SHAXS
|
SONLAR
| | |
BIRLIK
|
KO‘PLIK
|
I SHAXS
|
BORIBMAN
BORMOQCHIMAN
|
BORIBMIZ
BORMOQCHIMIZ
|
II SHAXS
|
BORIBSAN
BORMOQCHISAN
|
BORIBSIZ
BORMOQCHISIZ
|
III SHAXS
|
BORIBDI
BORMOQCHI
|
BORIBDILAR
BORMOQCHILAR
| III guruh tuslovchilari: -ay, -ay(in) -y, -y(in), -aylik, -ylik, -gin, -ingiz, -ngiz, -sin, -sinlar fe’lning o‘zak-negiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita qo‘shiladi.
SHAXS
|
SONLAR
| | |
BIRLIK
|
KO‘PLIK
|
I SHAXS
|
BORAY (IN)
O‘QIY (IN)
|
BORAYLIK
O‘QIYLIK
|
II SHAXS
|
BOR, O‘QI,
BORGIN, O‘QIGIN
|
BORINGIZ
O‘QINGIZ
|
III SHAXS
|
BORSIN
O‘QISIN
|
BORSINLAR
O‘QISINLAR
| FE’LNING ZAMON SHAKLLARI Ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytga munosabati fe‘l zamonlari deyladi.Ular uchta: o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. O‘tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini bildiradi: yozdi, kelgan. O‘tgan zamon fe’llari o‘z navbatida besh turga bo‘linadi: 1) yaqin o‘tgan zamon fe’llari ish-harakatning yaqin o‘tgan zamonda bo‘lganini bildiradi va bevosita o‘zi ko‘rgan harakatni anglatadi. Ular -di qo‘shimchasi va tuslanish yordamida hosil qilinadi: aytdi, oldim; 2) uzoq o‘tgan zamon fe’llari ish-harakatning ancha ilgari bajarilganini bildiradi va -gan qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan, shuningdek, edi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llaridan birini tuslab keltirish bilan hosil qilinadi. kelganman, kelgan edim, kelgan emish, kelgan ekansan; 3) o‘tgan zamon hikoya fe’li ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi; -b(-ib) qo‘shimchasini olgan fe’llarni tuslash orqali hosil qilinadi: yozibman, yozibsan, yozibdi; 4) o‘tgan zamon davom fe’llari nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari davomi bo‘lgan yoki takrorlanib turgan harakatni ifodalaydi; -r(-ar), -moqda, -yotgan qo‘shimchalarini olgan fe’lga edi to‘liqsiz fe’lini qo‘shish va tuslash orqali hosil qilinadi: yozar edim, yozmoqda edi, yozayotgan edik; 5) o‘tgan zamon maqsad fe’llari ish-harakatni nutq so‘zlangan paytdan ilgari bajarish maqsad qilinganini, ammo ish-harakat voqe bo‘lmaganini eslatish orqali ifodalaydi; -moqchi, -digan qo‘shimchalarini olgan fe’l shakllariga edi to‘liqsiz fe’lini qo‘shish va tuslash orqali hosil qilinadi: bormoqchi edim, boradigan edik. O‘tgan zamon fe’l shakllarida to‘liqsiz fe’lning ishlatilishi. Edi, emish, ekan fe’llari to‘liqsiz fe’l sanaladi. Bu fe’llar yetakchi fe’lning zamon shaklidan so‘ng keladi va shaxs-son qo‘shimchalari to‘liqsiz fe’lga qo‘shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan), kelayotgan ekansan ( eding, emishsan). Edi, emish va ekan fe’llari -di, -mish, -kan shaklida ham qo‘llanadi: borgandi, borganmish, kelarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |