Mavzu: FAVQULOTDA VAZIYATNI BAHOLASH RADIATSION HOLAT. RADIATSIYA MANBAALARINI ANIQLASH. ZONALAR TASNIFI
Radioaktiv ifloslanish zonalari tavsifi.
Atrof muhitning va atmosferaning radioaktiv zararlanish manbai, asosan yer usti va yer ostidagi portlashida (bu tuproq bilan aralashgan yadro zaryadining parchalanish zarrachalari) hosil boʻladi, qo'ziqorin shaklli bulut yuqoriga ko'tariladi va shamol esgan tomonga harakatlanib uzoq masofalarga tarqaladi. Buning natijasida ko'p joylarga radioaktiv moddalar tushadi va yer yuzasida radioaktiv zararlanish izi hosil bo'ladi. Radioaktiv zararlanish izi shamol yo'nalishi buyicha cho'zilgan ellipisga o'xshovchi shaklga ega. Radioaktiv zararlanish izi razmeri portlash quvvatiga, shamol tezligiga va ob-havo sharoitiga, yer xarakteriga bog'liq. Radioaktiv zararlangan hududda bo'lgan shaxslar va hayvonlar tashqi gamma nurlanishga, hamda radioaktiv moddalar ovqat, suv va havo orqali organizmga tushganida beta, alfa nurlari ta'sirida zararlanadilar. Radioaktiv bulut izi to'la parchalanishgacha shartli ravishda to'rtta
zonaga boʻlinadi: me'yorida, kuchli, xavfli va o'ta xavfli zararlangan zonalar, A zona me'yorida zararlangan zona. Bu zonaning tashqi chegarasi ekspozitsion doza quvvati bir soatdan keyin - 8 r/s, to'la parchalashsh dozasi
40 r, ichki chegarasida esa ekspozitsion doza quvvati 80 r/s, to'la parchalanish dozasi 400 r. Bu zonada birinchi sutkada faoliyat ko'rsatuvchi himoyalanmagan aholi ruxsat etilgandan yuqori nurlanish olishlari mumkin. 50% himoyalanmagan aholida nur kasalligi sodir bo'lishi mumkin. Shunday qilib, A zonadagi nurlanish dozasining to'liq miqdori 40 r dan
400 gachani tashkil qiladi. B zona-kuchli zararlanish zonasi. Bu zonaning tashqi chegarasida ekspozitsion doza quvvati bir soatdan keyin 80 r/s, ichki chegarasida 240 t/s. Bu chegarada to'la parchalanish doza 400r dan 1200r gacha. Bu zonada himoyalanmagan aholining nur kasalligiga duchor bo'lishi xavfi uch sutkagacha saqlanadi.
V zona-xavfli zararlanish zonasi. Bu zonaning tashqi va ichki chegaralarida to'la parchalanish ekspozitsion doza 1200r dan 4000r gacha, ekspozitsion doza kuvvati 240r/s va 800r/s. Ushbu zonada hatto qisqa muddatda (1-2 soat) bo'lganda ham kishilar kuchli nurlanish dozasini oladilar.
G zona-o'ta xavfli zararlanish zonasi. Tashqi chegarada toʻla parchalanish vaqtida ekspozitsion doza 4000 r, bu zonining o'rtasida 10000 r. Bir soatdan so'ng ekspozitsion doza quvvati tashqi chegarada 800 r. Radiatsiyaga qarshi berkinish joylarida bo'lgan kishilar ham nurlanishdan zararlanishlari mumkin, shu sababli ularni bu zonadan tezroq ko'chirish lozim.
RADIATSION VAZIYATNI BAHOLASH TARTIBI.
Radiatsion sharoit deganda hududning tuzilmalar faoliyatiga, halq xo'jalik obyektlarining ishiga, hamda sog'liqni saqlash obyektlari ishiga va aholi hayoti faoliyatiga ta'sir qiluvchi radioaktiv zararlanish miqyosi va darajasi tushuniladi.
Radiatsion sharoitni baholashdan asosiy maqsad uning ishchi xizmatchilarning ish qobiyatiga, FMTXning tuzilmalari va muassasalari xodimlarining ishiga hamda aholi hayoti faoliyatiga ehtimoliy ta'sirini aniqlashdir.
Radiatsion vaziyatni baholashda tuzilmalar harakatining,
shuningdek, xalq xo'jaligi va sog'liqni saqlash obyektlarining radioaktiv zararlanish sharoitlarida faoliyatning turli variantlarini analiz qilish va odamlarga radiatsiya ta'sirini inkor qiladigan maqsadga muvofiq harakatlar variantini (yo'lini) tanlash nazarda tutiladi. Masalan: - zararlangan joyda shaxsiy tarkib olishi mumkin radiatsiya miqdorini
aniqlash:
- zararlangan zonalarda tuzimalarning bo'lish muddatini aniqlash; - tuzilmalarning zararlangan zonaga kirish vaqtini aniqlash;
-radioaktiv zararlangan zonaning maqsadiy bosib o'tish yo'lini (variantini) aniqlash;
- zararlangan o'choqdan tuzilmalarning chiqish vaqtini aniqlash; - ruxsat etilgan nurlanish dozasini hisobga olgan holda o'choqda ishni
boshlash vaqtini aniqlash va hokazo. Radiatsion shariotni yadro quroli qo'llanilishi oqibatlarini taxmin qilish hamda radiatsion razvedka ma'lumotlari yordamida aniqlash va
baholash mumkin. Radiatsion shariotni taxmin qilish usulida baholashda muhit radiatsion zararlanishning miqyosi (masshtabi) va darajasi to'g'risida taxminiy ma'lumotga ega bo'lamiz, bu haqiqiy ma'lumotdan ancha farqlanishi mumkin, chunki taxminiy usul yadro zaryadi portlatilishdan keyin, ammo radioaktiv zarrachalar yerga tushishidan oldin olib boriladi.
Taxmin qilish usulida radioaktiv bulut yo'nalishini va harakat tezligini, uning u yoki bu aholi yashaydigan punktlarga etib kelish vaqtini, radioaktiv zarrachalar tusha boshlash vaqtini, radioaktiv zararlanish zonalari o'lchamini va bu zonalarning hududda joylashuv holatini yetarlicha aniq o'matish mumkin.
Zunalarning radioaktiv zararlanish jarayoni ma'lum vaqtni egallaydi. Bu FM va FMTX shtablariga taxminiy usul ma'lumotlaridan foydalanib abolini, ishchi-xizmatchilarni, FMTX tuzilmalari va muassasalarining shaxsiy tarkibini oldindan (ya'ni radioaktiv bulut u yoki bu aholi yashash punktiga etib kelishidan oldin) himoya qilish tadbirlarini tashkil qilishga imkoniyat yaratadi..
Bunday tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- FMTX muassasalarini radioaktiv ifloslanish xavfi to'g'risida xabardor qilish;
- FMTX muassasalarini radioaktiv ifloslanish sharoitida ishlash rejimiga o'tkazish;
- aholini joylashtirish uchun radiatsiyaga qarshi pana joylarni
tayyorlash; nafas a'zolarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalarini tayyorgarlikka olib kelish;
suv, ovqat mahsulotlarini himoyalash ishlarini tugatish va hokazo. Radiatsion sharoitni taxmin qilish usulida baholashda radioaktiv izning hududda aniq joylashuvini aytib bo'lmaydi, balki uning hosil bo'lishtumani ehtimol qilinadi. Bunda zararlanish maydoni
b
tumanning 1/3
maydoniga teng keladi. Radioaktiv bulut izida 4 ta zararlanish zonasi ajratiladi: A, B, V, G (1
chizmaga qarang). Taxminiy usul uchun boshlang'ich ma'lumotlar: yadro portlashining quvvati, turi, markaz (epitsentri) koordinati, portlash vaqti, o'rtacha shamol tezligi va yo'nalishidir. Radiatsion vaziyatni baholash ma'lum tartibda o'tkaziladi:
- radioaktiv zararlanish zonasining o'lchami aniqlanadi; radioaktiv zararlanish zonasi kartaga (chizmaga) kiritiladi; - zararlanish (radioaktiv zarrachalar tushishi) boshlang'ich vaqti
aniqlanadi.
Radiatsion zararlanish zonalarining (me'yorida, kuchli, xavfli, o'ta xavfli) o'lchami jadval yoki radiatsion chizg'ich (lineyka) yordamida aniqlanadi. Bu zonalar kartalarda (chizmalarda) har xil ranglarda ko'rsatiladi: A zona-ko'k rangda, B zona-yashil rangda, V zona-jigar rangda, G zona qora rangda.
Radioaktiv moddalarning tushish vaqti (radioaktiv bulut kelish vaqti) formulada aniqlanadi:
Tushish R/V Bunda: R-portlash markazidan egallangan hududgacha bulgan masofa, km; V- o'rtacha shamol tezligi,km/s.
Radioaktiv moddalar tushgandan keyin haqiqiy radiatsion vaziyat hosil
bo'ladi.
Haqiqiy radiatsion vaziyat ma'lum ma'muriy hududda, aholi yashaydigan punkt yoki xalq xo'jaligi obyektida muhitning bevosita radioaktiv zararlanishi natijasida vujudga keladi va bu aholini, xalq xo'jaligi obyektlaridagi ishchi-xizmatchilari, FMTX muassasalaridagi tibbiyot hodimlarni va bemorlarni radiatsion zararlanishining oldini olish yoki kamaytirish maqsadida ma'lum himoya choralarini o'tkazishni talab qiladi.
Haqiqiy radiatsion vaziyat radiatsion razvedka ma'lumotiga binoan baholanadi. Bunda fuqaro muhofazasi shtablaridan olingan taxmin qilish usuli ma'lumotlari ham qo'llanilishi mumkin. Radiatsion razvedka FM boshlig'i va shtab rahbarini o'z vaqtida shu obyekt hududida, joylashish tumanlarida yoki FMTX tuzilmalari va muassasalarining harakat yo'nalishidagi radiatsion zararlanish to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |