Mavzu: fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari tannarxini statistik taxlili va tannarxini pasaytirish imkoniyatlari reja


- jadval Sigirlarning o'rtacha mahsuldorligi tahliliga doir ma'lumotlar



Download 1,76 Mb.
bet8/9
Sana10.06.2023
Hajmi1,76 Mb.
#950368
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chorva tannarx taxlili

7- jadval
Sigirlarning o'rtacha mahsuldorligi tahliliga doir ma'lumotlar


bosh bo'lgan. Ikkinchi guruhda esa umumiy sut sog'ish bazis yili 8 628 126 kg, sigirlar soni 2 613 boshni tashkil qiladi. Hisobot yili — 12 303 255 kg va 3 505 bosh sigir. Qolgan kerakli ma'lumotlarning hammasi jadvalda keltirilgan.


Birinchi guruh xo'jaliklari uchun berilgan ma'lumotni ko'rib chiqamiz.


Il guruh xo'jaliklarda sut sog'ishning 42,6 % ga ko'payishiga sigirlar bosh sonining 34,1 % ga va o'rtacha mahsuldorlik 6,3 % ga oshganligi sabab bo'ldi.
Agar 7- jadval ma'lumotlariga qarasak, sut sog'ish 12- xo'jalikda tez ko'tarilgan, 13- xo'jalikda sezilarli darajada pasaygan. I l- xo'jalikda esa deyarli o'zgarmagan. Xo'jaliklarda sigirlar salmog'i ll- xo'jalikda deyarli o'zgarmagan, 12- xo'jalikda sigirlarning bosh soni sezilarli darajada o'sgan, 13- xo'jalikda esa qo'shimcha o'sish sur'ati kam bo'lganligi uchun ancha qisqargan. Hisobot yilida eng yuqori mahsuldorlik 12- xo'jalik erishgan, Bunda quyidagi ikki usul yordamida ta'kidlanishini ko'ramiz.
Birinchi usul

I— bazis yilida poda struktura o'zgarishida sut sog'ish indeksi.
Birinchi usul bilan hisoblangan indeks ko'rsatkichlariga ko'ra sigir bosh sonining o'zgarishi o'rtacha sut sog'ishga manfiy ta'sir ko'rsatdi. (struktura = 0,98)
Ikkinchi usulda esa musbat ta'sir ko'rsatdi (J struktura 1,02).


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, mahsulotni sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan chovadorlarning mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishda, qayta ishlash korxonalarining esa to‘la quvvat bilan ishlab, oholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berishni ko‘paytirishda taklif qilinayotgan ishlab chiqarish koorperatsiyalari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbir iqtisodiyoti erkinlashtirish shoroitida mamlakatimiz aholisini Chorvachilik bilan ta’minlash va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Chorvachilik – mamlakat qishloq xo‘jaligining muxim tarkibiy kismidir. Chorvachilikdan aholi iste’moli uchun sut, go‘sht, yog‘, tuxum va boshqa mahsulotlar olinadi.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari quyidagilardir: Chorva xayvonlari bosh sonining o‘zgarish darajasi Chorva xayvonlarining maxsuldorligi, Chorvachilik maxsulotlarining 1 tsentnerini yetishtirish uchun sarflangan ozuqa birligi, Chorvachilik tarmoqlaridagi mexnat unumdorligi, sut yetishtirishning rentabellik darajasi. Rentabellik fermer xo‘jaligining iqtisodiy samaradorlik darajasini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanib, o‘zida sarflangan bir so‘mlik harajat hisobiga olingan foydani ifodalaydi.
Izboskan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan Laziz Go‘zal Chorvasi fermer xo‘jaligida Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligi masalalarini atroflicha o‘rganish va taxlil etish asosida quyidagi fikr va muloxazalarga keldik:
Sutchilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan Laziz Go‘zal Chorvasi fermer xo‘jaligida hozirgi kunda 180 shartli bosh Chorva mollari mavjud. Jami 180 bosh yirik shoxli qoramoldan 116 nafari yoki 64,4 foizi sog‘in sigirlar hisoblanadi. Laziz Go‘zal Chorvasi fermer xo‘jaligi tasarrufida 83,4 gektar ekin maydoni bo‘lib, uning 66,4% qismi ozuqa ekinlari va 33,6% qismi bug‘doy bilan band. Xo‘jalikda 2020 yilda 998 ozuqa birligi tayyorlangan bo‘lib mavjud Chorvalar ehtiyojining 90% qismini qondiradi xolos.
Fermer xo‘jaligida qishki va yozgi Chorva fermasi, 2 ta ozuqa ombori, 2ta transport traktori kabi asosiy vositalar mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash darajasini oshirish uchun zaruriy Chorvachilik texnikalarini sotib olish zarur. Bu yo‘nalishda imtiyozli kredit yoki horijiy investitsiyadan foydalanish mumkin.Sigirlarning eng samarali sut berish davri 10 yil davom etgani uchun shu davr ichida har yili 15-20% sog‘in sigirlarning 9-11 yoshli qari, mahsulot berishi pasaygan qismini almashtirish tavsiya etiladi.
Laziz Go‘zal Chorvasi fermer xo‘jaligida sutning miqdori 2018-2020 yillarda 2034 tsentnerdan 1958 tsentnergacha yetgan yoki 96,3 foizga erishilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari 170,9 % oshgan bir vaqtda yalpi sut mahsuloti 176,3 %ga ustun darajada o‘sishiga erishilgan. Bu esa iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan rentabellik darajasining tahlil etilayotgan davrda 2018-2020 yillarda 21,1% dan 24,8 %gacha ortishi ya’ni +3,7 darajaga ortishini ta’minladi. Ammo bu ko‘rsatkich kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlay oladigan 45-50%lik optimal darajadan ancha pastdir.
Chorvachilikni intensivlashning iqtisodiy natijalarini yanada oshirish asosan ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va xo‘jalikning ichki rezervlaridan foydalanishga bog‘lik.
Laziz Go‘zal Chorvasi fermer xo‘jaligida yerlar unumdorligi oshishini ta’minlaydigan tadbirlarga xam aloxida e’tibor karatilishi zarur. Amaldagi qonunga ko‘ra, Andijon viloyati hududida 1 shartli bosh Chorvaga 0,30 gektardan yer maydoni faqat ozuqa ekinlari uchun ajratilishi kerak. Laziz Go‘zal Chorvasi fermer xo‘jaligida 2020 yil oxirida shartli qoramol xisobiga faqat yem-xashak ekinlari uchun ekin maydonini yanada kengaytirishga erishish zarur.
Xo‘jalikda yetishtirilayotgan shirali ozuqaning sifatini va to‘yimlilik darajasini ta’minlashga alohida e’tibor berish zarur.
Naslchilik ishlarini rivojlantirib, sermaxsul Chorva zotlarini yaratib, ular ishlab chikarishga tezrok tatbik etilishini ta’minlash, bunda zotli, sermaxsul Chorva xayvonlarini sotib olish variantidan foydalanishni xam esdan chikarmaslik kutilgan natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi.
YUqoridagi barcha chora-tadbirlarni o‘zida jamlagan holda Laziz Go‘zal Chorvasi fermer xo‘jaligida Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini 15-20% gacha oshirish mumkin. Buning uchun yuqorida tavsiya qilingan tadbirlarni o‘zida jamlagan maxsus dastur tuzish tavsiya etiladi.
Turli Chorva mollarini boqish tartibi mamlakatimizning u yoki bu zonasidagi mavjud yem-xashak turlariga, ularni yetishtirish usullariga, Chorva mollarini asrash hamda tarmoqning intensivlik darajasiga ko‘ra belgilanadi. Chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashaklar turli xillarga bo‘linadi. Yem-xashaklar asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yoki uni qayta ishlashdan hosil qilinadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlanadigan oziqqa sut va uning chiqindilari go‘sht, baliq, suyak unlari va boshqa Chorvachilik chiqindilaridan tayyorlangan oziqlarga suyak uni, fosfor har xil tuzlar va tarkibida turli mikro elementlar bo‘lgan yemlar kiradi.
Har bir qishloq xo‘jalik zonasi va korxonasida yem-xashak yetishtirishni to‘g‘ri tashkil qilish va Chorvaning oziq bazasini mustahkamlash Chorva mollarini oziqlantirishni maqsadga muvofiq tashkil qilishning asosiy sharti Chorva ratsionida mollar o‘zlashtirishi uchun zarur xamma moddalar mavjud bo‘lgan yem-xashaklar optimal tartibini tanlab olish va mahsulot birligiga eng kam oziq birligi sarflashdir. Oziq ratsioni Chorva mollariga beriladigan yem-xashak turlarini va ularning oziq me’yoridagi salmog‘ini ifoda qiladi. Oziq ratsioni har bir Chorva turi bo‘yicha har qaysi korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini, ya’ni yem-xashak turlari, ularni yetishtirish usullari va yo‘llari hisobga olingan holda belgilanadi.
Oziq ratsioni Chorva mollarining biologik ehtiyojlarini to‘la qondirish va yem-xashak sarfiga Chorva mollarini asrash usullari va mollar maxsuldorligi katta ta’sir qiladi. Mahsuldorlik qanchalik katta bo‘lsa, mahsulot birligiga shunchalik kam yem-xashak sarf qilinadi.
Chunki Chorva mollarining hayotini saqlab turish uchun talab qilinadigan yem bo‘lsa, u shuncha ko‘p mahsulot o‘sishiga taqsim qilinadi. Masalan, sigirlardan 2000 kg sut olinganda 1 kg sut yetishtirish uchun 1,4 kg oziq birligi , 125 gr oqsil modda, 3000 kg sut olinganda 1,14 kg oziq birligi sarflanadi. Ayrim turdagi yem-xashakka, shirali oziq, suvli, dag‘al va ko‘k oziqqa bo‘lgan talab shu turdagi Chorva moli uchun qabul qilingan ratsiondagi uning salmog‘iga ko‘paytiriladi. Yuqoridagi misolda sigirlar uchun qabul qilingan ratsiondagi shirali oziqlar 22 foizni tashkil qilishi kerak bo‘lganda rejalashtirilgan mahsulot uchun talab qilinadigan shirali oziqlarning umumiy hajmi 9029 s ni (41041x22):100 tashkil qiladi.
Zarur yem-xashak talabining umumiy miqdori aniqlangach, yem-xashak balansi tuziladi. Balansda yem-xashakning hamma turlari ko‘rsatiladi. Balansda yem-xashaklar jismoniy xolidagina emas, balki oziq turlalarida va o‘zlashtiriladigan oqsil moddalari tarzida ham hisobga olinadi.
Chorvachilikning ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda eng asosiy e’tibor uning yem-xashakka bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashga qaratilishi kerak. Xo‘jaliklarda Chorvachilikning yem-xashakka bo‘lgan talabi ikki davrga rejalashtirilayotgan kalendar yilga hamda rejalashtirilayotgan yilning hosilidan kelasi yilning hosiliga bo‘lgan davrga aniqlanadi. Rejalashtirilayotgan kalendar yilga yem-xashakka bo‘lgan talabni aniqlash yem-xashakka bo‘ladigan sarflarni hamda chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun zarur.
Chorva mollarining o‘rtacha yillik soni va boqish me’yorlariga ko‘ra Chorvachilikning yem-xashakka bo‘lgan talabi aniqlanadi. Chorva yirik mollarini boqishni tashkil qilishda ratsionga qo‘yiladigan zootexnik talablar to‘la hisobga olinishi kerak. Xo‘jalikda qo‘llaniladigan ratsion ham zootexnik talablariga hamda iqtisodiy talablarga, ya’ni Chorva mollarining yuqori mahsuldorligini ta’minlash uchun turli-tuman va to‘yimli bo‘lishi bilan birga ratsion qiymati arzon bo‘lishini ta’minlash kerak.
YUqoridagi tadqiq etilgan tahlillarning amalga oshirilishi natijasida, fikrimizcha, quyidagi masalalarga e’tibor qaratish o‘zining ijobiy natijasini beradi:
1. CHorvachilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimida chorva mollarini sug’urtalash tizimi muhim ahamiyatga egadir. CHorva mollarini sug’urtalash tizimi tahlili shuni ko’rsatadiki, shirkat va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini sug’urtalash tizimi qoniqarsiz tarzda kechmoqda.
Buning asosiy sababi chorva mollarini faqatgina ayrim turdagi kasalliklarga qarshi sug’urtalash tartibi joriy etilganligi va qishloq xo’jaligini sug’urtalovchi tashkilotning monopol mavqega egaligi hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, chorva mollarini sug’urtalash tizimida umuman chorvachilik tarmog’ida sug’urta tizimini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-qishloq xo’jaligini sug’urtalashda “O’zagrosug’urta” DASK ga muqobil, raqobatchi sug’urta tashkilotlarini tashkil etish va ularni erkin faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-chorvachilikda sug’urta tizimini rivojlantirish uchun dehqon va fermer xo’jaliklarida sug’urtani afzalliklari to’g’risida tashviqot va targ’ibot ishlarini olib borish;
-chorva mollarini barcha turdagi yuqumli kasalliklardan va tabiiy ofatlar natijasida ko’rilgan talofatlarga ham imtiyozli sug’urta turlarini joriy etish;
-bugungi kunda mavjud chorva mollarini asosiy qismi dehqon xo’jaliklarida parvarish qilinmoqda, shularni e’tiborga olgan holda ulardagi mavjud chorva mollarini sug’urtalash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
-chorva mollarini sug’urtalash bo’yicha tuzilayotgan shartnomalarda sug’urta mukofoti foizlari xo’jaliklarni moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda imtiyozli tarzda tashkil etish;
-chorvachilik tarmog’ida sug’urta tizimini qo’llashda chet el tajribalaridan keng foydalanish;
-sug’urta xodimlari tajribasini oshirish maqsadida ularni xorij sug’urta tashkilotlari bilan o’zaro hamkorligini rivojlantirish va boshqalar.
2. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, barcha chorvachilik xo’jaliklarida ishlab chiqarish yo’nalishini belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim. YA’ni:
-xo’jalikning joylashishi (shaxar yoki tuman markazlariga, qayta ishlash korxonalari va transport tarmog’iga uzoq-yaqinligi);
-ma’lum turdagi chorvachilik mahulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy urf-odatlarning tarkib topganligi;
-mahsulotga bo’lgan doimiy talabning mavjudligi va sotish tizimining qanchalik rivojlanganligi;
- ozuqa bazasining mavjudligi;
-chorva mollarining qaysi yo’nalishdagi nasli (zoti) rivojlanganligi;
-poda tarkibi va boshqalar.
Ixtisoslashtirishni belgilovchi omillar xususiyatidan hamda amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda Andijon viloyati hududlari (tumanlar) bo’yicha chorvachilik xo’jaliklarini ihtisoslashtirish modeli ishlab chiqildi.
YA’ni, shaxar atrofida joylashgan tumanlarni sut (sut-80%, go’sht-20%) yo’nalishida, viloyat markazidan o’rtacha uzoqlikda joylashgan tumanlar sut-go’sht (sut-40%, go’sht-60%) yo’nalishida hamda tuman markazlaridan uzoq, cho’l va tog’ oldi hududlarni esa go’sht yo’nalishi (sut-20%, go’sht-80%) bo’yicha ixtisoslashtirish lozim.
Taklif qilinayotgan modelga asosan istiqbolda chorvachilik mahsulotlarini fermer xo’jaliklari yetishtirishini hisobga olib, ularni ulushi birinchi hududda 30 foizni, ikkinchi hududda 45 foizni uchinchi hududda esa 50 foiz qilib belgilash maqsadga muvofiq.
Hududlar bo’yicha ixtisoslashtirishda mahsulot ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar birlashgan holdagi uyushmalari tashkil etish taklif qilinadi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish