Ishni bajarish tartibi: Shtangensirkul bilan ichki va tashqi radiuslar (R1 va R2) o’lchanadi.
O’qituvchi tomonidan berilgan tebranishlar soni uchun ketgan vaqt o’lchab olinadi va davr Ttn formula bilan hisoblanadi.
O’lchashlar kamida uch marta takrorlanadi.
Tajriba ikki xil halqa uchun alohida-alohida bajariladi.
Xatoliklar hisoblanadi.
Quyidagi jadval to’ldiriladi
1-jadval
№
d1 (mm)
R1 (mm)
d2 (mm)
R2 (mm)
n
t
(s)
T
(s)
g
(mm/s2)
(mm/s2)
(%)
1
2
3
o’rt.q
Nazorat savollari Fizik mayatnik nima?
“g” nimalarga bog’liq?
Oxirgi (4) formulani keltirib chiqaring.
Inersiya momenti nima?
Shteyner teoremasi tusuntirib bering.
Tajriba ishi №8 Mavzu: Jgutning(arqon) fazaviy tarqalish tezligi Ishning maqsadi: 1) Сho’zilmaydigan jgutda to’lqin uzunligi ning chastota ga bog’liq holatda jgutda tarqalishini o’rganish. Bu yerda chastota to’lqin uzunligining 1/ funksiyasi ko’rinishida tasvirlangan. Grafik yordamida jgut hosil qilgan to’lqinning fazaviy tezligini aniqlash;
2) Jgutning cho’zilishini e’tiborga olgan holatda fazaviy to’lqin tezligini aniqlash va fazaviy tezlik o’zgarishini jgut cho’zilishiga bog’liqligini o’rganish.
Kerakli asbob va jihozlar:
Shkiv;
Kvadrat kesimli rezinali jgut;
Laboratoriya dvigateli;
Haydash mexanizmi;
Paxtali arqon;
Shtativli asos;
Shtativli sterjen;
To’g’ri burchakli qisqich;
Ilgakli sterjen;
Prujinali dinamometr;
Stol qisqichi;
Ipakli ip;
Ruletka;
Raqamli straboskop.
1-rasm: Jgut (rezina) dagi to’lqinlarni o’rganuvchi tajriba qurilmasi: Nazariy qism To’lqin fazoda chekli tezlik bilan tarqaluvchi modda yoki muhitning holat o’zgarishlari to’lqinning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatiladi, ammo zarralari ko’chmaydi.Turli xil (mexanik, issiqlik, elektromgnit) holat o’zgarishlarida turli xil.
Elektromagnit to’lqinlar - xususan radio to’lqinlar, yorug’lik to’lqinlari, ultrabinafsha to’lqinlar tarqalayotgan o’zgaruvchi elektromagnit maydonlardan iborat.
To’lqin uzunligi - biror muhitda qandaydir ma’lum yo’nalishda tarqalayotgan tebranma harakatning ikkita ketma-ket keluvchi, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalar orasidagi masofasidir.
Fazaviy tezlik ϑ to’lqin uzunligiga bog’liq va u ushbu tenglik yordamida aniqlanadi: (1) Ushbu tenglama garmonik to’lqinlar uchun o’rinlidir. Ushbu tajribada davriy to’lqin laboratoriya dvigatellari yordamida hosil qilinadi. Ikki yo’nalish bo’yicha harakatlanayotgan to’lqin bir-biriga ustma-ust qo’yiladi. To’lqinning tuguni orasidagi masofa to’lqin uzunligining yarmiga teng.
Chastota va qarama-qarshi to’lqin uzunligining chiziqli bog’liqligi quyidagicha ifodalanadi: (2)