Mavzu: Fermer xo’jaliklari yer uchastkalarining kadastr pasportini



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#289361
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
Kurs ishi Yer Kadastri G‘aybullayev Jasurbek 6v 19gkk

- zaxira yerlaridan; 

- yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi yerlaridan; 

-  qayta  tashkil  etilayotgan  va  tugatilayotgan  qishloq  xo‘jaligi  koopera- 

tivlari  (shirkat  xo‘jaliklari)  hamda  boshqa  qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  va 

tashkilotlari  yerlaridan; 

- qishloq  xo‘jaligi  kooperativlari  (shirkat  xo‘jaliklari)  va  boshqa  qishloq 

xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaridan beriladi. 

Ilmiy-tadqiqot  muassasalariga,  Oliy  o‘quv  yurtlariga,  akademik  litseylari- 




ga,  kasb-hunar  kollejlariga  va  umumta’lim  maktablariga,  o‘quv-tajriba,  nav 

sinash  maqsadlari  uchun  berilgan  yerlar  hamda  suv  fondi  yerlari  fermer 

xo‘jaliklariga berilmaydi. 

Chorvachilik  mahsulotlari  yetishtirishga  ixtisoslashgan  fermer  xo‘jaligi 

xo‘jalikning biznes-rejasida nazarda tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva 

mollarini  boqish  shartlari  bilan  tashkil  etiladi.  Bunda  shartli  ravishda  har  bir 

bosh  mol  hisobiga  quyidagi  koeffitsiyentlardan  foydalaniladi:  korxonalar  (si- 

girlar,  nasl  olinadigan  novvoslar,  bo‘rdoqiga  boqiladigan  novvoslar)  va  otlar 

uchun  1  ga,  yosh  qoramollar  uchun  –  0,6,  qo‘y  va  echkilar  uchun  –  0,1, 

cho‘chqalar uchun 0,3 hamda parrandalar uchun –  0,025. 

Fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami har 

bir shartli bosh chorva moliga hisoblanadi; 

Andijon,  Namangan,  Samarqand,  Toshkent,  Farg‘ona  va  Xorazm  viloyat- 

laridagi sug‘oriladigan yerlarda – kamida 0,30  gektarni; 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Buxoro,  Qashqadaryo,  Jizzax,  Navoiy, 

Surxondaryo  va  Sirdaryo  viloyatlardagi  sug‘oriladigan  yerlarda  kamida  0,45 

gektarni: 

• sug‘orilmaydigan  (lalmikor)  yerlarda  – kamida  2  gektarni  tashkil  etadi. 

Dehqonchilik  mahsulotlari  yetishtirishga  ixtisoslashayotgan  fermer 

xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng  kam o‘lchami: 

• paxtachilik va g‘allachilik uchun – kamida 10 gektarni; 

• bog‘dorchilik,  uzumchilik,  sabzavotchilik  va  boshqa  ekinlar  yetishtirish 

uchun – kamida 1 gektarni tashkil qiladi. 

Yer uchastkasi fermer xo‘jaligiga imkoni boricha yagona mavze bo‘yicha, 

konturlar  yaxlitligi  saqlab  qolingan  holda  beriladi,  uchastka  chegaralari 

sug‘orish  tarmoqlari,  kollektorlar,  yo‘llar  va  boshqa  topografik  elementlar 

bo‘yicha  belgilanadi.  Fermer  xo‘jaligiga  berilayotgan  yer  uchastkasi  boshqa 

yerdan  foydalanuvchilarning  yerlardan  foydalanishi  uchun  noqulayliklar  vu- 

judga keltirmasligi kerak. 

Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy, maqsadga 

muvofiq holda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, 

ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. 

Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari ekinlari- dan 

qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  shartnomasida  nazarda  tutilmagan,  belgilan-  gan 

maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi, amaldagi qonun huj- jatlarida 

va mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqi- batlari bilan 

birgalikda ijara shartnomasining qo‘pol ravishda buzilishi hi- soblanadi. 

Agar  bo‘lish  vaqtida  yangi  tashkil  etilgan  yer  uchastkalari  «Fermer 

xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va ushbu Nizom- da 



nazarda  tutilgan  eng  kam  o‘lchamlardan  kam  bo‘lmasa,  fermer  xo‘jaligiga 

berilgan  yer  uchastkasi  fermer  xo‘jaligi  qayta  tashkil  etilganda  bo‘linishi 

mumkin.  Fermer  xo‘jaliklariga  yer  uchastkalarini  ijaraga  berish  bo‘yicha 

material- lar yer tuzish xizmati organlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari 

hiso- biga  tayyorlanadi. 

Yer uchastkalari  berish  qoidaga  ko‘ra,  fermer  xo‘jaligini  tashkil  etish  va  yer 

uchastkasini  ijaraga  olish  to‘g‘risidagi  barcha  hujjatlar  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari 

yig‘ishtirib bo‘lingan muddatda rasmiylashtirilgan holda amalga  oshiriladi. 

Yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  berilmagan  qishloq  xo‘jaligi  maqsadidagi 

yerlarda va zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari berish tartibi – bunda tu- man 

hokimi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  berilmagan  qishloq  xo‘jaligi 

maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajrat-  ish 

to‘g‘risida,  shuningdek,  ushbu  yerlarni  fermer  xo‘jaliklariga  berish  bo‘yicha 

tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 

Hokimning tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori mahalliy ommaviy ax- borot 

vositalarida  e’lon  qilinishi,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organ-  lari, 

qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  va  tashkilotlari  boshqaruvi  (ma’muriyati) 

binolarida  osib  qo‘yilishi  kerak.  E’londa  quyidagilar  ko‘rsatilishi  lozim:  yer 

uchastkasining  o‘lchami,  joylashgan  joyi,  sifati  va  boshqa  tavsiflari,  tashkil 

etilayotgan  fermer  xo‘jaligining  mo‘ljallanayotgan  ixtisoslashuvi,  tanlovning 

o‘tkazilish  vaqti  va  joyi.  Tanlov  uni  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  qarorlar  qilingan 

vaqtdan boshlab, bir oy mobaynida o‘tkazilishi kerak. 

Yer  uchastkalari  berish  to‘g‘risidagi  ariza  tashkil  etilayotgan  xo‘jalikning 

biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda tanlov e’lon qilingan- dan 

boshlab  bir  oy  mobaynida  tuman  hokimiga  beriladi.  Ariza  beruvchining 

familiyasi, ismi va otasining ismi, uning turarjoyi, so‘ralayotgan yer uchast- kasi 

joylashgan  joy,  uning  maydoni,  qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat 

xo‘jaligi)ning  nomi,  mo‘ljallanayotgan  ixtisoslashuv,  chorvachilik 

yo‘nalishidagi  fermer  xo‘jaligi  tashkil  etishda–boqilishi  mo‘ljallanayotgan 

mollarning  turlari  bo‘yicha  bosh  soni,  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  muddati 

ko‘rsatiladi. Fuqarolarning arizasi maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

Tuman  hokimi  arizani  yer  uchastkalari  berish  (sotish)  masalalarini  ko‘rib 

chiqish bo‘yicha komissiyaga beradi, komissiya fermer xo‘jaligiga yer uchast- 

kalari berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi. 

Komissiya  qarori  bayonnoma  bilan  rasmiylashtiriladi  va  tuman  hokimiga 

beriladi.  Tuman  hokimi  komissiya  qarori  asosida,  uch  kun  mobaynida  fermer 

xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ushbu 

qarorni  hamda  tanlov  komissiyasi  ishi  natijalarini  viloyat  hokimi  bosh-  chilik 

qiladigan yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat 

komissiyasiga tasdiqlash uchun yuboradi. Viloyat hokimi boshchilik qiladigan 




komissiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tuman hokimining fermer 

xo‘jaligi  yuritish  uchun  yer  uchastkasi  berish  to‘g‘risidagi  qarorini  tasdiqlash 

(yoki tasdiqlashni rad etish) haqida qaror qabul qiladi. 

Fermer  xo‘jaligining  yer  uchastkasiga  egalik  qilish  hamda  undan  foy- 

dalanishdagi  huquq  va  majburiyatlari  qonun  hujjatlarida  belgilanadi.  Fermer 

xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan  maqsadda foydala- 

niladi. Ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov,  hadya, ayirboshlash  obyek- ti 

bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin  emas. 

Yer  uchastkasini  ijaraga  olish  huquqi  kreditlar  olishda  fermer  xo‘jaligi 

tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin. 

Yer  uchastkasining  o‘lchami  va  chegaralari  faqat  fermer  xo‘jaligi 

boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartiriladi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot et- gan 

taqdirda,  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  huquqi  qonun  hujjatlariga  mu-  vofiq 

ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi. 

Yer  uchastkasini  ijaraga  olish  shartnomasining  amal  qilish  muddati 

tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi mud- datga 

uzaytirish  huquqiga  ega.  Fermer  xo‘jaligining  boshlig‘i  vafot  etgan  taqdirda, 

ijaraga  olish  shartnomasini  yangi  muddatga  uzaytirish  huquqiga  uning 

merosxo‘ri ega bo‘ladi. 

Yer  uchastkasini  ijaraga  olish  shartnomasi  taraflar  o‘rtasida  nizolar 

chiqqanda, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 

Fermer  xo‘jaligi  tugatilgan  taqdirda,  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  shart- 

nomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim. 

Fermer  xo‘jaligiga  berilgan  yer  uchastkasidan  foydalanganlik  uchun  haq 

mahalliy budjetga to‘lanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasi- ning 

sifatiga, joylashgan yeri va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, yerning 

kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan yagona yer solig‘i stavkasi 

miqdorida undiriladi. 

Davlat  ro‘yxatiga  olingan  paytdan  e’tiboran  ikki  yil  mobaynida,  fermer 

xo‘jaligi  yer  uchastkasidan  foydalanganlik  uchun  ijara  haqi  to‘lashdan  ozod 

etiladi. 

Fermer  xo‘jaligi  loyiha  asosida  yerni  o‘zlashtirsa,  besh  yil  davomida 

o‘zlashtirilgan yer uchun yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  qurg‘oqchilik  zonasida  joylashgan  bo‘lib,  yoz 

oylari  havosi  haddan  tashqari  issiq  bo‘ladi.  Tuproqdagi  suv  namlari  parlanib 

tuproq  tarkibidan  chiqib  ketadi.  Ekilgan  ekinlar  suvsizlikdan  qurib,  nobud 

bo‘ladi.  Bu  esa  sug‘orib  dehqonchilik  qilish  usulidan  foydalanishni  taqozo 

etadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  ikki  daryo  –  Amudaryo  va  Sir- 

daryo oqib  o‘tadi. Bu  daryolarning yillik suv o‘tkazish quvvati 121690 mln.

3



 


ni  tashkil  etib,  ularning  suvlaridan  O‘zbekiston  (63020  mln.  m

3

), 



Qirg‘iziston (5140 mln. m

3

),  Tojikiston  (13230  mln.  m



3

), Qozog‘iston (25010 

mln.  m

3

)  iste’mol  qiladilar.  Bu  suv  zaxiralari  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini 



sug‘orishga  (85,6  %)  sanoat  va  maishiy  xizmatlarga  (14,4  %)  foydalaniladi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  yiliga  72,4  km

3

  suv  foydalanilib,  61  km



3

  oqova 


suvlar,  11,3  km

3

  yer  osti  suvlarini  tashkil  etadi.  O‘zbekiston  Respublikasida 



yillik  ob-havo  haroratiga  qarab,  suv  zaxiralari  ham  o‘zgaradi.  Suv  eng  kam 

yillari  suv  zaxirasi  suvga  bo‘lgan talabning  67  %ni  qoplay  oladi,  xolos.  Nati- 

jada qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv bilan yetarli ta’minlanmasligi  oqibati- da 

hosildorligi  pasayadi,  har  xil  kasalliklar  bilan  kasallanish  darajasi  ortadi, 

mahsulot sifati yomonlashadi. Kelajakda O‘zbekistonda suvga bo‘lgan talab orta 

borib, talabni qondirish muammolari ko‘payadi. 

O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi 

Qonuniga  asosan,  suvga  doir  munosabatlarni  tartibga  solish,  qishloq  xo‘jalik 

ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvni bug‘lanish, ifloslanib ketish 

va  kamayib  ketishdan  saqlash,  suvning  zararli  ta’sirining  oldini  olish  va  bar- 

taraf  qilish,  suv  obyektlarining  holatini  yaxshilash,  shuningdek,  suv  ta’minoti 

korxonalari  bilan  suv  iste’molchilari  o‘rtasidagi  ishlab  chiqarish  munosabat- 

larini yaxshilashdan iboratdir. 

Sug‘orish magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyekt- 

laridan ichki va umumiy tizim rejalari asosida amalga oshiriladi. 

Ikki  tomonlama  ishlovchi  zax  qochirish  tarmoqlarida  suvdan  foydalanish 

melioratsiya  qilingan  yerlardagi  suv  rejimini  tartibga  solish,  ichki  xo‘jalik  va 

umumiy tizimi rejalari asosida amalga  oshiriladi. 

Fermerlar  suvdan  limit  bo‘yicha  foydalanishadi.  Foydalanish  tartibi 

ma’muriy, hududiy suv taqsimlash qoidasiga binoan amalga oshiriladi. 

Suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan 

belgilanadi. 

Suvdan foydalanishda haq to‘lashni joriy etish, suvdan limit bo‘yicha foy- 

dalanish, nazorat qilish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi 

belgilaydi. 

   Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga beriladi. 

Muddati belgilanmagan suvdan foydalanish – doimiy foydalanish deyiladi. Suvdan 

vaqtincha  foydalanish  muddati:  qisqa  –  uch  yilgacha  va  yigirma  yilgacha  bo‘lishi 

mumkin. Suv olish va uning hisob-kitobini qilish suv xo‘jaligi oragani bilan tuzilgan 

shartnomaga asosan, amalga oshiriladi. Suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yer 

solig‘idan ozod qilingan. 

  Xo‘jalikda sug‘orish ichki suv yo‘llari orqali yoki drenaj, suv chiqarish quduqlari 

yordamida amalga oshiriladi. 

 Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy oqi- batlar 




o‘rganilib, suvlarning samaradorligi oshiriladi. 

   Suvdan foydalanuvchilar qonunlarda belgilangan tartibda irrigatsiya-melio- ratsiya 

ishlarini amalga oshiradi. 

   Fermer xo‘jaliklari suv olishni ko‘paytirishi yoki kamaytirishi, kanallardagi va suv 

omborlaridagi gidrotexnika inshootlaridan o‘zboshimchalik  bilan foydalan- ishi  yoki 

nasos stansiyalari va boshqa inshootlar qurishlari taqiqlanadi. 

  Suv  resurslaridan  samarali  foydalanishda  suvni  aniq  hisob-kitob  qilib, 

iste’molchiga  keladigan  suv  o‘lchash  qurilmasi  va  gidropostlarni  qurish  tashkil 

etiladi. 

  Xo‘jalik  ichki  ariqlarini  tozalashda  xo‘jalik  bilan  fermerlar  o‘rtasida  kelish- 

movchiliklar  bo‘lib  turishi  sababli,  ichki  ariqlari  tozalanmasdan,  suv  sarfi  va  isrof- 

garchiligi  ortib  boradi.  Natijada  xo‘jalik  rahbarlari  va  fermer  xo‘jaliklari  boshliqlari 

irrigatsiya  ishlarini  o‘zlari  bilganicha  bajarmoqda.  Oqibatda  suv  ta’minotining  buz- 

ilishiga  yo‘l  qo‘yilmoqda.  Suv taqsimoti  eski  usulda  taxminiy ko‘z  bilan  chamalab 

bo‘linmoqda.  Natijada  bosh  mirob  xo‘jalik  ichida  suvni  to‘g‘ri  taqsimot  qilolmay, 

tuman  suv  xo‘jaligi  bo‘limlaridan  qo‘shimcha  suv  so‘rab,  suv  sarfini 

ko‘paytirmoqda. 

  Suv ta’minoti korxonalarining asosiy vazifasi suv iste’molchilariga suvni o‘z vaqtida 

shartnoma asosida yetkazib berishdir. Iste’molchilar esa suv uchun sarf – xarajatlarni 

o‘z vaqtida to‘lab borishlari kerak. 

  Хo’jalik yoki korxona, muassasa va tashkilotlarni yer uchastkalariga bo’lgan 

huquqlarini ro’yxat qilish davlat yer kadastrining asosiy tarkibiy qismlari 

hisoblanadi. Ro’yxatlash ma’lum bir yer uchaskasiga mulkdorlik, foydalanish yoki 

ijara huquqini rasmiylashtirish hamda davlat miq’yosida qabul qilingan yagona 

shakldagi xujjatlarda aks ettirish bo’yicha huquqiy tadbir hisoblanadi. Yer 

uchastkasiga bo’lgan huquqlarni ro’yxatga olish ma’lumotlari huquqiy kuchga ega.   

Albatta, yerlarni ro’yxat qilish ishchi tizim sifatida birdaniga shakllanmagan. U XX 

asrning 20-30 yillarida o’tkazila boshlangan hamda boshlang’ich davrlarda yerdan 

foydalanish huquqini rasmiylashtirish va yerga davlat mulkchiligini ta’minlashga 

yo’naltirilgan. Shu bilan bir qatorda uning vazifasiga yer maydonlarining huquqiy 

va xo’jalik holatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, tizimli tarzda saqlash va 

yangilab turish ishlari kirgan. Yer uchastkasiga bulgan huquqlarni ro’yxatga olish 

yer hisobi bilan uzviy bog’langan holda olib boriladi. Yer uchastkasiga bo’lgan 

huquqlarni ro’yxatga olish ma’lum bir yer uchastkasidan foydalanish, ijaraga olish 

huquqlarini rasmiylashtirish va yer uchastkalariga bo’lgan huquqlar to’g’risidagi 

ma’lumotlarni qabul qilingan xujjatlarda qayd qilish bilan bog’liq masalalarni o’z 

ichiga oladi. Bunda dastlabki xujjatlari yer uchastkalarining huquqiy holati 

to’g’risidagi ma’lumotlardan iborat bo’ladi. Ammo, yerdan foydalanish ma’lum bir 

maqsadga yo’naltirilganligi hamda ma’lum hudud va aniq sub’ekt bilan bog’liq 

bo’lganligi sababli u o’z ichiga yer uchastkalarining xo’jalik holati, joylashgan o’rni 

va yerdan foydalanishning o’lchamlari to’g’risidagi ma’lumotlarni oladi. Yer 



uchastkasini yerdan foydalanuvchiga berish to’g’risidagi vakolatli davlat 

organlarining qarori hamda yer tuzish loyihasini joyga ko’chirish va yer uchastkasi 

chegaralarini joyda belgilash to’g’risidagi dalolatnoma yerdan foydalanuvchi yoki 

yer-mulkdorini ro’yxat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Davlat ro’yxatida 

rasmiylashtirilgandan so’ng yerdan foydalanuvchiga yerdan foydalanish huquqlarini 

beruvchi xujjatlar topshiriladi. Yer uchastkalirini egalik kilish, foydalanish yoki 

mulk tariqasida berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini 

ajratib berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Тoshkent 

shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun xujjatlarida belgilab 

quyilgan tartibda amalga oshiriladi. Foydalanishdagi yer uchastkasining boshqa 

shaxslarga berish shu yer uchastkasi belgilangan tartibda qaytarib olingandan 

keyingina amalga oshiriladi. Yerni ijaraga olish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish 

shartnomasi asosida ro’yxatdan o’tkaziladi. Servitutlar va mulk huquqidagi boshqa 

cheklashlar yer uchastkalaridan foydalanish shartnomalar, sud qarorlari asosida 

ro’yxatdan o’tkaziladi. Yer uchastkasidan o’zgalarning ham qisman foydalanishi 

mumkinligi to’g’risidagi xuquq davlat hokimiyati organlarining qarorlari yohud 

qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xujjatlar asosida ro’yxatdan o’tkaziladi. 

Binoga, inshoatga va imoratga bo’lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o’tishi 

natijasida yuzaga kelgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi ana shu 

mulkdorlarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi, xadya etilganligi yoki vasiyat 

qilinganligi to’g’risidagi tegishli shartnomalar va bitimlar, tuziladi. Mulkdorlarning 

yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar va yuridik shaxslarning qarorlari, 

shuningdek binoga, imoratga, inshoatga mulk huquqi undan boshqaga o’tayotgan 

shaxsning yer uchastkasiga tegishli xujjatlari tegishli hokimiyat organlarining qarori 

bilan rasmiylashtirilganidan keyin ro’yxatdan o’tkaziladi. Sanoat korxonalari, temir 

va avtomobil yo’llari, aloqa va elektr energiyasini uzatish qurilmalari, magistral 

quvurlar qurish uchun, shuningdek, qishloq xo’jaligi bilan bog’lik bo’lmagan 

boshqa extiyojlar uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yoki qishloq xo’jaligi 

uchun yaroqsiz bo’lgan yerlar yohud qishloq xo’jaligining sifati yomon bo’lgan 

yerlardan ajratiladi. Mazkur maqsadlar uchun o’rmon fondiga qarashli yerlardan yer 

uchastkalari asosan o’rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki butazorlar va arzon 

baho o’simliklar bilan qoplangan maydonlar hisobidan beriladi. Yerdan 

foydalanuvchiga foydalanish uchun bitta yoki alohida-alohida joylashgan bir necha 

yer uchastkalari berilishi mumkin. Bunda birinchi holatda ham ikkinchi holatda ham 

yerdan samarali foydalanishni tashkil etish uchun asos yaratadi, negaki yerdan 

foydalanish sub’ekt tomonidan amalga oshiriladi. U o’ziga biriktirilgan barcha 

hududdan foydalanish bo’yicha ma’lum huquq va majburiyatlarga egadir. Yerdan 

foydalanish ro’yxat qilinadi va u yer uchastkasi xuquqini ro’yxatdan o’tkazishning 

ro’yxat birligi asosini tashkil etadi. Ro’yxatlash yer uchastkalariga bo’lgan 

huquqlarning ob’ekti va xo’jalik yuritish sub’ekti sifatida yoki yerdan 

foydalanuvchining o’zga faoliyati sifatida gavdalanadi hamda ma’lum aniqlikdagi 

joylashgan o’rni va o’lchamlari bilan tavsiflanadi. Yer uchastkalariga bo’lgan 




huquqlar, ya’ni yerdan foydalanuvchilar davlat tomonidan ushbu huquqlarni 

tasdiqlaydigan xujjatga ega bo’ladilar. Yerdan foydalanish turlariga qarab huquqiy 

rasmiylashtirish xujjatlari xamda yerdan foydalanuvchilarni ro’yxat qilish tartibi 

turlicha bo’lishi mumkin. Yerdan foydalanishni ro’yxat qilish yer uchastkalaridan 

foydalanish muddatlari bo’yicha amalga oshiriladi, ya’ni muddatsiz va vaqtinchalik 

(uzoq muddatli va qisqa muddatli). Muddati oldindan belgilanmagan foydalanish 

muddatsiz hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, u doimiy yerdan foydalanishdir. 

Bunday yerdan foydalanishlar tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan yerlardan 

doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqini beruvchi Davlat dalolatnomalari berish 

bilan vujudga keladi. Yerdan muddatli foydalanish qisqa muddatli - bir yildan uch 

yilgacha va uzoq muddatli - uch yildan o’n yilgacha bo’lishi mumkin. Ishlab 

chiqarish extiyojlari talab qilgan hollarda bu muddatlar vaqtincha foydalanish 

muddatlaridan ortiq bo’lmagan davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan 

foydalanish muddatlarini uzaytirish ana shu yer uchastkalarni bergan davlat 

organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yaylov chorvachilgi uchun yer uchastkalari 

qishloq xo’jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yigirma besh yilgacha 

muddatga berilishi mumkin. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlar uchun davlat 

ro’yxatini amalga oshirish yerdan foydalanish toifalari bo’yicha belgilangan tartibda 

tuman va shahar hokimiyatlarida amalga oshiriladi. Har bir yerdan foydalanuvchi 

bo’yicha muddatsiz, uzoq muddatli va qisqa muddatli yerlar alohida ro’yxat qilinadi. 

Asosiy yer ro’yxati ma’lumotlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: yerdan 

foydalanuvchilarning nomi, foydalanish turi, joylashgan o’rni, foydalanish muddati, 

yer maydoni va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat xujjatining nomi, 

uning tartib raqami hamda yerdan foydalanuvchiga berilgan vaqti va boshqalar. 

Yerdan foydalanishning davlat ro’yxati tuman (shahar) Davlat yer kadastri 

kitobining birinchi bo’limida amalga oshiriladi. Yer uchastkasidan foydalanish 

xuquqini ro’yxatlash bo’yicha ma’lumotlar tumanning va alohida yerdan 

foydalanuvchilarning boshqa kadastr xujjatlarida ham qayd qilinadi. Masalan, 

korxona, muassasa va tashkilotlarning yer kadastri kitobining birinchi bo’limida 

tuman (shahar) Davlat yer kadastri kitobining birinchi bo’limida qayd qilingan 

korxona, muassasa va tashkilotlarning asosiy yer ro’yxati ma’lumotlari kiritiladi. 

Kitobning beshinchi bo’limida esa fuqarolar tomorqa yerlarining maydonlari qayd 

qilinadi. Тomorqa yerlar to’g’risidagi ma’lumotlar qishloq fuqarolar yig’inida 

yuritilayotgan xo’jalik daftarida ham qayd qilib boriladi. Yer uchastkalariga bo’lgan 

huquqlarni ro’yxatga olishning muhim tashkiliy tadbirlaridan biri – bu hududni 

kadastr bo’yicha bo’lish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr 

bo’yicha bo’lish ko’chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish hamda 

yer uchastkalari, binolar va inshoatlarga kadastr raqamlarini berish maqsadida 

amalga oshiriladi. Yer uchastkalari kadastr bo’yicha bo’lishning va ajratish tartibida 

ajratilgan yerni hisobga olishning dastlabki birligi hisoblanadi. Muayyan yuridik va 

jismoniy shaxslarga biriktirilmagan umumiy foydalanishdagi yerlar, jumladan 

ko’chalar, maydonlar, ko’kalamzorlashtirilgan mintaqalar, yodgorlik majmualari, 




qabristonlar, shahar axlatxonalari, shahar qurilishi uchun ajratiladigan zahira yerlar 

va boshqa yerlarga bo’linadigan kadastr bo’yicha hisobga olish uchastkalari yerni 

kadastr bo’yicha bo’lish va hisobga olish birligi hisoblanadi. Hududlarni kadastr 

bo’yicha bo’lish Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shahar 

tumanlaridan tashqari) doirasida yer resurslari boshqarmalari tomonidan, shaharlar 

va aholi punktlari doirasida – tumanlar ko’chmas mulk kadastri xizmatlari 

tomonidan o’tkaziladi. Kadastr raqami bu – yer uchastkasi, bino, inshoatga tegishli 

O’zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonun xujjatlari 

bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro’yxatdan o’tkazilgan 

huquqning yagona ob’ekti sifatida faoliyat yuritish davomida saqlanib qoladi. 

Quyidagilar yer uchastkasi, bino va inshoatlarning kadastr raqamining majburiy 

elementlarini tashkil etadi: - mintaqa (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 

Тoshkent shahri) ning raqami; mintaqa tarkibidagi ma’muriy tuman yoki viloyatga 

bo’ysunuvchi shaharning raqami; kadastr zonasining raqami; kadastr massivining 

raqami; kadastr mavzesining raqami; yer uchastkasining raqami; bino yoki 

inshoatning raqami; bino, inshoat bir qismining raqami. 

            

Yaxlit holda kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: 

                   AA : VV : DD : YeE : G’G’G’G’ : GGGG : NNN  

    Yer uchastkasiga kadastr raqamini berish yer uchastkalariga ko’chmas mulk 

ob’ekti sifatida shakllantilgan va ularning chegaralari tuman (shahar) navbatchi 

kadastr xaritasiga kiritilganidan keyin boshlanadi. Yer uchastkalariga bo’lgan 

huquqlarni ro’yxatga olish asosiy (birlamchi) va joriy (kundalik) turlarga bo’linadi. 

Birlamchi ro’yxat qilishda yangi yerdan foydalanuvchilarni rasmiylashtirish, yer 

ro’yxati xujjatlariga birlamchi zarur ma’lumotlarni tushirish va tizimga keltirish 

bo’yicha ishlar amalga oshiriladi. Uni o’tkazish jarayoni natijasida yer 

uchastkaliriga bo’lgan huquqlar bo’yicha birlamchi yozuv tushiriladi. Keyinchalik 

xujalik faoliyatining rivojlanishi natijasida yerdan foydalanishning o’lchamlari va 

tarkibida u yoki bu ko’rinishlardagi qonuniy o’zgarishlar ro’y beradi. Bu hol esa 

yerlarning huquqiy holatini aniqlashga zarurat tug’diradi. Masalan, davlat va jamoat 

zaruriyatlari uchun yer ajratilishi natijasida yerdan foydalanishning umumiy 

maydoni, jumladan alohida yerdan foydalanish turlarining maydonlari o’zgaradi. 

Bunday holatlar ayniqsa yerdan vaqtinchalik foydalanishda ko’p uchraydi. Ba’zi 

holatlarda esa aksincha yerdan foydalanuvchiga oldin undan olingan yer uchastkasi 

qaytarib beriladi. Negaki, bunday holatda oldin ajratib berilgan maqsadlar uchun 

yerdan foydalanishga extiyoj qolmagan. Bundan boshqa xam qator qonuniy sabablar 

bo’lishi mumkin. Yerdan foydalanishdagi barcha qonuniy o’zgarishlarni 

rasmiylashtirib borish va ushbu o’zgarishlarga hamda birlamchi ro’yxat 

ma’lumotlariga zaruriy aniqliklar kiritish yerdan foydalanishning joriy ro’yxati 

tartibida amalga oshiriladi. Shu tarzda yer uchastkalarining ro’yxatlash ma’lumotlari 

doimiy ravishda shu kun talabi darajasida bajarib boriladi. Yer uchastkasiga bo’lgan 

huquqlarning yuzaga kelishi, uni o’zga foydalanuvchiga o’tishi, undan foydalanish 

bo’yicha cheklanishi yoki bekor qilinishi ham davlat ro’yxatiga olib boriladi. Yer 



uchastkalariga bo’lgan huquqlarni ro’yxatga olganlik uchun O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatga olish 

yig’imi undiriladi. Davlat ro’yxatiga olish belgilangan tartibda, yuridik yoki 

jismoniy shaxsning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish 

ishlarini amalga oshiruvchi organga bergan arizasiga asosan amalga oshiriladi. 

Ro’yxatga olish ariza bergan kundan e’tiboran un kunlik muddatda amalga oshiriladi 

va davlat ro’yxatiga olinganlik to’g’risidagi guvohnoma beriladi. Yer uchastkalariga 

bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish vaqtida tuman (shaxar) yer kadastri 

kitobiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 

      -yer uchastkasiga bo’lgan huquqni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs 

to’g’risidagi;  

     -yer uchastkasi to’risidagi (yerning toifasi, foydalanish maqsadi, yerning turi, 

uning sifati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqalar);  

    -yer uchastkasining berilish shartlari, uni saqlash vazifalari va servitutlar 

to’g’risidagi; 

    -tuman, shahar, viloyat hokimining, Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar 

Kengashining hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer 

uchastkasini davlat yoki jamoat extiyojlari uchun ajratish xususidagi qarorlari 

to’g’risidagi; 

  -davlat ro’yxatiga olinganlik haqidagi guvohnomaning tartib raqami va u berilgan 

sana to’g’risidagi ma’lumotlar. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni belgilovchi, 

o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi xujjatlar ana shu huquqlarni davlat ro’yxatiga 

olish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat 

ro’yxatiga olish uchun berilgan arizalarni ro’yxatga olish maxsus ro’yxatga olish 

jarayonida yuritiladi. Bu kitoblar jumladan quyidagi shakllardan iborat.

 

 




Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish