalar edi. Barcha dehqon 
xo'jaliklarining 75 foizini 10 gektargacha eri bo'lgan xo'jaliklar, 19 %ini o'rta dehqon 


xo'jaliklari. 4,7 %ini yirik -- 40 gektardan ziyod eri bo'lgan xo'jaliklar, tashkil qilar edi, 
Mamlakatda 3 millionga yaqin dehqon-batraklar mavjud edi. Bundan tashqari 1 milliondan 
ko'proq yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo'lgan dehqonlar ish izlab shaharga 
ketgan edi. Shunday qilib, Fransiyaning millionlab dehqonlari qashshoqlikka mabkum 
qilingan edi. Bu Napoleon III ni qo'llab -quvvatlaganliklari uchun frantsuz dehqonlariga 
imperatorning "minnatdorchiligi" edi. 

Download 346,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish