Malakali toifa berilishida oldin ikkinchi, keyin birinchi va shundan so‘ng oliy toifa berish ketma-ketligi tavsiya etiladi.
Farmasevtlar har 5 yilda qayta attestasiyadan o‘tadilar, shunda ularning kasbiy darajalari baholanib, oldin taqdim etilgan toifa tasdiqlanishi, yuqoriroq toifa berilishi yoki toifa pasaytirilishi mumkin.Qayta attestasiyadan o‘tgan va toifasi tasdiqlangan farmasevtlarga attestasiya guvoxnomasiga qayta attestasiya belgisi qo‘yiladi. Agar qayta attestasiya natijasida malakali toifa o‘zgargan bo‘lsa yangi guvoxnoma beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |