Mavzu: Fermentlarning tibbiyotda qo’llanilishi Bajardi: Qabul qildi: reja


KATALAZA AKTIVLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR, AKTIVLIKNI ANIQLASH USULLARI



Download 119,09 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi119,09 Kb.
#260271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fermentlarning tibbiyotda qollanilis

KATALAZA AKTIVLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR, AKTIVLIKNI ANIQLASH USULLARI

Temperaturaga chidamlilik turli organizmlarda turlicha bo’lib, sovuqqonli hayvonlarda issiqqonlilarga qaraganda ancha sezgirroq bo’ladi. Quruq holatda issiqlikka yaxshi chidamli. Proteolitik fermentlar (tripsin, erepsin) uning aktivligiga yordam beradi, pepsin hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

Inaktivatsiyalovchi moddalar qatorida antikatalaza alohida o’rin egallaydi, bu moddaning qon va turli hayvon to’qimalarida mavjudligi Batelli va Shtern tomonidan aniqlangan . O2 yoki vodorod akseptorlari paydo bo’lishi boshlanishi bilan katalaza antikatalaza ta’sirida tezda o’z aktivligini yo’qota boradi. Antikatalaza yordamida inaktivatsiyaga uchragan katalaza filokatalaza yordamida tezda qayta tiklanishi ham mumkin. Funksional jihatdan filokatalaza qisman metil va etil spirtlariga, aldegid va boshqalarga ta’sir qiladi. Shu bilan bir qatorda bu moddalar katalazaning antikatalaza ta’siridagi inaktivatsiyasidan himoya qiladi. Va qayta tiklaydi.

Katalaza uchun optimal temperatura bu 10-50° orasida bo’lib, bu oraliqda reaksiya tezligi o’zgarmaydi.

To’qimalar yoki suyuqliklarda bu ferment mavjudligini aniqlash uchun quyidagi metoddan foydalaniladi. O’rganilayotgan to’qima yaxshilab maydalanadi va past temperaturada 30 min tarkibida 0,02% etil spirti mavjud bo’lgan suv bilan ekstraksiya qilinadi. Buning sababi katalazani antikatalazadan himoya qilishdir. Olingan ekstrakt suv (0,02% li etil sp.) bilan suyultiriladi, va 1%li H2O2 dan 1:1 nisbatda solinadi. 5 min ichida xona temperaturasida tahminan 50% H2O2 parchalanadi.

Katalaza fermentining aktivligini aniqlash metodlari reaksiya natijasida hosil bo’lgan O2 (manometrik yoki polyagrafik metod) yoki mavjud (spektrofotometrik) yoki qoldiq vodorod peroksid konsentratsiyasini (permengonotometrik, yodometrik va boshqa titrimetrik metodlar bilan) o’lchash orqali aniqlanadi. Katalazaning eritrotsitlardagi aktivligi doim kasallik qatorida qoladi. Anemiyaning turli shakllarida katalaza indeksi ortib ketadi. Katalaza indeksi bu – ma’lum hajm qondagi katalaza aktivligi kattaligi bilan shuncha hajm qondagi eritrotsilar miqdoriga nisbatan aniqlanadigan ko’rsatkich. Bu ko’rsatkich muhim diagnostik ma’no kasb etadi. Yangi hosil bo’lgan shishlarda buyrak va jigarda katalaza aktivligining pasayishi kuzatiladi. Bunga sabab shish o’sishi natijasida ularda toksogormonlar paydo bo’ladi, va natijada aktivlik pasayadi.



katalaza molekulasidagi 4 ta bir xil prostetik guruhning joylashuvi

XULOSA.

Fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati juda katta bo’lib, juda ko’plab fermentlardan foydalaniladi, misol uchun: alkogoldegidrogenaza, aldolaza, a- amilaza, aminotransferaza, gamma- glutamiltransferaza, glutamatdegidrogenaza, glutationreduktaza, glutationperoksidaza, glukoza- 6-fosfatdegidrogenaza, izositratdegidrogenaza, katalaza, kreatinkinaza, laktatdegidrogenaza, leysinaminopeptidaza, lipaza, 5- nukleotidaza, sorbitoldegidrogenaza, superoksiddismutaza, fosfataza, ishqoriy va nordon fosfatazalar, xolinesteraza, elastaza kabi bir qancha fermentlar.

Katalaza fermentining organizmdagi ahamiyati – himoya ahamiyati kuchli ifodalangan. Organizmda doimo moddalar almashinuvi natijasida hujayrada hosil bo’lgan H2O2 ni parchalab turish muhim himoya reaksiyasidir, bunda organizm uchun muhim O2 va suv hosil bo’ladi, agar bu jarayonni amalga oshiruvchi fermentlar aktivligi buzilsa, natijada hosil bo’lgan H2O2 parchalanmaydi va u hujayra membrana tizimining buzilishiga olib keladi, natijada organizm zaharlanadi, moddalar almashinuvi buziladi.

Katalaza fermenti tarkibida uch valentli Fe tutuvchi apoferment bilan bog’langan 4 ta prostetik guruh - gem moddasi, gemoprotein mavjud.

Katalaza barcha organizmlar to’qimalarida (hayvon, o’simliklar, mikroorganizmlarda) mavjud. Asosan jigarda ko’proq ishlab chiqariladi, hujayra ichida mahsus organoidlar – peroksisomalarda hosil bo’ladi, va shu reaksiya amalga oshiriladi.

Fermentning nomini 1901-yili Lev degan olim qo’ygan va u birinchi bo’lib uni tamaki bargidan ajratib olgan. Organizmda fermentning aktivligini pasaytiruvchi moddalardan eng muhimi antikatalaza hisoblanadi. bu modda asosan katalaza miqdori oshib ketganda ishlab chiqariladi, fermentning aktivligini qayta tiklovchi asosiy moddalardan biri esa filokatalaza moddasi hisoblanadi, bularning barchasi organizmni himoya qilishga qaratilgan himoya reaksiyalaridir.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


  1. Download 119,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish