Embrional davr - Embrional davr urug’lantirishdan boshlab embrional muddatning 8-haftasi oxirigacha davom etadi (akusherlik muddati uchun 10-hafta oxiri). Embrional davr davomida insonning embriogenezi sodir bo’ladi, xususan, urug’lantirish, bo’linish (ko’p hujayralilik shakllanishi), implantatsiya (bachadonga birikib kirishi) gastrulyatsiya (embrional yaproqchalarning shakllanishi), gistogenez (to’qimalarning shakllanishi) organogenez (a’zolarning shakllanishi), platsentatsiya va boshqa shu kabi jarayonlar. Embrional davr davomida embrion o’lchami 0,1 mm dan (urug’lantirilgan tuxum hujayra) 3 sm ga kattalashadi (homila qobiqlarini hisobga olmagan holda).
- 1- oy ichida tuxum bo’linadi, murtak va embrionla pardalar hosil bo’la boshlaydi.
- 2- oy oxirida homilaning bo’yi 3- 3,5 sm, qo’l- oyoq kurtaklari bor, boshi tanasining uzunligiga baravar, boshida ko’z, burun, og’iz kurtaklari aniqlanadi
III oy oxirida homilaning bo'yi 8-9 sm. vazni 20-25 g, boshi kattagina, jinsiy a'zolar tuzilishidagi tafovut sezilarli, qo'l-oyoqlari harakatlanadi, barmoqlari aniqlanad. IV oy oxirida homils ning bo'yi 16 sm, vazni 120 g, yuzi shakllangan, qo'l oyoq harakatlari faolroq bo'ladi-yu, onasiga sezilmaydi. jinsi ro'y-rost ajratiladi. Voy oxirida homilaning bo'yi 25-26 sm ga yetadi, vazni 280-300 g bo'ladi. Terisi qizil, tuk bosgan. Yog' bezlaridan yog moddasi ajralib chiqa boshlaydi, bu modda epidermis qazg'oqlariga aralashib, pishloqqa o'xshash surtma (vernix caseosae)ni hosil qiladi. Ichakda mekoniy hosil bo'ladi. Homilaning harakatlari onasiga seziladi. Homilador ayolning qorniga quloq tutib ko'rilsa, homilaning yuragi urayotganligini eshitish mumkin. - Voy oxirida homilaning bo'yi 25-26 sm ga yetadi, vazni 280-300 g bo'ladi. Terisi qizil, tuk bosgan. Yog' bezlaridan yog moddasi ajralib chiqa boshlaydi, bu modda epidermis qazg'oqlariga aralashib, pishloqqa o'xshash surtma (vernix caseosae)ni hosil qiladi. Ichakda mekoniy hosil bo'ladi. Homilaning harakatlari onasiga seziladi. Homilador ayolning qorniga quloq tutib ko'rilsa, homilaning yuragi urayotganligini eshitish mumkin.
- VI oy oxirida homilaning bo'yi 30 sm, vazni 600-680 g, harakatlari chaqqon. homila tirik tug'ilishi mumkin, nafas harakatlarini bajara oladi, tug'ruqdan keyin alohida yaxshi parvarish qilinsa yashab ketishi mumkin, aks holda tez o'lib qoladi.
- VII oy oxirida homilaning bo'yi 35 sm, vazni 1000-1200 g. Teri ostidagi yog' qavati yupqa, terisi burishgan, pishloqsimon surtma bilan qoplangan, butun badanini tuk bosgan. Quloq va burun tog'aylari yumshoq, qo'l-oyoqtirnoqlari barmoqlarining uchlarigacha yetmaydi. O'gil bolalarning moyaklari yorg'oqqa tushmagan, qiz bolalarning kichik jinsiy lablari katta jinsiy lablar bilan berkilgan emas. Homila tirik tug’ilib nafas oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |