3. Absolyut va nisbiy xatoliklar.
O‘lchashning qo‘pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o‘lchash xatoligi tushuniladi. O‘lchashdan ko‘zda tutilgan maqsad va o‘lchash aniqligiga qo‘yiladigan talablarga qarab o‘lchashlar aniq (laboratoriya) va texnik o‘lchashlarga bo‘linadi. O‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatiga yaqinligini ifodalovchi o‘lchash sifati o‘lchash aniqligi deb ataladi. Aniqlikni oshirishga intilib, biz o‘lchash xatoligini kamaytirishimiz lozim. Ammo aniqlikni oshirish usullari, ko‘pincha, murakkab bo‘ladi va kimmat turadi. Shuning uchun avval o‘lchashning konkret shart-sharoitlari va maksadlariga bog‘lik bo‘lgan maqbul aniqlikni baholab olish va zarur bo‘lsa, so‘ngra aniqlikni oshirish choralarini ko‘rish lozim.
O‘lchashni bajaruvchi asboblarning ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. Shuning uchun o‘lchov asbobining ko‘rsatishi va haqiqiy ko‘rsatishi degan tushunchalar mavjud. Kattalikning sanoqqa ko‘ra topilgan qiymati o‘lchov asbobining ko‘rsatishi deyiladi. Bu asbobning namuna asboblar orkali aniklangan ko‘rsatishi haqiqiy ko‘rsatishi deyiladi. Asbobning ko‘rsatishi va o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o‘lchov asbobining xatosi deyiladi.
Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash mumkin bo‘lmagani sababli, o‘lchov texnikasida namuna asbobning ko‘rsatishi shu kattalikning haqiqiy qiymati deb qabul qilinadi.
AgarХпbilan sanoq ko‘rsatishdagi qiymatni ifodalab, Хпҳbilan haqiqiy qiymatni belgilasak, quyidagi formuladan∆Хabsolyut xatolikni topamiz: , (1.3) O‘lchov asbobining absolyut xatoligi deb, shu asbobning ko‘rsatishi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farqqa aytiladi. Bunda xatolar plyus yoki minus ishorasi bilan kattalikning birliklarida ifodalanadi. Absolyut xatolikning kattalik haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi. Nisbiy xatolik orqali o‘lchashning aniqlik darajasini xarakterlash juda qulay: Odatda,Хnҳ– haqiqiy qiymat va Хn topilgan qiymatlarga nisbatan "∆Х" juda kichik bo‘ladi, ya’ni ∆Х ≤Хпҳ,ва ∆Х ≤Хп Shuning uchun quyidagi formulani yozish mumkin:
Shunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda absolyut xatolikning asbobning ko‘rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi. Kattalikning asl qiymatini aniqlash uchun o‘lchov asbobining ko‘rsatishiga tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan absolyut qiymatga teng:
XULOSA.
Men fizik o’lchashlar haqida asosiy va umumiy tushushunchalar mavzusini uqib o’zimga kerakli malumotgega bo’ldim Masalan, vaqtni o‘lchash uchun Quyosh soatlari va qumsoatlar, massani o‘lchash uchun teng yelkali tarozilar, suyuqliki hajmini o‘lchash uchun mo‘ljallangan turli o‘ lchav idishlari va h.k. yaratildi.
Vaqtlar o‘ tishi bilan fan-texnika sohasidagi kashfiyotlar va erishilgan yuruqlar ta’sirida o‘lchash vositalari ham takomillashib bordi va turi ham ko‘ payib bordi.
O‘lchash vositalarining takomillashuvi o‘ lchash jarayonida fizik hodisalar va qonuniyatlardan maqsadli va samarali foydalanish yotadi.
Ishlab chiqarish sanoati korxonalarida va xizmat ko‘ rsatish sohalarida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, jumladan muhandislar ham, o‘ lchashlarning fizikaviy asoslari, o‘lchashlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan fizik qonuniyatlar va hodisalar, ularning mohiyati haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek turli o‘lchash vositalarining tuzilishi va ishlash prinsipida fizikaviy qonuniyatlar va hodisalarning qo‘llanilishi, kattaliklar va ularning turlari, birliklari va o‘lchamligi, o‘ lchashlardagi va o‘lchash asboblaridagi xatoliklar va ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni barataf etish usullari haqida ham bilimlarga ega bo‘lishlari zarur.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘ yxati.
Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi. 2011.
Farzane N.G. i dr. Texnologicheskiye izmereniya i pribori. –M.: Visshaya shkola. 1989. .
. Yusupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. –Toshkent: O‘ qituvchi. 1997.
Yusupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov Y.SH. Avtomatika va nazorat o‘ lchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. –T.: Iqtisod-moliya, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |