Mavzu: Fe`l so`z turkumini o`tish darsini kuzatish
Maqsad: Talabalarning boshlang`ich sinflarda fe`l so`z turkumi yuzasidan beriladigan bilimlarni, ko`nikma va malakalarini chuqur o`zlashtirishlariga erishish, fe`lni o`tish metodlari bo`yicha izlanishga undash, fe`l yuzasidan beriladigan bilimlarini tushuntirish yo`lini dars jarayonida kuzatish va tahlil qilishga, baholashga o`rgatish
4-ilova
Fe`l so`z turkumini o`tish bo`yicha topshiriqlar
1. Boshlangich sinflarda fe`lni o`rganish bo`yicha DTS va ona tili dasturini tahlil qiling. Fe`lni o`rganishdagi izchillikka munosabatingizni bildiring.
2. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarni fe`lni o`rganishga tayyorlashning bitta namunasini yoritib yozing.
3. Harakat bildirgan so`zlar (1-sinf) «Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so`zlar» (2-sinf)ni o`tish bo`yicha metodik adabiyotlardagi tavsiyalarni o`rganing
4. Fe`l-so`z turkumi mavzusini o`rgatish uchun o`quvchilarning 1-2-sinfda olgan bilimlarni eslatish bo`yicha savol-topshiriqlar tuzing.
5. Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar mavzusini tushuntirish uchun savol-topshiriqlar tuzing o`quv materiali tanlang.
6. Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar mavzusini mustahkamlash bo`yicha qo`shimcha mashqlar tuzing.
7. O`tish uchun tavsiya qilingan Fe`l zamonlari mavzusini qaysi usullari samarali deb hisoblaysiz? Isbotlang.
8. Fe`l zamonlari qo`shimchalari imlosini o`rgatishga doir mashqlar tizimini ishlab chiqing.
9. Fe`llarning Shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanishi o`rganiladigan darslarda qaysi bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilinadi va qanday izchillikda beriladi?
10.Metodikada va ona tili darsligida qo`shimchalarning qo`llanishini o`rganish bo`yicha tavsiya etilgan ijodiy mashqlarni yozing.
Harakat bildirgan so`zlar 1-sinf shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so`zlar (2-sinf) mavzulari o`tiladigan darsni kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar
Darsning yangi mavzu o`rganiladigan qismi bo`yicha
1. Harakat bildirgan so`zlarni ma`nosiga ko`ra farqlashga o`rgatilishi
2. Harakat bildirgan so`zlarni gap, matn tarkibidan suroqlari (nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi?) yordamida aniqlay olish.
3. Harakat bildirgan so`zlarni shaxslarning harakatini narsalarning harakatini bildirishini anglashlari borasida ishlar
4. O`quvchilarning harakat bildirgan so`zlarni biror yo`nalishda (Shaxsni harakatni bildiradigan so`zlar; narsalarning harakatini bildiradigan so`zlar; ma`nodosh, shakldosh fe`llar, ko`chma ma`noli fe`l undosh fe`l va hokazo) guruhlashga o`rgatish
5. Harakat bildirgan so`zlarni talaffuzi va imlosi ustidagi ishlar
6. O`quvchilarning muayyan harakatining nimaning (ilonning yoki pashshaning harakati ekanligini ajrata bilish.
Fe`l. Fe`l - so`z turkumi mavzusidagi darsni kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar (3-sinf)
1. Fe`l tushunchasining o`quvchilarning oldingi bilimlariga asoslangan holda tushuntirilishi
2. Fe`l - so`z turkumi haqidagi tushunchani hosil qilish usuli
3. Fe`lni ot bilan taqqoslangan holda tushuntirilishi
4. Fe`lning belgilarini suhbat usuli orqali aniqlashtirilishi
5. Fe`lning grammatik ta`rifini o`quvchilar faolligi yordamida shakllantirilishi
6.O`quvchilarning fe`l haqidagi dastlabki tushunchalarni aniqlash usuli
Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar mavzusidagi darslarni kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar
1.Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llarni tushunishga o`quvchilarni tayyorlash
2.Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar tushutirish usuli
3.Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llarni juftlash va shakllarini taqqoslash orqali ma`nolarini farqlashga o`rgatilishi
4. -ma qo`shimchasining talaffuzi va imlosi ustidagi ishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |