Tasdiqlayman” “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari



Download 13.48 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi13.48 Kb.

Tasdiqlayman”

Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari



___________________ T.M.Abdullaev

2014 yil “_____”_______________


O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning quyi tizimlari tomonidan yerdan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda yerdan foydalanishi yuzasidan o‘tkaziladigan tekshirish uchun nazorat

SAVOLNOMASI

1. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tekshirish maqsadi bilan tanishtirish, tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish va tekshirish uchun asos hisoblanuvchi hujjatlarni tilxat asosida topshirish. Tekshirish to‘g‘risida “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ga tegishli yozuvlarni qayd etish (Kitob taqdim etilmagan taqdirda bu haqda tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi).

2. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (korxona) to‘g‘risida ma’lumotlar. (Nomi, manzili, faoliyat turi, rahbarlari va h.k.).

3. Oldingi tekshirishda aniqlangan kamchiliklar va ularning bartaraf etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar.

4. Tekshirish o‘tkazish maqsadi. Yerlardan samarali va oqilona foydalanishni tartibga solish hamda sub’ektga tegishli bo‘lgan bino va inshoatlariga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatiga olinganligi va qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini o‘rganish.

        5. Tekshirish predmeti:

        Tekshirish davomida O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 146-sonli, 2013 yil 25 fevraldagi 54-sonli, 2013 yil 4 iyundagi 154-sonli va 2005 yil  16 fevraldagi 66-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Nizomlar:

Tekshirishda o‘rganib chiqiladigan masalalar:

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tashkil etish va unga tegishli

tartibda yer ajratish hujjatlarining mavjudligi:

sub’ektga tegishli bino-inshootlar va ko‘chmas mulklarning davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida tayyorlangan kadastr yig‘ma jildlarning va Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma mavjudligi.



Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati to‘g‘risida 3 yillik ma’lumotlar tahlili:

a) oxirgi uch yil davomida qishloq xo‘jaligi yer maydoniga ekilgan qishloq xo‘jalik ekinlaridan olingan hosildorlik tahlili (mavjud bo‘lsa);

b) tuman statistika bo‘limiga hisobotlar topshirilishi hamda solishtiruv tahlili.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ekilgan qishloq xo‘jalik ekinlarining rejaga, hisobotga mosligi (rejaga va tuman statistika bo‘limiga topshirilgan hisoboti bilan solishtiriladi) (mavjud bo‘lsa):

a) ekilgan paxta, boshoqli don maydoni;

b) mavjud  ko‘p yillik daraxtzorlar maydoni;

v) ekilgan boshqa qishloq xo‘jalik ekinlar maydonini o‘lchovdan o‘tkazish.



Yerlardan xo‘jasizlarcha yoki samarasiz foydalanganlik holati:

a) qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish vaqtida agrotexnika qoidalariga rioya etilganligi (g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan maydonlarda konturlar chetlari, notekis, kesakli maydonlarga ekilishi va simyog‘och atrofini ekilmasdan bo‘sh qolish holatlari);

b) yerlarni begona o‘tlarga bostirish hamda qarovsizlik natijasida dala chetlarini suvga bostirib ko‘llatish holatlari;

v) mavjud ko‘p yillik daraxtlar orasiga ishlov berilganligi hamda yangi ekilgan ko‘p yillik daraxtlar orasiga ekin ekmasdan bo‘sh qoldirish holatlari.



Tuproq holatini muhofazalash va yerlarni yaxshilash

ishlarini bajarmaganlik:

  a) mahalliy o‘g‘itlarni saqlash va ishlatish sifatini aniqlash;

  b) yerlarning meliorativ holatini saqlash va yaxshilash tadbirlarini bajarilishi (ariq va zovurlarning tozalanish holatlari, km. hisobida)

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining majburiyatlarining bajarilishi:

a) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish;

b) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish;

v) yerlarni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;

g) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etishi va hakozolar.

6. Tekshirish natijalari bo‘yicha 2 nusxada dalolatnoma tuzilib, unga zaruratga qarab tekshirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki mansabdor shaxslarining tushuntirish xatlari, tegishli hujjatlardan nusxalari ilova qilinib, tekshirish dalolatnomasining 1 nusxasi tekshirish yakunlangan kun sub’ekt rahbariga uni olganligi to‘g‘risida imzo bilan qoldiriladi.

Tekshirish natijasiga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yozma ravishda ko‘rsatma beriladi.

  Yerdan foydalanish va uni



  muhofaza qilishni nazorat

  qilish boshqarmasi boshlig‘i                                   B.Normo‘minov

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa