Клиннинг конструкция чизмасини қуриш
Клиннинг чизмаси 164-96-104 ўлчамли аёллар гавдаси учун амалга оширилган (67-расм , а)
Ўлчамлар: Қўшимчалар:
От = 76 см Пт – 2 см
Об = 104 см П б = 4 см
Дсоб = 70 см
Д юб.енг = 69 см
Д юб.олд = 68 см
Думба чизиғи – 18-20 см
Клинлар сони – п = 6
Жадвал № 9
6- клинли юбканинг конструкция чизмасини қуриш
№
|
Конструктив кесмаларни ҳисоблаш формуласи, см
|
График кўрилиш
|
1
|
|
Т (.) да тўғри бурчак хосил киламиз
|
2
|
ТБ = 18-20 см
|
Т (.) дан ↓ Б (.) гача
|
3
|
ТН = Д юб = 70 см
|
Т (.) дан ↓ Н (.) гача
ТН – клиннинг ўрта чизиғи
|
4
|
Т1 Т2 = (От + Пт / п = (76+2) /6 = 78/6 = 13 см
ТТ1 = ТТ2 = Т1 Т2 /2 = 13/2 = 6,5 см
|
Т (.) дан ← Т (.) гача
Т (.) дан → Т2 (.) гача
|
5
|
Б1Б2 = (Об + Пб) / п = (104+4)/6 = 108/6 = 18 см
ББ1 = ББ2 = Б1 Б2 /2 = 18/2 = 9 см
|
Б (.) дан ← Б1 (.) гача
Б (.) дан →Б2 (.) гача
Б1 (.) дан ↓ вертикал Н1 (.) гача
Б2 (.) дан ↓ вертикал Н2 (.) гача
|
6
|
Этак чизиғи буйича клинни кенгайтириш
Н1 Н3 = Н2 Н4 = 4-10 см
|
Н1 (.) дан ← Н3 (.) гача
Н2 (.) дан → Н4 (.) гача
Б1, Н3, Б2, Н4, нуқталар туташтирилади.
|
7
|
Ён чизиқларни чизиш
Б1 Н5 = Б2 Н6 = БН
|
Б1 (.) дан ↓ Б1 Н3 чизиқ буйича Н5 (.) гача
Б2 (.) дан ↓ Б2 Н4 чизиқ буйича Н6 (.) гача
|
8
|
Бел чизиғини қуриш
ТТ1 = о,5 см
|
Т (.) дан ↓ Т1 (.) гача
|
9
|
Этак чизиғини қуриш
НН1 – 0,5 см
|
Н (.) дан ↓ Н1 (.) гача
Н5, Н1, Н6, нуқталар орқали этак чизиғи ўтказилади.
|
Тўғри юбканинг конструкция асосига юбка бўлакларини қисмларга ажратадиган чок чизиқлари ўтказилади. Чоклар шакли ва жойланиши моделга боглиқ бўлади. Одатда бўкса чизиғи бўйлаб юбка бўлаклари бир хил кенгликда бўлади , лекин юбка фасонига қараб уларнинг кенглиги ўзгариши мумкин.
Белдаги витачкалар чок чизиғига кўчирилиши керак.
Кўрилаётган мисолда витачка фасонига биноан қирқмага кўчирилган. Юбка бўлакларининг ён қирқимларида бўлакларнинг кенгайиши бошланадиган нуқталар 1 ва 2 белгиланади. Бундай нуқталарнинг баланд ёки паст жойланиши юбка силуэтига боғлиқ.
Mavzu – 13. Ayollar paltosi konstruktsiyasini qurishning xususiyatlari
Ayollar paltosi assortimentiga qishki, bahorgi, mavsumiy palto va yarim paltolar kiradi. Paltolar turli-tuman modelda to’g’ri, nim yopishgan va trapertsiyasimon siluetda bo’ladi. Tugma qadash usuli adip kengligiga ko’ra bir va ikki bortli paltolarga bo’linib, taqilmalar tugma va izmaga, knopkaga, molniyali lentaga qadaladi.
Paltolar - ko’p qavatli tikuv buyumlari bo’lib, ular ustki – asosiy gazlama, astarlik, qotirmalik (flizilin, dublirin) shuningdek, qishki paltolar isituvchi qatlamlardan iborat.
Paltolar - o’tqazma, reglan, old va ort bo’lak bilan yaxlit yengli qilib ham loyihalanadi. Yeng uchlariga qirqma, qaytarma manjetli, ochiq, yopiq qirqimli, mo’yna bilan ishlov berilgan va h.k. qilib ishlov beriladi.
Tanlangan modelga qarab - qoplama, qirqma qopqoqli, listochkali, ramkali cho’ntaklar ishlanadi va ular bezak va biriktiruvchi choklarda tikiladi.
Palto astari – etak bilan biriktirib tikiladi yoki astar etagiga ishlov berib ochiq qoldiriladi.
Yoqalar qaytarmali, tik, kapyushonli qilib ishlanadi. Ba’zi modeldagi paltolar yoqasiz bo’ladi.
Palto uzunligi moda yo’nalishiga qarab (uzun, kalta) tanlanadi.
Ayollar paltosiga; turli xil taxlamalar, burmalar, har xil razmer va konstruktsiyadagi releflar, bezak materiallar (charm, zamsh) bezak chok bilan, applikatsiya usulidan foydalanib, bezak beriladi.
Paltodagi furnituralar nafaqat funktsional, balki dekorativ vazifalarni bajaradi: ya’ni ularga turli razmer va shakldagi tugmalar, lentalar, knopkalar, ilmoqlar, izmalar, shuningdek, plastmassa, yog’och, charm, zamsh bezak elementlari kiradi.
Ayollar paltosining tashqi ko’rinishi, iste’molchi va ekspluatatsion talablari, tanlangan gazlamasiga ko’ra ilmiy jihatdan asoslangan kompleks, ko’p qavatli buyumlar hisoblanadi.
Tikuvchilik sanoatida ishlov berilish usuliga va ekspluatatsiya talablariga qarab, paltolik gazlamalar: yuza zichligi, chidamliligi, yirtilish kuchi, havo o’tkazuvchanligi, kirishmasligi, shuningdek yaxshi issiqlik saqlashi rangi, mustaqilligi, suv va yorug’lik ta’siriga chidamliligi kabi talablarga javob beradi.
Ommaviy ishlab chiqarishda ayollar paltosi uchun jun, kimyoviy tolalar qo’yilgan yarim jun, shakl saqlovchi, sun’iy trikotaj, polotno, ko’p qavatli qavilgan gazlamalar, tabiiy va sun’iy charm va zamshdan foydalaniladi. Shu bilan birga eng ommobop gazlamalarga kashemir, tvid, denim, movut, drap kiradi.
Astarlik uchun yuza qalinligi 100-140 gm2 viskoza tolali, yuza qalinligi 80-110 gm2 bo’lgan kapron tolali, kapron ipli trikotaj polotnolaridan foydalaniladi.
Isituvchi qatlam sifatida: 45-85% jun tolali, marli asosli 45% jun qo’shilgan vatindan foydalaniladi.
Palto umuman hech qachon modadan chiqmaydigan assortiment turidir, uning silueti, ranglari va gazlamalari o’zgarib turadi xalos, u barcha ayollar uchun kuzgi-qishki garderobining tarkibiy qismidir. Quyida turli siluet va uslub (stil) dagi ayollar paltosi modellaridan namunalar keltirilgan. (1-rasm).
Quyida misol tariqasida nim yopishgan siluetli ayollar paltosining loyihasi ishlab chiqilgan. (1 a-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |