Mavzu: Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari. Fan bo‘yicha o‘qituvchilarning ilg’or tajribalarini aniqlash, tahlil qilish, ommalashtirish



Download 135,96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.08.2022
Hajmi135,96 Kb.
#847273
Bog'liq
hcVllgOQ3MGE6mfJvqslcLbZOxM1AGfsX9nZ0r1j



Mavzu: Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va 
usullari. Fan bo‘yicha o‘qituvchilarning ilg’or tajribalarini aniqlash, tahlil 
qilish, ommalashtirish
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi metodik ishlar o‘quv-tarbiya ishlarining 
sifat va samaradorligini oshiruvchi muhim vositalardandir. Uslubiy ishlarning 
mazmuni maktab oldida turgan vazifalar bilan belgilanib, maktabning ta’lim-
tarbiya ishlari sifatini oshirish uchun zarur bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. 
Umumta’lim muassasalarida o‘quv­tarbiya jarayoni sifatini yanada 
yaxshilash, pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish 
maqsadida maktab pedagogika kengashi, metod birlashmalar, tuman Metodik 
kengashlari, viloyat O‘quv­metodika kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 
Хususan, Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi 
tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish 
to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i asosida metodik xizmat ko‘rsatishning 
bosqichlari tasdiqlangan.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz 
metodik xizmat ko‘rsatish tartibiga ko‘ra:
► umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan metod birlashmalari; 
► umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogik kengashi;
► tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi metodika kengashi;
► Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar 
xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi 
O‘quv-metodika kengashi; 
► Respublika ta’lim markazi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashlari faoliyat 
olib bormoqda 
Maktabda boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari yo‘nalishi hamda 5-11-sinflar 
da esa alohida fanlar yoki bir­biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha metod 
birlashmalar faoliyat ko‘rsatadi. Umumta’lim maktabida bitta fan yoki turkum 
bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi bo‘lsa, metod birlashma tashkil etiladi. Agar 
tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan 
o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta metod 
birlashmaga birlashadi. Metod birlashma rahbari birlashma a’zolari bilan kelishgan 
holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik 
ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil 
eta olgan, ijodkor va tajribali o‘qituvchilar orasidan tayinlanadi.
Metod birlashma yillik ish reja asosida faoliyat ko‘rsatadi. Birlashma ish 
rejasi metod birlashma rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va birlashma yig‘ilishida 
ko‘rib chiqilib, umumta’lim maktabi direktori tomonidan tasdiqlanadi. Metod 
birlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Yig‘ilishlarga 


boshqa metod birlashmalarning mavzulari yoki qiziqishlariga ta’sir etuvchi 
masalalar ko‘rib chiqilayotganda ularning rahbarlari (o‘qituvchilari) taklif etilishi 
lozim. O‘quv yili oxirida metod birlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar 
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tahlil qilinadi. 
Metod birlashma rahbari umumta’lim maktabida fan oyliklari va metodik 
kunlar o‘tkazishga mas’uldir. Birlashma rahbari metod birlashmaning ish rejasini 
tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish, yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam 
ko‘rsatish, tegishli fanlarni o‘qitish sifatiga e’tibor berish, birlashma faoliyati 
yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish, taqvim-mavzu rejalarining 
tuzilishi va bajari lishini nazorat qilish hamda ochiq darslar, metodik kun va fan 
oyliklarini tashkillashtirish ishlarini amalga oshiradi. Metod birlashmaning har bir 
a’zosi birlashma o‘tkazadigan yig‘ilishlar va tadbirlarda qatnashishi, kasbiy 
mahoratini oshirishga intilishi, pedagogning huquqiy-me’yoriy faoliyatini bilishi 
va unga amal qilishi, pedagogik faoliyatida o‘z-o‘zini tahlil qilib borishi lozim. 
Uzluksiz metodik xizmatning yana bir bo‘g‘ini Tuman (shahar) xalq ta’limi 
bo‘limlari huzuridagi metodik kengash bo‘lib, uning maqsadi umumta’lim 
maktablarida ta’lim­tarbiya samaradorligini oshirish, ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar, zamonaviy ish tajribalari va metodik ishlarni ommalashtirish, 
ta’lim­tarbiya berishning zamonaviy usullarini ta’lim muassasalarida amaliyotga 
tatbiq etishdan iborat.
Metodik 
kengash 
maktablarning 
metod 
birlashmalar 
faoliyatini 
muvofiqlashtiradi, maktablarning metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojini tahlil 
qiladi va uning monitoringini olib boradi hamda bu borada umumta’lim 
maktablariga tegishli takliflarni taqdim etadi, maktablardagi ilg‘or pedagogik 
tajribalar va metodik ishlarni ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik 
risolalarni muhokama qiladi hamda tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish 
chorasini ko‘radi, shuningdek, o‘quv jarayoniga o‘quv dasturlar, darsliklar, 
o‘quv­metodik qo‘llanmalarning tatbiq etilishida amaliy yordam ko‘rsatadi. 
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida boshlang‘ich ta’lim, filologiya 
fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili), rus va xorijiy tillar, ijtimoiy fanlar (tarix, 
davlat va huquq asoslari, tarbiya), aniq fanlar (matematika, informatika va axborot 
texnologiyalari), tabiiy va iqtisodiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va 
iqtisodiyot), amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at, texnologiya), 
jismoniy tarbiya (jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) 
yo‘nalishida metodik kengashlar tashkil etiladi. 
Metodik kengashning faoliyatiga doir quyidagi 3 ta hujjat bo‘lishi lozim: 
Kengashning tasdiqlangan yillik ish rejasi 
yig‘ilish bayonnomalari 
yillik hisobot. 


Fan 
o‘qituvchilarining 
kasbiy 
tayyorgarlik 
darajasini 
oshirishga 
ko‘maklashish, maktablarda ta’lim­tarbiya samaradorligini yuksaltirish, zamonaviy 
ta’lim texnologiyalari, ilg‘or ish tajribalari va metodik ishlarni ommalashtirish,
ta’lim­tarbiya berishning zamonaviy usullarini ta’lim muassasalarida amaliyotga 
tatbiq etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari huzurida O‘quv­metodika kengashi tashkil qilinadi. 
O‘quv­metodika kengashining asosiy vazifalari tuman (shahar) metodik 
kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tuman (shahar) bo‘yicha o‘qituvchilarga 
metodik xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni bartaraf 
etish chora­tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish, umumta’lim 
maktablaridagi ilg‘or pedagogik tajribalar va metodik ishlarni hudud miqyosida 
ommalashtirish, yuqori samara bergan ilg‘or tajribalar va metodik ishlarni 
respublika miqyosida ommalashtirish maqsadida Respublika ta’lim markaziga 
tavsiya etishdan iborat. 
O‘quv-metodika kengashi tarkibiga jamoatchi metodist sifatida faol 
o‘qituvchilarni ham biriktirish mumkin. O‘zining metodik ishlari bilan shu 
sohada tanilgan mutaxassis O‘quv­metodika kengashi raisi etib tayinlanadi. 
Kengash a’zolari DTS va o‘quv dasturlarining bajarilishi borasida olib 
borilayotgan ishlarni o‘rganadi va tavsiyalar tayyorlaydi.
Ta’lim muassasalariga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yuzasidan 
takliflar taqdim etadi. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va joylarda olib 
borilayotgan uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarining samaradorligini 
aniqlash maqsadida tuman (shahar) metodika kengashlari axborotlarini tinglab 
boradi.O‘quv­metodika kengashi yig‘ilishlari har chorakda bir marta o‘tkaziladi va 
yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirilib boriladi. Zarur hollarda, navbatdan tashqari 
yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin. O‘quv-metodika kengashlarining yillik ish rejasi
tuziladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. 
Muhokamaga 
berilayotgan 
metodik 
materiallar 
(tavsiya, 
metodik 
qo‘llanmalar va hokazo) ikki nusxada tayyorlanib, metodist hamda 
amaliyotchining 3 ta taqrizi va ta’lim muassasasining yig‘ilish qarori bilan 
O‘quv­metodika kengashlarining kotibiga topshiriladi. Kotiba qo‘lyozmani 
ro‘yxatga oladi va muhokamaga qo‘yish uchun tayyorlaydi. Qo‘lyozma ro‘yxatdan 
o‘tkazilgandan keyin 1 oy muddat ichida kamida uch nafar soha mutaxassislaridan 
(shulardan bir nafari kengash a’zosi bo‘lishi shart) taqriz olinadi. Muallif yoki 
mualliflar guruhi a’zolari muhokamadan kamida bir hafta oldin taqrizlar bilan 
tanishtiriladi. Taqrizda bildirilgan takliflarni inobatga olish, mavjud kamchiliklar 
va nuqsonlarni bartaraf etish uchun mualliflarga imkoniyat beriladi. Kengash 


kotibi tomonidan kengash a’zolari va mualliflar ikki hafta oldin yig‘ilishning 
sanasi va vaqti haqida xabardor qilinadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq 
ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida 
quyidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha O‘quv-metodika kengashi tashkil etiladi: 
● boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi; 
● filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili) yo‘nalishi; 
● rus va xorijiy tillar fanlari yo‘nalishi; 
● ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) yo‘nalishi; 
● aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi; 
● tabiiy va iqtisodiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va 
iqtisodiyot) yo‘nalishi; 
● amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at, texnologiya) yo‘nalishi; 
● jismoniy tarbiya (jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich 
tayyorgarlik) yo‘nalishi. 
Pedagogik kengash 
h
ujjatlari 
Umumta’lim muassasasida pedagogik kengash faoliyatiga oid quyidagi 
hujjatlar bo‘lishi lozim: 
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman 
(shahar) bo‘limining (bo‘ysunuviga ko‘ra yuqori turuvchi tashkilotning) buyrug‘i 
bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi 
to‘g‘risidagi nizom; 
pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi; 
pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari; 
pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari; 
pedagogik kengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan 
tahliliy materiallar. 
Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va 
kotibi javobgar hisoblanadi. 
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari doimiy, 
tayyorlangan tahliliy materiallar va hujjatlar esa uch yil mobaynida saqlanadi 
hamda tegishli arxivga topshiriladi. 

Download 135,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish