Mavzu-5 . Farmasevt xodimlarni malakasini oshirish va attestatsiya
Baholashning belgilab qo‘yilgan tartibi “attestatsiya” deb ataladi. U mutaxassislarning lavozimga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va ko‘nikmalarini aniqlashga va shu asosda ishga tayinlash yoki yuqori lavozimga o‘tkazishga yoki ishdan chetlatishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni sao‘lash vazirligi buyrug‘iga asosan farmasevtik xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilangan. Farmasevt xodimlar attestasiyasi ularning malakasini va kasbiy burchlarini bajarishda shaxsiy ma’suliyatni oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Attestatsiyaning asosiy vazifasi farmasevtlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, yuqori malakali va qobiliyatli mutaxassislarni aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |