Termodinamikaning birinchi qonuni termodinamik jarayonning energetik balansini
tuzishga imkon beradi, yani izolyatsiyalangan sistemada energiyaning umumiy zapasi o’zgarmas
ekanligini ko’rsatadi. Lekin bu qonun energiyaning uzatilish yo’nalishi, termodinamik
jarayonning sodir bo’lish extimolligi va yo’nalishi haqida hech qanday malumot bermaydi.
Tabiatda sodir bo’ladigan va ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan jarayonlar faqat
malum yo’nalishdagina o’z - o’zicha ketishi mumkin. Jarayonlar o’z muvozanatiga qarab qaytar
va qaytmas bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |